«Fala udvana illa ‘alaz-zolimiyn».
«Faqat zolimlarga dushmanligimiz bor, zulm qilgani uchun...» Yo gunohlar
qilib, o‘z-o‘ziga zulm etgani uchun va yo boshqalarning haqini bosib olib, talab,
egallash tarzida unga zulm qilgani uchun... Faqat zulmga nisbatan dushmanlik
saqlagaymiz. Mazlumning do‘stimiz, ammo zolimning omonsiz raqibi
bo‘lgaymiz. Shunday bir g‘oyamiz bor. Aslida bu jahonni qutqaradigan bir
fikrlash tarzidir.
Abdulloh ibni Amr (roziyallohu anhumo) otasi ham, o‘zi ham sahoba, Payg‘ambarmizdan
rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) bundoq deb marhamat etdilar:
«Bir kishining birodariga shavq bilan boqmog‘i mening ushbu masjidimda bir
yil e’tikof o‘tirmoqdan ko‘ra yaxshiroq, xayrliroqdir».
MUSULMON MUHABBATI
«Odamning birodariga boqmog‘i» – o‘z aka yoki ukasiga emas, musulmon birodariga
qaramog‘i deganidir. Shu hol ayollarga ham tegishli. Xo‘sh, qanday boqish ekan? «‘ala
shavqin» – shavq tuyib, ishtiyoq tuyib, havas bilan, mehr-muhabbat bilan boqish
demakdir. Shunday tuyg‘ular bilan bir marta boqmog‘i, deydilar hazrati Payg‘ambarimiz,
«Mening shu masjidimda bir yil e’tikofda bo‘lmoqdan ko‘ra yaxshiroqdir». «Mening shu
masjidimda» deyishlariga ko‘ra, Payg‘ambar janobimizning masjidlarida e’tikof o‘tirmoq
mavzuyi o‘rtaga chiqadi.
E’tikofni ayrimlar bilmasligi mumkin... E’tikof – kishining uyga bormasdan, yotib qolib,
ibodat qilmoq niyati bilan biror jome’da iqomat etmog‘idir. Buni Ramazon oyining oxirgi
o‘n kunligida ado etgaymiz, Payg‘ambar janobimiz ham shunday qilganlar, deb.
E’tikof sunnati kifoyadir, ammo kuchli bir sunnatdir (sunnati mu’akkadadir).
Albatta, jum’a namozi o‘qiladigan biror masjidda e’tikof o‘tirmoq xiyla yaxshiroq. Chunki
jum’a namozi vaqti kelganida bu masjidni tark etib, boshqa jomega namoz o‘qishga
borishga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘ra, jum’a namozi o‘qiladigan biror masjidda e’tikof
o‘tirmoq afzalroq. Masalan, Iskandarposho jomesida e’tikof qilishni o‘ylasak bo‘ladi.
Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
Savob. Chunki, odam uyiga bormaydi, kechayu kunduzi toat-ibodat bilan, Qur’on va zikr
bilan kechadi. Ajoyib, ammo Payg‘ambar janobimizning masjidlarida e’tikof o‘tirsa
yanada go‘zalroqdir. Qay darajada ajoyib? Buni shundan bilamizki, bir kishi oddiy bir
masjidda namoz o‘qiganda bir mukofot – bir savob olsa, Payg‘ambar janobimizning
masjidida namoz o‘qiganda ming barobar ko‘p savobga ega bo‘ladi. Faqat Masjidi
Harom, ya’ni Ka’bada yuz ming barobar savob bor. Payg‘ambar janobimizning masjidida
– 1000, Quddusdagi Masjidi Aqsoda 500 barobar savob bor. Shuning uchun qilingan
e’tikoflarning boshqa oddiy masjidlarda qilingan e’tikoflardan ko‘ra savobliroq ekanini
namozlar savobining farqlaridan anglab olamiz. Albatta, e’tikofni ramazon oyining oxirgi
o‘n kunida sunnat deb ado etamiz. Bir oyga cho‘zsak, ziyoda bir muddat bo‘lgay, qirq
kun cho‘zsak, xilvat bo‘lgay – chilla bo‘lgay. Yana ajoyibroq bo‘lgay!
Shu kunlarda yodimizga kelgan, jome’da ham, turli majlislarda ham aytganimiz sahih bir
hadisi sharif bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |