SEVGINI O’RGANMOQ
Biz muhabbatni ham bir faoliyat mavzuyi sifatida bilamiz. Sevmoqni ham o‘rganmoqqa
urinamiz. Masalan, bir inson gulni sevishi mumkin, dengizni sevishi mumkin, suzmoqni
sevishi mumkin, tog‘ni sevishi mumkin, mevani, shirinlikni sevishi mumkin, qaymoqni,
quymoqni va hokazolarni yaxshi ko‘rishi mumkin... Biz bu sevgilardan boshlab asl
sevgini toptirmoqni, o‘rgatmoqni istaymiz.
Aytganimizdek, shoirlardan biri: «Sen hali qaylardasan? Borgil, avval sevmoqni
o‘rgangil!» deb she’r bitgan. Sevmoqni ham o‘rganmoq lozim! U ham bir ta’lim
masalasidir va chamasi, sevmoq bizning eng muhim ishimiz bo‘lgaydir. Hayotimizning
eng muhim ishi bo‘lgaydir.
Sevgining mukammali haqiqatan sevmoqdir, do‘st bo‘lmoq, fidokorlik qilmoqdir,
hadyalar bermoq, xizmat qilmoqdir... Qarshingizdagi insonni yaxshi ko‘rmoq, unga
mehr-muhabbatni bildirmoqdir. Keyin esa, Haq sevgisi, haqiqat sevgisi, iymon sevgisi
bilan, bu go‘zalliklarni vayron qilganlarga qarshi bir munosabat ko‘rsatmoqdir. Bu ham
sevgi-muhabbat, bu ham sevgi-muhabbatning isbotidir.
Jihod ham sevgining dalil-isbotidir. Jihod bug‘zu adovatning natijasi emas zinhor. Haq
sevgisi, haqiqat sevgisining natijasidir... Chunki biz insonga eng avval to‘g‘ri yo‘lga
kelmoqni taklif etgaymiz. Safimizga kelmoqni, tartibga kelmoqni taklif etgaymiz, tartibga
kelmasa, tartibga keltirmoqqa uringaymiz... Buzmoqqa urinmaymiz. Musulmonlarning
yer yuzidagi, yangicha so‘z bilan aytganda, faolligining susayishi dunyoni ulkan
baxtsizlikka giriftor etgay.
Bu kunlarda gazetalarni kuzatayotgan bo‘lsangiz, har holda ichingiz qon yig‘lagandir.
Yugoslaviyadagi vahshat, o‘ta vahshat, Bosnaning yoqilib vayron qilinishi, u yerdagi
musulmon birodarlarimizning chorasiz qarshilik ko‘rsatishlari... Musulmonlarning birligi
va birdamligini, hamdamligini, faoliyatini qaytadan qo‘lga kiritmoqqa naqadar zo‘r
ehtiyoj borligini ko‘rsatadigan bir hodisadir bu... Dunyoning boshqa joylaridagi ochiq
hodisalar shuni taqozo etadi...
Musulmonlarni qanday baxtli qilmoq mumkin? – deb o‘ylamoq lozim.
Har dardki bor, bor darmoni vale
Bedardlarning dardina darmon o‘lmas.
«Har qanday dard bo‘lsa, uning darmoni, davosi ham bor, lekin dardsizlik kasaliga davo
yo‘q!» deydi Fuzuliy.
Rangiga, sifatiga aslo qaramay, jingalaksoch zanjini ham sevishimiz mumkin... Qirqta
zo‘ravonning ostida qolgan bitta birodarimizni ko‘p qaynoq tuyg‘ular bilan bag‘rimizga
bosishimiz mumkin. Boylik, kambag‘allik, rang, irq farqi, til farqi, millat farqi muhim
bo‘lmas, bir inson mo‘‘min bo‘lsa, u jonimizdan yaxshi ko‘rgan bir kishiga aylanaveradi...
Yunonlar bilan go‘yo raqibmiz, ammo musulmon bo‘lgan Yusuf Islom birodarimiz juda
yaxshi ko‘rgan bir kishimiz bo‘lib qolaveradi... Armanilar bilan go‘yo hisob-kitobimiz
bordek, ammo musulmon bo‘lgan Zohid Barsom bizning eng yaqin birodarimiz bo‘lib
qolaveradi. Amerikalik bir Umar Abdulloh va yoki boshqa bir yapon, hindi va yoxud
afrikalik va yo ingliz... Farqi yo‘q bizga, musulmon bo‘ldimi, qardosh-qarindosh
Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |