QALBNI ISHLOVCHAN HOLGA KELTIRMOQ
Dunyoning boshqa bir o‘lkalarida esa Islomning rivojlanmog‘i uchun, yuksalmog‘i uchun
qilinayotgan ishlar bor. U yerlarda ham shu xil shikoyatlar... Rahbarlardan,
mutafakkirlardan, olimlardan, fozillardan, komillardan xuddi shundoq shikoyatlarni
eshitgaymiz. Kamolga yetmagan – yetilmagan insondan, sifatsiz insondan, iymoni
chinakam yal-yal yonmagan insondan biror foyda hosil bo‘lmagay.
Jihodga borsa, jihodni o‘lja olmoq uchun qilgay... Afg‘oniston janglarida qatnashgan
birodarlarimiz aytishdi, o‘kindim, odam qo‘lini ko‘tarib: «La ilaha illalloh» deydi, «Men
musulmonman», deydi, begunoh o‘lib ketayotgani aniq ma’lum... Bu tomondagi
«mujohid» uning pullariga tama’ qilib, o‘ldiradi... Chunki noqis!.. Noqisdan mujohid
yuzaga kelmas. Ya’ni, iymonida nuqson bo‘lgan kishi har ishni ham barbod etgay.
Do'stlaringiz bilan baham: |