O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

 Kam  suvli  davr 
-  daryolar  suv  rejimining  to‘linsuv  va  toshqin  davrlariga 
nisbatan kam suvliligi bilan farq qiladigan davridir. Kam suvlilikning asosiy sababi 
suv  to‘plash  havzasidan  daryoga  kelib  tushadigan  suv  miqdorining  keskin 
kamayishidir. 
Suv  rejimining  turlariga  ko‘ra  daryolarni 
oddiy 
va 
murakkab  rejimli 
daryolarga 
ajratish  mumkin.  O‘z  suvini  har  xil  geografik  zonalardan  yig‘adigan 
katta daryolar uchun (Nil, Amur, Enisey, Pechora, Dunay va boshqalar) murakkab 
rejim  xosdir.  Bir  xil  geografik  zonada  joylashgan  o‘rta  va  kichik  daryolar  oddiy 
rejimga ega bo‘ladi. 
Daryolarni  suv  rejimi  davrlariga  ko‘ra  guruhlarga  ajratish,  ya’ni  tasniflash 
mumkin.  B.D.Zaykov  MDH  hududidagi  daryolarni  quyidagi  3  ta  guruhga  bo‘ldi 
(10.7 - rasm): 
 a) to‘linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar; 
 b) to‘linsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar; 
 v) toshqinli suv rejimiga ega bo‘lgan daryolar. 
O‘rganilayotgan  hududda 
to‘linsuv  davri  bahorda  kuzatiladigan  daryolar
 
ko‘pchilikni tashkil etadi. To‘linsuv davrining xususiyatlariga va suv sarfi hamda 
suv  sathi  rejimlarining  boshqa  davrlardagi  o‘zgarishlariga  bog‘liq  holda  bu 
guruhdagi  daryolar beshta turga bo‘linadi:  Qozog‘iston, SHarqiy  Evropa, G‘arbiy 
Sibir, SHarqiy Sibir va Oltoy turlari. 
To‘linsuv davri yilning iliq vaqtlarida kuzatiladigan daryolar 
guruhiga Uzoq 
SHarq va Tyanshan turlari kiradi. 
 
Toshqinli  rejimga 
ega  bo‘lgan  daryolarda  to‘linsuv  davri  bo‘lmaydi.  Ular 
katta  yoki  kichik  vaqt  oraliqlariga  bo‘lingan,  ketma-ket  kuzatiladigan  yomg‘irli 


 
113 
toshqin davrlari bilan ajralib turadi. Bu guruhdagi daryolar nisbatan kam tarqalgan. 
Toshqin  davrining  yil  davomida  taqsimlanishiga  ko‘ra  ushbu  guruh  daryolari 
quyidagi uchta turga bo‘linadi: 
Qora dengiz bo‘yi,
 
Qrim va
 
Shimoliy Kavkaz.
 
 
10.2.3. Daryolarning to‘yinish manbalari 
Daryolar  to‘yinishining  asosiy  manbai  atmosfera  yog‘inlaridir.  YOmg‘ir 
ko‘rinishida  tushgan  yog‘inlar  yer  yuzasida  oqim  hosil  qiladi  va  daryolar 
to‘yinishining bevosita manbai bo‘ladi. Agar yog‘in qor ko‘rinishida yog‘sa, u yer 
sirtida yig‘ilib, havo harorati ko‘tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo‘lgan 
suvlar ham daryolar to‘yinishida qatnashadi. 
 Yer yuzasining baland tog‘li qismiga yoqqan qorlar bir yoz mavsumida erib 
ulgurmaydi,  natijada  u  erdagi  qor  zahirasini  boyitib,  doimiy  qorliklar  va 
muzliklarni  to‘yintiradi.  Ana  shu  baland  tog‘lardagi  asriy  qorliklar  va  muzliklar 
suvi daryolar to‘yinishining yana bir manbai hisoblanadi. 
 Yomg‘ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘lgan suvlarning 
bir  qismi  yer  ostiga  sizilib,  grunt  va  yer  osti  suvlariga  qo‘shiladi.  yer  osti  va  grunt 
suvlari ham daryo o‘zaniga sekin astalik bilan qo‘shiladi, natijada daryolarda doimiy 
suv bo‘lishi ta’minlanadi. 
Shunday qilib, daryolar to‘yinishining quyidagi to‘rt manbai mavjud: 

yomg‘ir suvlari; 
- qor
 
qoplamining erishidan hosil bo‘lgan suvlar; 
-
 
muzliklarning erishidan hosil bo‘lgan suvlar; 
- yer osti suvlari.
 
 Yuqorida  aytilgan  manbalardan  hosil  bo‘lib,  daryolarga  qo‘shiladigan  suv 
miqdori  turli  hududlarda  turlicha  qiymatlarga  ega  bo‘ladi.  Bu  miqdor  daryo 
havzasining iqlim sharoitiga bog‘liq holda yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi. 
 
10.2.4. Daryolarning to‘yinish manbalari bo‘yicha tasniflari 
 
Daryolarning  to‘yinishida  ishtirok  etuvchi  manbalardan  har  birining  yillik 
oqimga qo‘shgan hissasini miqdoriy baholash muhim ahamiyatga ega. Bu sohadagi 


 
114 
dastlabki  ishlar  o‘tgan  asrning  40-yillarida  M.I.Lvovich  tomonidan  amalga 
oshirilgan.  Natijada  u  daryolarning  to‘yinish  manbalari  bo‘yicha  tasnifini  ishlab 
chiqdi. Ushbu tasnif bo‘yicha yer yuzasidagi daryolar 38 turga bo‘linadi. SHundan 
20  tasi  Mustaqil  davlatlar  hamdo‘stligi    (MDH)  mamlakatlari  hududlarida 
uchraydi. 
Har bir to‘yinish manbai 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish