Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
deb
 
aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda, biz nafaqat oiladagi er 
va  xotinning  bir-biriga  bo‘lgan  munosabati,  balki  ulardagi  axloqiy  fazilatlar, 
imonlilik,  poklik,  halollik,  rostgo‘ylik,  shirinso‘zlik,  kabi  axloqiy  me’yorlarga 
amal qilgan xolda urf odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz. 
Oilada eng asosiy narsa – bir-birini  tushunish, qadrlash va e’zozlashdir.  Er-
xotindan birining kamchiligi ikkinchisining fazilati bilan  yopilib  yurmog‘i lozim. 
Oilada ikki yosh bir butun bo‘ladi,  muhabbat – nikoh iplarini mustahkamlaydigan, 
axloqiy  mas’uliyatni  yanada  oshiradigan  hissiyotdir.  Ikki  yosh  hissiy  holatlarini 
o‘zaro tushunib borishi natijasida oilada mo‘tadil kayfiyat  qaror topadi, qarashlar 
uyg‘unligi  tug‘iladi.  Zero  muhabbat  faqat  o‘zaro  hissiy  qoniqishgina  bo‘lib 
qolmay,  munosabatlar go‘zalligiga aylanadi. 
Oila  -  bu  kichik    jamoadir.  Unda  o‘zaro  muomalaning    barcha    qoidalariga 
amal    qilinishi    kerak.  Kattalarga  hurmat,  kichiklarga  izzat;  bir-biriga  mehribon 
bo‘lish, ayniqsa, ayollarni izzat qilish kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi 
kerak. Ota-ona  bolalariga  namuna. Shuning uchun ular oilada axloq madaniyatiga 
to‘la rioya qilishlari shart.  
Oilaviy  munosabatlar  nisbatan  mustaqil  hodisa  bo‘lib,  oilaning  ichki 
ishlariga hech kimning aralashishga haqqi yo‘q. Shu sababli ham oila muqaddas va 
daxlsiz  hisoblanadi.  Oilaviy  munosabatlar  jamiyatdagi  mavjud  ijtimoiy,  iqtisodiy, 
mafkuraviy  va ma’naviy munosabatlar  bilan belgilanadi va ular ta’sirida o‘zgarib 
boraveradi. 
Oilalarda nafaqat oilaviy munosabat, balki qon-qarindoshlik munosabatlari 
madaniyati  ham  yuksak  darajada  rivojlangan  bo‘ladi.  Bunday  oilada  bobo,  buvi, 
ota-ona,  amaki,  aka-uka,  opa-singil,  jiyan,  kuyov,  kelin  quda-anda,  qaynota-
qaynona  kabi  o‘nlab  qarindoshchilik  darajalarini  bildiruvchi  mezonlarga  amal 
qilinadi.  Bu  munosabatlarda  milliylikning  asl  o‘zagi  namoyon  bo‘ladi.  Bu 
munosabatlarning  afzalliligi  shundaki,  bunda  qarindosh-urug‘lar  bilan  oqibatli 
bo‘lib  yashash,  farzandlarni  milliy  udum,  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash  uchun 
imkoniyat  tug‘iladi  hamda  ular  qarindoshlar  orasida  ham  moddiy,  ham  ma’naviy 
tayanch-suyanch bo‘lib yashashga odatlanadilar.  
Bunday  oilalarda  tarbiyalangan  farzandlar  ham  barcha  bilan  munosabatda 
tezda  kirishib  keta  oladigan,  munosabat  madaniyatiga  rioya  etadigan  inson  bo‘lib 
shakllanadilar,  chunki  bu  bolalarni  bitta  oila  emas,  bir  necha  oila  tarbiyalaydi. 
                                                             
1
 Қаранг Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. – Тошкент.: Ўзбекистон миллий файласуфлари жамияти.  2010. 
294-б. 


107 
 
Oilaviy sharoit u yoki bu oila a’zolarining kelajakda hayotiga bevosita ta’sir qiladi. 
Oilaning  tarqalishi  har  bir  oila  a’zolariga  ta’sir  qiladi.  Axloqshunoslikda  oila 
tarqalishining  uch  turi  ko‘rsatiladi.  Birinchisi,  nikohning  bekor  qilinishi  bilan 
tarqalishi – bunda oilaviy mulk va farzandlar tarbiyasi qonun asosida taqsimlanadi. 
Bunday 
sabab 
o‘zaro  kelishmovchilik  hamda  tushunmovchilik,  o‘zaro 
muhabbatning  yo‘qligi  natijasida paydo bo‘ladi. Ikkinchisi, tabiiy tarqalishi bo‘lib 
–  oila  a’zolarining  biri  falokat  yoki  kassallik  tufayli  vafot  etgan  oila  mulkining 
meros  sifatida  taqsimlanishiga  sabab  bo‘luvchi  tarqalishdir.  Uchinchisi  –  axloqiy 
tarqalish  bo‘lib,  bunda  bolalar  balog‘atga  yetib,  oila  qurilishlari  –  ota-onalar  ular 
uchun oilaviy mulkdan uy-joy, turli maishiy jihozlar ajratib berishlari belgilanadi.
1
 
Shunga  ko‘ra,  oilada  har  bir  a’zoning  o‘ziga  yarasha  majburiyatlari  mavjud. 
Ayniqsa,  o‘z  odatiy  turmush  tarzini  o‘zgartirib,  o‘zga  oilaga  kelin  bo‘lib  kelgan 
qizlarimizning  yangi  oila  a’zolari  bilan  bo‘lgan  o‘zaro  munosabatlari  juda  muhim 
hisoblanadi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish