To‘linsuv davri
deb, daryoda suvning ko‘payishi har yili deyarli bir xil
mavsumda takrorlanadigan va uzoq vaqt (2-6 oy) davom etadigan davrga aytiladi.
Bu davrda daryo qayirlari suv ostida qoladi. Suv sathining keskin ko‘tarilishi esa
ayrim hollarda ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.
To‘linsuv davrining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: to‘linsuv
davrining boshlanish vaqti, ko‘tarilish tezligi va bu ko‘tarilishning davom etish
vaqti, to‘linsuv davrining balandligi va cho‘qqisi, to‘linsuv davrining pasayishi va
bu pasayishining davom etish vaqti, to‘linsuv davrining tugash vaqti, to‘linsuv
davrining umumiy davom etish vaqti, to‘linsuv davridagi oqim hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |