29
marta og‟ir, qimmatga (akkumulyator tarkibiga kiruvchi nikel qimmatbaho
metalldir) tushadi.
Ishqorli temir-nikelli akkumulyator quydagicha tuzilgan. Po‟lat bak bir-
biridan ajratilgan ikki guruppa plastinalar joylashgan. Elektrolit sifatida ishqorning
suvdagi eritmasi ishlatiladi. Musbat va manfiy plastinalar tuzilishiga ko‟ra bir-biriga
o‟xshash. Har bir plastina devorlarida mayda teshikli yassi metal trubalardan
(lamellardan) iborat. Trubalarning ichi aktiv modda bilan to‟ldirilgan. Trubalar
qalinligi 0,1
mm
bo‟lgan po‟lat tasmadan tayyorlangan. Musbat plastinalar uchun
nikelь bilan qoplangan po‟lat tasma ishlatiladi. Tasmadagi 0,25 x 0,35
mm
o‟lchamli
teshiklar barcha yuzaning 14% ni tashkil qiladi.
Musbat plastinalarning aktiv massasi 25% grafit, 75% nikel oksidi
gidrantidan iborat.
Manfiy plastinalarning aktiv massasi temir ikki oksidi bilan oz miqdorda
marganets aralashmali temir kukunidan iborat. Manfiy plastina trubalar uchun
iglatilgan po‟lat tasma nikel bilan qoplanmaydi, undagi teshiklar barcha yuzaning
17% ni tashkil qiladi.
Musbat va manfiy plastinalarning trubalari presslanadi va shundan keyin tekis
paket ko‟rinishini oladi. Ular po‟lat karkaslarga presslanadi va nuqtaviy
(tochechniy)
payvandlanadi. Musbat plastinalarining karkaslari nikel bilan
qoplangan bo‟ladi.
Bir xil qutubdagi plastinalar baretkaga payvandlab yarim bloklarga yig‟iladi;
baretkalarning chiqib turgan shtirlari bo‟ladi.
Yarim blokka yig‟ilgan plastinalarning soni qutibligiga va akkumularorning
sig‟imiga bog‟liq. Masalan, 70A.s sig‟imli akkumulatorlar uchun blokda 12 ta
musbat, 13 ta manfiy plastinalar bo‟ladi.
Turli qutubdagi plastinalar o‟zaro tegib qolmasligi uchun plastinalar orasiga
diametri 2
mm
li ebonit sterjinlar qo‟yiladi. Plastinalar vertikal qovurg‟alariga
viniplas g‟loflar kiydiriladi, ular plastinalarni o‟zaro tegib qolishidan saqlaydi
(plastinalar orasidagi masofa 1,5
mm
). SHunday qilib, ebonit sterjinlar va viniplast
g‟iloflar separatorlar (ajratgichlar) vazifasini o‟taydi.
Bak ham, uning qopqog‟i ham nikel bilan qoplangan po‟latdan yasalgan.
Yig‟ilgan plastinalar bloki chiqib turgan shtirlardagi gayka bilan bakning
qopqog‟iga mahkamlanadi. Sterjanlarni izolyatsiyalash uchun ebonit vtulkalar
zichlash uchun rezina qistirmalar qo‟llanadi.
Manfiy plastinalar bakka tegib qolmaligi uchun bak bilan plastinalar bloki
orasiga viniplastdan qistirma qo‟yiladi. Bloklar bakka o‟rnatilgandan keyin po‟lat
taglik bak devorlariga payvandlanadi. Plastinalar bloki bakda ochilgan holda turadi.
Yarim akkumulyatorlar sektsiyaga uchtalab yig‟iladi. Akkumulyatorlar
osilgan holda bak devorlari orasida havo bo‟shlig‟i qoldirib konteynerga tsapfalar
yordamida mahkamlanadi. Bunday tadbir akkumulyatorlarning baklari o‟rtasida
elektr kontakt bo‟lishiga yo‟l qo‟ymaydi; chunki ular orasida potentsiallar farqi bor.
Akkumulyatorlar batareyasi uchta sektsiyadan yig‟ilgan bitta sektsiyaga
ketma-ket ulangan uchta akkumulyatorning nominal kuchlanishi 4v ga, uchta
ketma-
ket ulangan sektsiyaniki esa 12V ga teng.
Elektrolit sifatida o‟yuvchi kaliyning suvdagi eritmasiga oz o‟yuvchi litiy
qo‟shib ishlatiladi; ayniqsa yozda akkumulyatorni zaryadlash va zaryadsizlanish
30
vaqtida undagi ishqorning qiymati o‟zgarmaydi, binobarin elektrolit zichligi ham
o‟zgarmaydi, shuning uchun zaryadi g‟olatini areometr bilan aniqlab bshlmaydi.
Temir-nikelli akkumulyatorlar ishlaganda plastina trubalaridagi aktiv
moddalarning tarkibi o‟zgaradi. Zaryadlash vaqtida musbat plastinalarning aktiv
massasi nikel (II) gidroksiddan nikel (II, III) – oksidiga, manfiy plastinalarning aktiv
massasi esa temir (II) – gidroksid toza temirga aylanadi.
Zaryadsizlanish vaqtida musbat plastinalarda nikel (II) – gidroksidi,
manfiylarida (II) – gidroksid hosil bo‟ladi.
Ishqorli akkumulyatorlarning e.yu.k. ning qiymati plastinalar aktiv
moddasining oksidlanish darajasiga bog‟liq; zaryadlangan holatda e.yu.k. 1,48V,
zaryadsizlanganda esa 1,35V bo‟ladi.
CHegaraviy
zaryadsizlanish
kuchlanishining
qiymati
temir-nikelli
akkumulyatorlar uchun 5 soatli zaryadsizlash tejimida va 25
0
temperaturada 1v ga
teng.
Temir-nikelli akkumulyatorlarning o‟rtacha ish kuchlanishi 1,33 – 1,35V ga
teng.
Temir-nikelli akkumulyatorlarning nominal sig‟imi 25
0
da va 5 soatli
zaryadsizlanish rejimida kuchlanish 1v gacha tushirib aniqlanadi.
Ishqorli akkumulyatorning xarakterli xususiyati elektrolitning elektrkimyoviy
jarayonlarda qatnashmasligidir (u faqat elektr zaryadlarni tashishga xizmat qiladi).
SHuning uchun ishlayotganda elektrolitning zichligi o‟zgarmaydi va bundan
akkumulyator holatini aniqlash mumkin emas. Ishqorli akkumulyator zaryad toki
ta‟sirida ishlayotganda musbat plastinalar nikelining gidrat oksidi nikel
gidrooksidiga, manfiy plastinalarning temir oksidi esa temir gidrooksidiga aylanadi.
Ayrim
avtomobillarga
o‟rnatiladigan
temir-nikelli
akkumulyatorlar
batareyasining 3x3 3SJN-70 markasi quyidagilarni: birinchi 3 raqami sektsiyalar
sonini (batareyada uchta sektsiya bor); ikkinchi 3 raqami har bir sektsiyada uchtadan
akkumulyator borligini; S harfi batareyaning startyor tipidagiligini: JN-temir nikelni;
70-A soatda o‟lchanadigan sig‟imni bildiradi.
Temir-nikelli akkumulyator batareyasini elektrolitini tayyorlash quydagicha:
elektrolit tayyorlash uchun ikkita kranli po‟lat bakdan foydalaniladi. Bitta kran
bakning tubida joylashgan bo‟lib, undan ishqorni eritganda ajraladigan cho‟kindilar
tokiladi. Ikkinchi kran bak tagidan yuqoriroqda joylashgan bo‟lib undan tindirilgan
elektrolitning yuzi qismi quyib olinadi. Kranlar ham pshlatdan tayyorlanadi.
Keramik yoki mis, rux yoki qalay bilan oqartirilgan idishlardan, shuningdek
avval kislotali elektrolit bilan ishlagandan foydalanilgan idishlar va areometrlardan
foydalanish mumkin emas.
Ishqorli elektrolit quydagicha tayyorlanadi. Bakka distillangan suv quyiladi va
unga maydalangan o‟yuvchi kaliy bo‟laklari solinadi. O‟yuvchi kaliy bo‟laklari asta-
sekin solinadi va po‟lat xivich bilan tinmay aralashtirib turiladi. Ishqor eriganda
issiqlik ajralib chiqadi. Eritmani sovitish va tindirish uchun u bakda 15-20 soat
qoldiriladi. Keyin eritmaning yuzidagi quyqa qismi tshkib tashlanada va suv quyib
elektrolitning zichligi kerakli darajaga yetkaziladi.
1,23
Do'stlaringiz bilan baham: