Namangan muhandislik-qurilish


Akkumulyator batareyasining tuzilishi va  konstruktsiyasining



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

1.2. Akkumulyator batareyasining tuzilishi va  konstruktsiyasining  
o‟ziga xos tomonlari. 
Transport  vositalarining  elektr  jihozlari  tizimida  akkumulyatorlar  batareyasi 
keng  qo‟llaniladi.  Uning  elektr  energiyasidan  dvigatelni  yurgizib  yuborishda,  o‟t 
oldirish  tizimida  hamda  tirsakli  valning  aylanishlar  soni  kichik  bo‟lganda  yoki 
dvigatel  ishlamay  turganda  boshqa  iste‟molchilarni  tok  bilan  ta‟minlashda 
foydalaniladi. 
Ichki yonuv dvigatellarini elektr tok yordamida yurgizib yuborish tizimlari bir 
necha  yuz  amperga  yetadigan  katta  tok  bilan  ishlaydi.  Bunday  tok  starter  tipidpgi 
maxsus akkumulyatorlardan olinadi. 
Qo‟rg‟oshin-kislotali  akkumulyatorlar  batareyasidan  transport  vositalarining 
elektr  jihozlarida  foydalaniladi.  Ular  startyor  akkumulyatorlar  batareyasi  tipiga 
taluqlidir,  chunki  qisqa  vaqt  ichida  (5-10s)  katta  tok  (200-5600A)  bera  oladi  va 
bunda ularning texnikaviy holati o‟zgarmaydi. 
Akkumulyatorlar  batareyasiga  qo‟yiladigan  asosiy  talablar  quyidagilardan 
iborat:  gabarit  o‟lchamlari  kichik,  massasi  kam,  mustahkam,  uzoq  muddatga 
chidamli,  ishonchli,  sig‟imi  katta,  tayyorlash  arzon  bulishi  kerak.Transport 
vositalarida  quydagi  tuzilishdagi  qo‟rg‟oshin-kislotali  akkumulyatorlar  keng 
tarqalgan 2.1 - rasm. 
 
2.1 - rasm. Qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi. 
1  -  bak  tubidagi  chiqiq  qovrg‟a;  2  -  separator;  3  -  manfiy  qutb  plastinasi;  4  - 
musbat  qutib  plastinasi;  5  -  qutblishtirp;  6  -  qobiq;  7-  qo‟qoq;  8  -  elektrolit  quyish 
qo‟рqog‟i; 9 - musbat qutbli chiqish; 10 - ko‟prikcha peremichka; 11 - manfiy qutbli 
chiqish. 
 
Respublikamizda  ishlab  chiqarilgan  qo‟rg‟oshin-kislotali  akkumulyatorlar 
batareyasi yuqoridagi barcha talablarga javob beradi. U tuzilishi bir xil bo‟lgan uchta 
yoki  oltita  akkumulyatordan  iborat.  Har  bir  akkumulyator  bankasida  musbat  va 


 
19 
manfiy ish plastinalarga ega. Bunday plastinaning har biri qo‟rg‟oshin bilan surma 
qotishmasidan  quyib  yasalgan  panjaradan  iborat.  Akkumulyator  plastinalari  94% 
qo‟rg‟oshin,  6%  surmadan  iborat  qotishmadan  panjara  ko‟rinishda  quyib 
tayyorlanadi.  Musbat  plastinalar  panjaralari  mishyak  qo‟shilgan  (0,1  -  0,2%) 
qotishmadan  tayyorlanadi.  Surma  va  mishyak  plastinalarning  mexanikaviy 
mustahkamligini  oshiradi,  ularning  zanglashini  kamaytiradi  va  quyuv  sifatini 
oshiradi.  Panjara  yetarli  darajada  qattiq  bo‟lishi  va  quyish  jarayonida  qotishma 
qolipni  yaxshi  to‟ldirish  uchun  surma  ishlatiladi.  Panjaraning  ko‟zlari  juda  dag‟al 
aktiv massa bilan to‟ldiriladi.  
Panjara  oralari  musbat  plastinalar  uchun  qo‟rg‟oshinli  surkav  va  glat, 
manfiylari  uchun  esa  qo‟rg‟oshin  kukunidan  tayyorlangan  pasta  bilan  to‟ldiriladi. 
Kukunsimon  moddalarning  tarkibidan  qat‟i  nazar  pastani  tayyorlash  uchun  sulfat 
kislotaning  suvdagi  eritmasi  ishlatiladi.  Bu  plastinalarning  ish  maydonini 
kattalashtiradi,  demak  akkumulyator  sig‟imini  oshiradi.  Manfiy  plastinalar  uchun 
sulfat  kislotada  eritilgan  qo‟rg‟oshin  kukunidan,  musbat  plastinalar  uchun  esa 
qo‟rg‟oshinli  surik  Pb
3
O
4
  va  qo‟rg‟oshin  (II)-oksid  PbO  dan  foydalaniladi. 
“Surkash”, quritish va kichik tok bilan zaryadlangan so‟ng musbat plastinalar aktiv 
massasi  qo‟rg‟oshin  peroksidga,  manfiy  plastinalar  aktiv  massasi  esa  teshik-teshik 
qo‟rg‟oshinga  aylanadi.  Musbat  plastinalar  manfiy  plastinalardan  birmuncha 
qalinroq  qilib  yasaladi,  chunki  ularning  pishiqligi  zaryadlash  vaqtida  kuchliroq 
oksidlanishi natijasida kamayadi. 
Manfiy  va  musbat  plastinalar  yarim  bloklar  deb  ataluvchi  gruppalarga 
ko‟prikchalar  yordamida  birikadi.  Musbat  plastinalar  manfiy  plastinalar  orasida 
bo‟lishi  uchun  manfiy  plastinalar  bitta  ortiq  qo‟yiladi.  Bu  bilan  chetdagi  musbat 
plastinalar  qiyshayishining  oldi  olinadi.  Beshtadan  to‟qqiztagacha  musbat 
plastinalari bor akkumulyatorlar ko‟proq tarqalgan. 
 
