Shuning uchun eng birinchi ishimiz o‘z qalbimizni ishlovchan holga
keltirmoqdir... Ma’mur holga keltirmoqdir, yal-yal porlaydigan holga
keltirmoqdir... Iymon to‘lg‘un holga keltirmoqdir. Payg‘ambar (s.a.v.)
hazratlari duolarida bunday deb marhamat etar edilar: «Yo Rabbiy! Men
Sendan iymoni komil so‘ragayman. Mustahkam ishonch, yaqiyn tilagayman,
sidq tilagayman...» derdilar. Nechun? Insonning qalbiga eng kerakli narsa shu
bo‘lgani uchun... Qalb, ya’ni insonni boshqargan a’zosi, insonni boshqargan
qo‘mita markazi yal-yal tovlanmasa, sog‘lom ishlamasa, inson go‘zal, chiroyli
ishlar qilaolmas!.. Bomdod namoziga tura olmas, ibodatini qila olmas... Ro‘za
holida gunohlar qilgay... Tijorat qilar ekan, harom yegay, yolg‘on so‘zlagay.
Yoqtirganingiz – yaxshi musulmonlar, avliyoulloh, atrofingizdagi solih kishilar... Boyagi
noqis insonlardan bularning farqi nimada?.. Boyagi insonlardan bularning farqi,
harakatlariga hokim bo‘lgan qalbning yal-yal tovlanmog‘ida, tozaligidan yarq-yurq etib
turishidadir! Bu ne’matning ishlashidadir. Ayrimlarning qalbi zanglagan. Payg‘ambar
janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilarki, «Temir zanglagani kabi qalblar ham zanglagay».
Gur-gur ishlamas. Ayrimlarning esa qalbi o‘likdir. Ba’zilarning qalbi toshdekdir!
Do'stlaringiz bilan baham: |