Bog'liq 1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma
10.1.2. Daryo vodiysi va daryo o‘zani Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga
keladi. U daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag‘irlari va
nishabligi bilan xarakterlanadi. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar
mavjud bo‘ladi (10.4 – rasm):
- daryo o‘zani - vodiyning oqar suv egallagan qismi;
- qayir - daryoda toshqin yoki to‘linsuv bo‘lganda vodiyning suv bosadigan
qismi;
- vodiy tubi - daryo o‘zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi;
- talveg - daryo uzunligi bo‘yicha o‘zandagi eng chuqur nuqtalarni
tutashtiradigan egri chiziq;
107
10.4 - rasm. Daryo vodiysining ko‘ndalang qirqimi.