Plastinalar  orasiga  izolyatorlar  joylashtiriladi.  Bular  akkumulyatorlarda 
separatorlar deb yuritiladi. Ular miplast (mikro g‟ovakli plastmassa), mipor (mikro 
g‟ovakli  ebonit),  shishakigiz  yoki  shishakigizning  yuqoridagi  materiallar  bilan 
qo‟shilmasidan  tayyorlangan.  Separatorlarda  musbat  plastinalar  yuzalariga  tegib 
turgan  chiqiqlar  bo‟lib,  ular  plastina  yuzasini  elektrolitga  yaxshi  tegib  turishini 
ta‟minlaydi. 
 
Yarim blok ko‟prikchasiga akkumulyator  qopqog‟idan tashqariga chiqarilgan 
qutbli  shtir  ulangan.  U  qo‟rg‟oshin  vtulkasi  teshigidan  o‟tgan  bo‟lib,  vtulka 
akkumulyatorlar qopqog‟iga rezba yordamida birikadi. 
 
Akkumulyatorlar plastmassa yoki ebonit bakga joylashtirilgan. Plastmassa bak 
ichiga viniplast yoki polixlorvinildan qilingan kislota bardosh qistirmalar qo‟yiladi. 
Bak tubidagi chiqiqlar tokilgan aktiv massasini to‟plash uchun kataklar hosil qiladi. 
Plastinalarni  shikastlanishdan  saqlash  uchun  har  bir  akkumulyatorining  yuqorisiga 
viniplastdan  qilingan  saqlash  to‟siqchasi  qo‟yiladi.  Qopqoq  ebonit  yoki 
plastmassadan  yasalgan.  Unda  qutbli  shtirlar  uchun  tishiklar  va  elektrolit  quyish 
teshigi  (rezbali)  bo‟lib,  bu  teshikka  shamollatish  kanalili  tiqin  burab  qo‟yilgan. 
qopqoq bilan bak devorchalari orasidagi tirqish  zich  berkilishi uchun uning  orasiga 
kislota bardosh mastika quyilgan. 


 
20 
 
Akkumulyatorlar  batareyada  qo‟rg‟oshin  peremichkalar  bilan  ketma-ket 
ulangan. CHetki  akkumulyatorlardagi bo‟sh qolgan qutbli  shtirlar  batareyaning  “

” 
va  “-”  belgilar  qo‟yilgan  qutbli  chiqishlarini  hosil  qiladi.  Batareyaning  musbat 
chiqishi  manfiy  chiqishga  nisbatan  yo‟g‟onroqdir,  chunki  u  ishlayotganda  tezroq 
oksidlanadi  (musbat  chiqishning  diametri  17,5

0,25mm,  manfiy  chiqishning 
diametri 16

0,25 mm). 
Qutbli  chiqishlarga  simlarning  qismlari  mahkamlanadi.  Peremichkalarga 
batareya  markasi  qo‟yilgan.  Masalan,  6-ST-45-PMZ  yoki  3-TST-150-EMS  marka 
quyidagilarni bildiradi: 6 yoki 3 raqamlari batareyalardagi akkumulyatorlar sonini va 
demak,  uning  qismlardagi  nominal  kuchlanishni  (birinchi  holatda  12V  ikkinchi 
holatda 6V, ya‟ni akkumulyatorlar sonini 2Vga ko‟paytirish kerak); akkumulyatorlar 
sonidan keyingi T harfi “og‟ir” degan so‟zni bildiradi. Bunday batareyalar o‟zining 
pishiqligi  bilan  ajralib  turadi,  ulardan  traktor  va  kombaynlarda  foydalaniladi;  ST 
startyor tipidagi batareya; 45 va 150 sig‟imi (A.soatda); P va E batareya baki qanday 
materialdan yasalganini bildiradi (mos ravishda plastmassa yoki ebonit); M yoki MS 
separatorlar  qanday  materialdan  yasalganini  (miplast  yoki  shisha  kigizli  miplast,  R 
mipor  yoki  rezina);  Z  batareya  quruq  zaryadlanganligini  bildiradi;  bunday 
batareyalar quruq separatorlari bor zaryadlangan plastinalardan yig‟iladi.  
 
            

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish