O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

- qor qoplami, yomg‘ir suvlari 
va 
grunt suvlarini 
miqdoriy  baholashda  M.I.Lvovich  quyidagi  oraliqlarni  qabul  qildi:  80  foizdan 
ko‘p, 50-80 va 50 foizdan kam. 
To‘yinishida  muzliklarning  erishidan  hosil  bo‘ladigan  suvlar  ishtirok 
etadigan daryolarda juda kam hollardagina muzliklarning salmog‘i 50 foizdan ko‘p 
bo‘ladi.  SHu  sababli,  mazkur  to‘yinish  manbaining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 
e’tiborga olib, ular uchun alohida chegara berilgan: 50 foizdan ko‘p, 50-25 va 25 
foizdan kam. 
Agar yillik oqimning 80 foizidan ko‘prog‘i uchta to‘yinish manbaidan biri, 
masalan, qor hisobiga to‘g‘ri kelsa, bu daryo Lvovich tasnifi bo‘yicha 
toza holda
 
qor suvlari
 
hisobiga to‘yinuvchi daryolar
 turiga kiradi. 
Agar to‘yinish manbalaridan biri, masalan, qor  suvlarining yillik oqimdagi 
salmog‘i 50-80 foiz atrofida bo‘lsa, unda daryo 
asosan
 
qor suvlaridan to‘yinuvchi 
daryolar
  turiga  kiritilgan.  Nihoyat,  daryo  oqimida  uchta  to‘yinish  manbalaridan 
har birining salmog‘i 50 foizdan kam bo‘lsa, bu daryo 
aralash
 manbalar hisobiga 
to‘yinuvchi turga kiritilgan. 
Daryolarning to‘yinish manbalari bo‘yicha tasniflarini yaratish ular suvidan 
samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo daryolarini to‘yinish 
manbalari  bo‘yicha  tasniflash  masalalari  bilan  dastlab  V.G.Glushkov, 
E.M.Ol’dekop,  L.K.Davidov,  keyincharoq  esa
 
V.L.Shuls,  O.P.SHeglova, 
M.N.Bolshakov  va  boshqa  olimlar  shug‘ullanganlar.  Masalan,  V.G.Glushkov 
tomonidan  ilk  bor  daryo  oqimiga  turli  manbalarning  qo‘shgan  hissalarini 
aniqlashga imkon beradigan usul ishlab chiqilgan.
 
Ushbu usulni qo‘llash asosida u 
daryolarning to‘yinish manbalari bo‘yicha tasniflash tamoyillarini yaratgan.  
Havzada oqim hosil bo‘lish jarayonini hisobga olsak, daryolarda maksimal 


 
115 
suv  sarflarining  o‘tish  muddatlari  ham  ularning  qanday  manbalar  hisobiga 
to‘yinishidan  darak  beradi.  Daryolarning  to‘ynish  manbalarini  o‘rganishga 
qaratilgan  bunday  yondashuv  dastlab  E.M.Ol’dekop  tomonidan  qo‘llanilgan. 
Natijada  mazkur  olim  tomonidan  O‘rta  Osiyo  daryolarining  to‘yinish  manbalari 
bo‘yicha ilk tasnifi ishlab chiqilgan.   
O‘rta Osiyoda gidrologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olim 
V.L.Shuls  1944  yilda  hudud  daryolarining  to‘yinish  manbalariga  ko‘ra  tasnifini 
ishlab  chiqqan.  Ushbu  tasnifga  ko‘ra,  O‘rta  Osiyo  daryolarining  umumiy 
to‘yinishida  qor  suvlari  boshqa  manbalar  -  muzlik,  yomg‘ir  suvlari  va  yer  osti 
suvlariga  nisbatan  ustun  turadi.  Biroq  qor  suvlari  va,  shuningdek,  boshqa  xil 
manbalarning yillik oqimdagi salmog‘i turli daryolarda turlicha bo‘ladi. Boshqacha 
qilib aytganda, turli daryolarning to‘yinish sharoitlari ham turlichadir. Shu sababli 
V.L.Shuls,  asosan  yer  osti  suvlaridan  to‘yinuvchi  kichik  daryolarni  hisobga 
olmagan holda, O‘rta Osiyo daryolarini quyidagi to‘rt turga bo‘ladi: 
1. Muzlik - qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar; 
2. Qor - muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar; 
3. Qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar; 
4. Qor - yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar. 
Ushbu  tasnifda  o‘rganilayotgan  daryoning  qaysi  turga  mansubligini 
aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 
1) daryoda suv eng ko‘p bo‘ladigan oylar; 
2)  qor  ­  muzlik  suvlaridan  hosil  bo‘lgan  yozgi  to‘linsuv  davridagi  oqim 
miqdori (
IX
VII
W

); 
3) yozgi to‘linsuv davridagi oqim miqdori (
IX
VII
W

)ning qor suvlaridan hosil 
bo‘lgan  bahorgi  to‘linsuv  davridagi  oqim  miqdori  (
VI
III
W

)  ga  nisbati,  ya’ni 
VI
III
IX
VII
W
W


=

 olinadi. Keyinchalik gidrologik adabiyotlarda 

 SHuls koeffitsienti deb 
ataladigan bo‘ldi (10.1­jadval).  


 
116 
10.1-jadval  
Daryolarning to‘yinish sharoitiga bog‘liq holda qaysi turga  
mansubligini belgilovchi mezonlar 
To‘yinish sharoitiga bog‘liq holda 
daryolarning turlari 
Daryolar qaysi turga kirishini ko‘rsatuvchi 
mezonlar 
VI
III
IX
VII
W
W


=

 
,
IX
VII
W

yillik 
oqimga nisbatan 
% hisobida 
Suv eng 
ko‘p 
bo‘ladigan 
oylar 
Muzlik­qor suvlaridan to‘yinadigan 
daryolar 
1,00 

38 
VII, VIII 
Qor­muzlik suvlaridan to‘yinadigan 
daryolar  
0,99

0,26 
37

17 
V, VI 
Qor suvlaridan to‘yinadigan 
daryolar 
0,25

0,18 
16

12 
IV, V 
Qor­yomg‘ir suvlaridan 
to‘yinadigan daryolar 
0,17

0,001 
11


III, IV, V 
 
O‘tgan  XX  asrning  o‘rtalarida  taniqli  olima    O.P.SHeglova  O‘rta  Osiyo 
daryolarini  to‘yinish  manbalari  bo‘yicha  tasniflash  masalalariga  alohida  e’tibor 
qaratdi. Natijada, u O‘rta Osiyo daryolarini quyidagi 5 ta turga ajratdi: 
 1.  Muzlik  suvlaridan  to‘yinadigan  daryolar  (daryolarning  to‘yinishida 
muzlik suvlarining hissasi 35 % dan katta, 
0
,
2


 ); 
2. Qor - muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar (daryolarning to‘yinishida 
muzlik suvlarining hissasi 15-35 %, 
0
,
1
0
,
2



);  
3.  Qor  suvlaridan  to‘yinadigan  daryolar  (daryolarning  to‘yinishida  muzlik 
suvlarining hissasi 15% dan kichik, 
15
,
0
0
,
1



); 
4. Qor - yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar (daryolarning to‘yinishida 
yomg‘ir suvlarining hissasi 10% dan katta, 


5
,
0
); 
5.  yer  osti  suvlaridan  to‘yinadigan  daryolar  (daryolarning  to‘yinishida  yer 
osti suvlarining hissasi 80 % dan katta). 
Hozirgi  kunda yuqorida sanab o‘tilgan tasniflarni yangi gidrometeorologik 
ma’lumotlar asosida yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. 
 Daryolarning  to‘yinishida  alohida  manbalarning  qo‘shgan  hissalari 
miqdorini  aniqlash  ancha  murakkab  vazifa  hisoblanadi.  Bu  bir  tomondan  daryo 
havzasiga  yoqqan  yomg‘ir  va  unda  qish  davomida  to‘plangan  qor  qoplamining 


 
117 
miqdorini  aniqlash  masalalari  bilan  bog‘liq.  Ikkinchidan  esa  yomg‘ir  va  qor 
suvlarining  ma’lum  qismi  daryo  tarmog‘iga  yer  usti  suvlari  oqimi  ko‘rinishida 
emas, balki shu suvlarning yer osti qatlamlariga shimilishi natijasida hosil bo‘lgan 
grunt  suvlari  sifatida  qo‘shiladi.  Bunday  hollar  o‘rmonli  hududlar  va  ayniqsa, 
tog‘li rayonlar uchun xosdir.
  
Turli to‘yinish manbalarining daryo oqimiga qo‘shgan hissalarini miqdoriy 
baholash  muammosi  ko‘pchilik  olimlarni  qiziqtirgan.  Ilk  bor  ushbu  masala 
V.G.Glushkov  tomonidan  o‘rganilgan.  Natijada  u  daryo  oqimiga  turli 
manbalarning  qo‘shgan  hissalarini  aniqlashga  imkon  beradigan  usulni  ishlab 
chiqqan.  Ushbu  usul 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish