26
plastinkali akkumulyatorlarda bu koeffitsent katta, lekin ularning xizmat muddati
birmuncha kam.
Qalinplastinkali
akkumulyatorlarga
qaraganda
yupqa
plastinkali
akkumulyatorlarda elektrolitning modda g‟oqaklari orasiga o‟tishi oson va katta
zaryadsizlovchi tokda uning sig‟imi katta bo‟ladi.
10 soatli ish rejimida manfiy plastinalarning 50 - 60% aktiv massasi va musbat
plastinalarning 40 - 50% aktiv massasi reaktsiyalarda qatnashadi; starter esa 10 -
15% dan oshmaydi.
Elektrolitning zichligi, ya‟ni zaryadlanish vaqtidagi kimyoviy jarayonda
qatnashuvchi kislota molekulalarining sonini oshirish sig‟imini ko‟paytiradi, chunki
plastinalarning g‟ovaklarida kontsentratsiya yaxshi tiklanadi, ya‟ni zaryadsizlanish
vaqtida paydo bo‟lgan suv tezroq almashinadi. Optimal zichlik – 1,385g/sm
3
zichligi
yanada oshirish yaxshi natija bermaydi, chunki akkumulyatorning sig‟imi manfiy
plastinalarning sig‟imi kamayishi bilan kamayadi.
Harorat pasayganda elektrod g‟ovaklaridagi elektrolitning diffuziyasi
yomonlashadi va sig‟im kamayadi. Dastlabki sig‟im 30
0
da qabul qilingan bo‟lsa,
harorat 1
0
o‟zgarganda 10 soatli rejimda tok bilan zaryadsizlanish sig‟imni taxminan
1% ga o‟zgartiradi.
Zaryadsizlovchi
tok
qancha
katta
bo‟lsa,
qo‟rg‟oshin-kislotali
akkumulyatorning sig‟imi shuncha kichik bo‟ladi. Buni shunday tushuntirish
mumkin: zaryadsizlovchi tok katta bo‟lganda ma‟lum vaqt ichida plastinaning
ko‟proq moddalari kimyoviy reaktsiyada qatnashadi. Elektrod g‟ovaklariga
elektrolitning kirishi g‟ovaklarning o‟lchamiga va elektrolit haroratiga bog‟liq.
Zaryadsizlovchi tok katta bo‟lganda elektrold sirtida va sirtiga yaqin joylashgan
g‟ovaklarida qo‟rg‟oshin sulfati hosil bo‟lishi tezlashadi. SHu munosabat bilan
g‟ovak o‟lchamlari kichrayadi, plastinaning ichkarisiga kislota kirishi yomonlashadi
va akkumulyator sig‟imi kamayadi.
Agar zaryadsizlanish bo‟lib-bo‟lib o‟tkazilsa, ya‟ni qisqa muddatli qaytarib
turiladigan yuklanish hosil qilib turilsa, akkumulyatorning sig‟imi katta bo‟ladi,
chunki “dam olish” kislotaning plastinaga chuqurroq kirib borishga imkon
tug‟diradi.
Bulardan ko‟rinib turibdiki, akkumulyatorlar ma‟lum sharoitlarda ularni
tayyorlagan zavod belgilangan garantiyali sig‟imga ega bo‟lishi mumkin.
Avtomobillarning starter tipidagi qo‟rg‟oshin - kislotali akkumulyatorlar batareyalari
uchun ikki xil - nominal va starter sig‟imlar ko‟zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: