Book · January 017 citations reads 5,818 authors


“Bolalarni  kattalarning  aytadigan  so‘zlari  emas,  ularning  qilgan



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165
Bog'liq
Etiket

“Bolalarni  kattalarning  aytadigan  so‘zlari  emas,  ularning  qilgan 
amallari tarbiyalaydi”
2

Bunda ziddiyatlarni axloqiy anglashni rivojlantirish  – adabiyotlar, axloqiy 
tafakkurni boyitishga harakat qilish orqali hal qilsa bo‘ladi.  
Sog‘lomlashtirishning ruhiy jihatlari – ko‘proq kelinlarning o‘z kayfiyatini 
yuqori turishiga bog‘liq. O‘ziga oro berish ham bir tomondan boshqalarga sizning 
munosabatingizni  o‘zgartirsa,  ikkinchi  tomondan,  inson  ruhini  ko‘taradigan 
xususiyatlardan biridir. 
Kelinlik  liboslari
.  Kelinning  odobi,  uning  o‘zligi,  borligini  namoyon 
etadigan tomonlardan biri, uning  garderobi, ya’ni kiyinishidir. Uch-to‘rt ko‘ylakni 
yuvib,  dazmollab,  o‘qishga,  ishga  kiyib,  tejamkorlikka  o‘rgangan  qizlar  to‘y 
munosabati  bilan  keyin  birdaniga  ikki  yoqdan  bir  necha  o‘n  sidra  sarpolik  bo‘lib 
qoladilar.  Zotan,  borini  bordek  ko‘rsatish,  kamini  yashirib,  sevinib  yurish 
                                                             
1
 Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, - Тошкент, 1994, 1 
– жилд, 73-бет. 
2
 
К. Юнг.
 
К.Кереньи. Душа и миф. Киев-Москва, Порт-Роял-Совершенство.1997.-114б.
 
 


109 
 
ayollarning  qo‘llarida.  Birinchi  navbatda,  ikki  tomon  sarpolari  qishligi-qishlikka, 
yozligi-yozlikka  ajratiladi.  Keyin  kiyimlar  yana,  uyligi-uylikka  ajratiladi.  O‘z 
navbatida,  ular  yana  sarxillanadi,  masalan:  liboslar  ichidan  atoqlik  mehmonga 
kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to‘y-xashamlar) shifoneringizning to‘riga chiroyli 
qilib  ilib  qo‘ying.  Kerak  paytda  darrov  kiyib  chiqasiz.  Uyliklar  ham  bir  sidra 
saralanadi. Masalan:  mehmon kelganda kiyiladiganlari alohida osiladi. Mavsumga 
qarab ertalab, peshinda, kechqun kiyiladiganlari, bayram-hayitlarda kiyiladiganlari 
ajratiladi.  Ayrimlar  kelinlar  doimo  yasanib  yurishlari  kerak,  tez-tez  kiyim 
almashtirishi kerak deb bir yilga qolmay barcha kelinlik liboslari ohorini to‘kib kir 
tog‘orada  chiritadi.  Ertalab  hovli  supurganda  uy  yig‘ishtirganda  sun’iy  matodan 
to‘qilgan  ko‘ylak  lozim  kiygan  ma’qul  (homiladorlik  vaqti  bundan  mustasno). 
Yuvganda aynimaydi. Nonushtani tayyorlab bo‘lgach, odatda, oshxonada ovqat isi 
kelib  turmaslik  uchun,  nonunushtaga  ko‘pchilik  bilan  o‘tirishdan  avval  libosni 
almashtirgan  ma’qul.  To‘g‘ri  yaltirog‘i  bor  kiyimlar  kelin  liboslarining  ko‘rki 
hisoblanadi.  Ammo  oshirvormaslik,  ya’ni  bachkanalik  darajasiga  ko‘tarmaslik 
lozim.  Ish  yoki  o‘qishga  qatnaydigan  kelinlar  yaltirog‘i  yo‘q  kiyimlar  kiygani 
ma’qul.  Kelinman  deb,  bosh  oyoq  yaltiroq  kiyganlar  boshqalar  diqqatini  tortadi, 
holos.  Tungi  kiyimlar  alohida  saqlangani  ma’qul.  Yana  bir  nozik  masala  –  ayrim 
kelinlarning  xonasi  egasi  ko‘chib  ketgan  uyga  o‘xshaydi.  Hamma  joyda  kiyim, 
lozim,  ko‘ylak,  xalat.  Divanda  er  kiyimi,  stulda  xalat,  krovatda  ro‘mol-u  ko‘ylak. 
Turlanish  kerak  ekan  deb  kiyimni  duch  kelgan  yerga  uloqtirib,  boshqasini  kiyib 
ketaverish  yaxshi  emas.  To‘g‘ri,  yoshlarning  ham  kattalarga,  ham  ro‘zg‘orga, 
hamda  keti  tugamaydigan  mehmonlarga  xizmat  ko‘rsatishi  bunday  nozik  jusssiga 
og‘irlik  qiladi.  Ammo,  birinchi  navbatda,  turmush  o‘rtog‘i,  so‘ng  o‘zingiz 
e’tiborga  loyiq  ekanligingizni  unutmaslik  lozim.  Kelinning  xonadonga  xizmatchi 
bo‘lib kelishi – kelajakda uni professional darajadagi xizmatchiga, uy bekasi bo‘lib 
kelishi  esa  uy  bekalikka  olib  keladi.  O‘ziga  nisbatan  e’tiborsizlik  atrofdagilarni 
ham  shunday  munosabatda  bo‘lishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Ammo  hadeb 
turlanaverish  ham  ayol  ko‘rkini  “sindiradi”.  Bora-bora  bunday  ayollar  o‘zini 
yanada  chiroyli  ko‘rsatishning  eng  murakkab  yo‘llarini  qidirishga  majbur  bo‘lib 
qoladilar. 
Zeb-ziynatning,  taqinchoqning  o‘ziga  yarasha  ma’naviy  yuki,  o‘ziga 
yarasha  ma’naviy  qadriyati,  tarbiyaviy  ahamiyati  bor.  Taqinchoqlar  xilini  xiliga, 
rangini  rangiga,  kiygan  libosga  moslab  taqiladi.  Bu  taqinchoqlar,  balki  uncha 
qimmat  ham  bo‘lmas,  ularning  bezagi  kiygan  libos  bilan  uyg‘unlashib,  go‘zal 
ansambl tashkil etadi. 
Lekin bu degani kelin bo‘lish rusmlarini joy-joyiga qo‘yaman deb, ota-ona, 
opa-singil,  aka-ukalar  rizqini  qiyib  bo‘lsa-da,  boshqalardan  qolishmaslik  eng 
yomon  narsadir.  Bu  bilan  baxtli  bo‘laman  degan  odam  qattiq  adashadi.  Yomon 
niyatda bo‘lgan odam baribir, qanday e’tiborli bo‘lishidan qat’i nazar sizga bo‘lgan 
munosabatini o‘zgartirmaydi. Aybni doimo barchadan va barcha narsalardan topsa 
bo‘ladi.  Beayb  parvardigor.  Ota-onalar  ne  azobda  qiynalib  qiziga  qilib  bergan  bu 
sarpolar  hech  qancha  vaqt  o‘tmay  sandiqda  keraksiz  narsa  bo‘lib  yotishini 
unutmaslik lozim. Ortiqcha xarajat, uvol va isrof keyin o‘zining samarasini beradi. 


110 
 
Agar  yoshlar  avvaldan  kirim  va  chiqim  borasida  o‘ylamasalar,  bunday  oilaning 
kelajakdagi iqtisodiyotini tasavvur qilish mumkin.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish