Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
ADABIYOTLAR 


104 
 
Asosiy: 
 
1.
 
Karimov  I.  A.  O‘zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida.  –  T.: 
O‘zbekiston, 2011. 
2.
 
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. – Toshkent.: O‘zbekiston milliy 
faylasuflari jamiyati. 2010. 293-b. 
3.
 
T.Javliyev An’analar – hayot sabog‘i.T.: O‘zbekiston, 1992. 
 
Elektron manbalar va Internet ma’lumotlari: 
1.
 
Etiket ot A do YA. www. etiksite.  ru. 11. KB. 
2.
 
Pravila etiketa. www. etiksite.  org.   3 KB. 
 
 
TURMUSH ETIKETI 
Oila 
Oila  —  tarixan  tarkib  topgan  o‘ziga  xos  va  mos  ijtimoiy  guruh  bo‘lib, 
uning a’zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‘zaro 
huquqiy,  axloqiy  va  boshqa  munosabatlar  bilan  bog‘langandir.  Oila  nikoh 
zaminida  vujudga  keladi.  Nikoh  esa  erkak  va  ayol  orasidagi  munosabatlarning 
jamiyat tomonidan tan olingan, ma’qullangan ifodasi hisoblanadi. 
“Oila  uch  jihatni:  o‘zining  bevosita  ko‘rinishi  bo‘lmish  nikohni;  oilaviy 
mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga 
oladi”.
1
 
Oila
 
–  muqaddas    urf  odatlarimizni    saqlaydigan    tarbiya  o‘chog‘idir. 
Yoshlarning  ma’naviy  qiyofasi,  ularning  xatti–harakatlari,  xulq–atvorlari,  dastlab, 
oilaviy  munosabat    madaniyatida  ifodalanadi.    Oilaviy  munosabat  madaniyati 
nima?  Bu  –  oilada  insonga  xos  va  mos  sharoitlarni  yaratish,  oilaning  vazifalarini 
to‘la bajarish, oilaviy turmush tarzini to‘g‘ri shakllantirish, oila a’zolarining xulq – 
odobi,  dunyoqarashi,  mafkurasini,  oilaviy  hayotning  davomiyligini  ta’minlashdir.  
Mustahkam  oila  mustahkam  jamiyatning  asosidir.  Shunday  ekan  jamiyat  oilalarni  
mustahkamlash,  oilaviy  munosabatlar  madaniyatini  takomillashtirishga  alohida 
e’tibor  berib kelmoqda. 
Oila  jamiyat  va davlat bilan  o‘zaro bog‘liq bo‘ladi  va  ular bilan  bir  vaqtda 
rivojlanib  boradi.  Oila  nafaqat  axloqi,  balki  demografik,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  
madaniy  va  boshqa    muhim    funksiyalarni    bajaradi.  Shuning  uchun  jamiyat  va 
davlat  oilaning farovon bo‘lishidan  manfaatdor bo‘ladi.   
Oila  a’zolari  bir-birlari  bilan  umumiy  turmush,  o‘zaro  iqtisodiy  mulkiy, 
huquqiy,  axloqiy,  ruhiy  a’loqalar  bilan  bog‘lanadi.  Oilaning    birinchi  vazifasi  o‘z 
nasl  –  nasabini  davom  ettirishdan,  tarbiyali  farzandlarni  o‘stirishdan,  oila 
a’zolarining  tirikchiligini,  bo‘sh  vaqtini  ko‘ngilli  o‘tkazishni    ta’minlashdan 
iboratdir. 
                                                             
1
 Абдулла Шер. Ахлоқшунослик.– Тошкет.: Ўзбекистон миллий файласуфлари жамияти.  2010. 293-б. 


105 
 
Nikoh – erkak  va ayolning teng  huquqli, erkin  va  ixtiyoriy  ittifoqi bo‘lib,  u 
fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  organlarida  tuziladi  va  oila  tuzish 
maqsadiga xizmat qiladi.  
Oila 
nikohdan 
boshlanadi. 
Nikoh 
rasmiy, 
qonunlar 
asosida 
o‘tkazilgandagina haqiqiy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
birinchi moddasida nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida 
tuzilishi lozimligi ko‘rsatilgan. 
Nikohdan  o‘tivchilar  FHDYOga  ariza  berganlaridan  keyin  bir  oy  o‘tgach, 
shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. 
Uzrli  sabablarga  ko‘ra,  FHDYO  bir  oy  sinov  muddati  o‘tgunga  qadar 
nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. 
Balog‘atga  yetmaganlarning  nikohga  kirishining  oldini  olish,  ularning 
sog‘ligini  himoya  qilish  maqsadida  hamda  oilani  qurish  uchun  ma’lum  hayotiy 
tajriba,  jismoniy  va  ma’naviy  yetuklik  talab  qilinishini  e’tiborga  olgan  holda, 
qonunda  nikoh  yoshi  erkaklar  uchun  o‘n  sakkiz  yosh,  ayollar  uchun  o‘n  etti  yosh 
etib belgilangan. 
Uzrli sabablar bo‘lgan, alohida hollarda nikoh yoshi erkak va ayollarga bir 
yoshga  kamaytilishi  mumkin.  Bu  sabablarga,  masalan:  nikohga  kiruvchi  ayol 
homilador  bo‘lib  qolishi,  bir  taraf  og‘ir  kasal  bo‘lgan  yoki  harakatdagi  armiyaga 
ketayotgani  va  boshqa  shunga  o‘xshash  holatlar  kiradi.  Bunda  nikoh  davlat 
ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 
bir yilga kamaytirishi mumkin. 
Nikoh nikohga kiruvchilarning ixtiyoriyligi, erkin roziligi asosida tuziladi. 
Nikohni tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin  ifoda etish qobiliyatiga 
ega  bo‘lishi  kerak.  Agar  shaxs  o‘z  xatti-harakatlari  oqibatini  tushunmaydigan 
holda  (qattiq  mastlik,  ruhiy  holatining  vaqtincha  buzilishi)  yoki  aldov  oqibatda 
nikohdan  o‘tgan  bo‘lsa,  bunday  nikoh  qonunda  belgilangan  tartibda  haqiqiy  emas 
deb topiladi. 
Nikoh  tuzishga  majbur  qilish  qonun  bilan  taqiqlanadi.  Ayolni  o‘z  erkiga 
xilof  ravishda  erga  tegishga  majbur  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 
Kodeksining 136-moddasiga ko‘ra jazolanadi. 
Nikoh  tuzish  haqidagi  arizani  berishda  shaxsni  aniqlovchi  hujjatlar: 
pasport, 
harbiy 
bilet, 
ofitser, 
praporshikning 
shaxsiy 
guvohnomasi, 
nikohlanuvchilarning  biri  ilgari  nikohda  bo‘lgan  bo‘lsa,  nikohdan  ajralganlikni 
tasdiqlovchi  hujjat  (guvohnoma  yoki  sud  qarori),  nikohni  haqiqiy  emas  deb 
topilganligi  to‘g‘risidagi  sud  qarori,  er-xotindan  birining  o‘limi  to‘g‘risidagi 
guvohnoma ko‘rsatilishi kerak. 
Nikoh  nikohlanuvchilarning  xohishiga  ko‘ra  tantanali  ravishda  qayd 
etilishi mumkin. 
Bu  –  oila  tuzilishi  va  yaratilishining  huquqiy  jihatlari.  Axloq  nazariyasi 
nuqtai  nazaridan  oilaning  asosi  bo‘lmish  nikoh  –  ezgu  maqsadga  yo‘naltirilgan, 
zimmasiga  zurriyot  qoldirishdek  yuksak  mas’uliyat  yuklangan  sevgi,  sevishning 
ijtimoiylashgan  ko‘rinishi.  Sevgi-muhabbat  faqat  erkinlikda  namoyon  bo‘lishi 
hisobga  olinadigan  bo‘lsa,  nikohni  ma’lum  ma’noda,  an’analar,  urf-odatlar  va 


106 
 
e’tiqodlarga  moslashtirilgan  sevgining  yashash  sharti  deyish  mumkin.
1
  O‘zbek 
oilasining  dunyodagi  boshqa  oilalarga  o‘xshash  tomoni  ko‘p,  shu  bilan  birga, 
o‘ziga  xos  jihatlari  bor.  Xalqimizning:  "Nikoh,  eng  avvalo  Arshi  a’loda  o‘qiladi, 
keyin  esa  yerda"  degan  naqli  behuda  aytilmagan.  Ota-bobolarimizning  azaliy 
tushunchalari  bo‘yicha  nikoh  ilohiy  ahd,  oila  muqaddasdir.  “Xotinlaringiz 
ziroatgohingizdir”,  deyiladi  Qur’oni  Karimning  Baqara  surasi  223-oyatida.  Oila 
qurishdan asosiy maqsad farzand ko‘rishdir. 
Oilaviy  muhit.
  Oilaning  mustahkamligi  oila  a’zolarining  axloqiy  tarbiyasiga 
bog‘liq.    Xalqimizda  bejiz,  “Sog‘lom  turmush  tarzi  –  mustahkam  oilaning 
garovidir”,

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish