Namangan muhandislik-qurilish



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
12 
KIRISH 
 
Avtomobil  sanoatining  rivojlanishi  bugungi  kunda  eng  zamonaviy 
avtomobillarni  ishlab  chiqishdan  iborat  bo‟lib  bormoqda.  Mamlakatimizni 
iqtisodiyotini  rivojlantirishda  chet  el  investitsiyasining  kirib  kelishi  sababli  ko‟plab 
avtomobilsozlik  korxonalari  jahon  andozalari  talablariga  javob  bera  oladigan 
darajada tiklanmoqda, yiriklashmoqda va yangidan qurilmoqda. 
 

Har  bir  davlat  xizmatchisi  har  kuni  o’zining  mehnati  bilan  egallab  turgan 
lavozimiga  loyiqligini  isbotlash  shart
” degan  qoidani  ro‟yobga  chiqarishga alohida 
e‟tibor qaratildi.   
 
Harakatdagi  tarkibni  zamonaviy,  qulay  yengil  avtomobillar,  avtobuslar, 
mikroavtobuslar,  yuk  avtomobillari  bilan  yangilash,  yo‟nalishlarni  oqilona  tashkil 
etish  va  kengaytirish,  tashishlar  xavfsizligi  choralarini  kuchaytirish  hisobiga 
aholining 
avtomobil 
tashishlariga 
ehtiyojini 
imkon 
qadar 
to‟laqonli 
ta‟minlash avtomobil transportini rivojlantirishning asosiy yo‟nalishidir. 
Ushbu  faktorlarni  hisobga  olgan  holda quyidagi  chora-tadbirlar  amalga 
oshirildi: 
birinchidan,  sohada  kichik  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  qonunchilik 
darajasida qulay shart-sharoitlar yaratildi; 
ikkinchidan,  yo‟lovchilar  avtovokzallari  va  avtostantsiyalarini  qurish  hamda 
rekonstruktsiya  qilish,  yangi  yo‟lovchi yo‟nalishlarini  ochish,  avtomobil  transporti 
harakatdagi tarkibini yangilash bo‟yicha zarur choralar ko‟rilmoqda; 
uchinchidan, 
tashishlar 
yo‟nalishlarini 
tender 
orqali 
joylashtirish 
mexanizmlarini joriy etish yo‟li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor 
munosabatlari  va  raqobat  muhitini  rivojlantirish  uchun  qulay  shart-sharoitlar 
yaratilmoqda; 
to‟rtinchidan,  avtomobil  tashishlarini  boshqarish  tizimiga  tadbirkorlar 
tomonidan  tegishli  davlat  xizmatlarini  olishda  ruxsat  berish  va  litsenziya 
jarayonlarini  maksimal  darajada  soddalashtirish,  talab  etilayotgan  hujjatlar  soni, 
ularni  taqdim  etish  muddatlarini  qisqartirishni  nazarda  tutuvchi  yagona  axborot-
integrallashuv tizimi joriy etilgan. 
Er  usti  transport  tizimlari  va  ularning  ekspluatatsiyasi  –  ta‟lim  yo‟nalishi 
bo‟yicha bitirgan texnik bakalavrlar transport vositalarini elektr jihozlari va elektron 
tizimlarini  tuzilishi,  ishlash  printsipi,  ularni  turlari,  transport  vositasigi  to‟g‟ri 
tanlash,  hamda  ulardan  oqilona  foydalanishning  zamonaviy  ilmiy  usullarini  qo‟llay 
bilishlari, transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlarining istiqbolli 
konstruktsiyalari  va  ularni  transport  vositalariga  tadbiq  eta  olish,  institutda  olgan 
nazariy va amaliy bilim, ko‟nikmalari asosida yaratilishiga imkon beradi.   
Zamonaviy  transport  vositalarida  elektr  energiyasi  turli  maqsadlarda 
ishlatiladi:  ichki  yonuv  dvigatellarini  yurgizib  yuborish,  ichki  yonuv  dvigatellarida 
ishchi aralashmani o‟t oldirish, transport vositasi xarakatlanadiga yo‟llarni yoritish, 
transport  vositasi  sirtqi  o‟lchamini  ko‟rsatish,  kapot  ostidagi  dvigatelni  kechqurin 
yoritish,  yorug‟lik  va  tovush  signali  berish,  ayrim  agregatlar  va  har  xil  vazifani 
o‟tovchi  elektr  yuritmalar  ishni  tekshirish,  yonilg‟i  bakdagi  yonilg‟i  sathi, 
dvigateldagi suyuqlik harorati, moy bosimi, avtomobil oldi ko‟rsatkichlarini (panel) 
ishlashi,  dvigatelni  elektron  boshqarish,  transmissiya  agregatlarini  elektron 


 
13 
boshqarish,  tashqi  havo  harorati  past  bshlganda  dvigatelni  yurgizib  yuborishdan 
oldin qizdirish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. 
Yuqorida aytilgan avtomobillar elektr jihozlari tizimlaridagi elektr energiyasi 
iste‟molchilari  o‟zgaruvchan  tok  generatori  hamda  12  yoki  24V  kuchlanishli 
akkumulyatorlar batareyasidan elektr energiyasini oladi. 
Transport  vositalarida  elektr  energiyasi  manbaining  “+”  klemmasi  bilan 
ulangan  bort  tarmag‟i  bo‟ladi.  “-”  klemma  transport  vositasining  metal  qismlari: 
shassi, kuzov, rama va hokozolari tarmoqning ikkinchi simi vazifasini o‟taydi, ular 
elektr  energiyasi  ist‟molchilari  va  manbalari  ulanadi.  Hozirgi  zamon 
avtomobillarining  elektr  jihozlaridagi  ko‟pgina  agregat  va  asboblar  har  bir 
avtomobilning  tipovoy  sxemasi  uchun  umumiy  bo‟lib,  sxema  elementlarida 
ba‟zilarigina ushbu avtomobilga xos bo‟lgan jihoz hisoblanadi. 
Turli  avtomobillardagi  asbob  va  agregatlarning  vazifasi  bir  xil  bo‟lishiga 
qaramay, ish sharoiti turlicha bo‟lgani uchun ular quvvati, aylanishlar soni, yorug‟lik 
kuchi va konstruktsiyasi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan generatorning quvvati 
elektr  energiyasi  ist‟mol  qiluvchilar  soni va ularning  quvvatiga  yoki starter quvvati 
va  akkumulyatorlar  batareyasining  sig‟imi  dvigatel  turi  (karbyuratorli,  elektron  va 
dizel) tsilindrlar soniga hamda litirajiga bog‟liq.   
Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi 1-rasimda keltirilgan. 
 
1- rasm. Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi 
1 - startyor; 2 - AB; 3 - ampermetr; 4 - generator; 5 - rele-rostlagich; 6 - o‟t 
oldirish shamlari; 7 - taqsimlagich; 8 - uzgich; 9 - o‟t oldtrish g‟altagi; 10 - nazorat 
o‟lchov asboblari; 11 - bosh yoritish faralari; 12 - faralarni almashlab ulagich; 13 - 
yoritish  tizimining  markaziy  almashlab  ulagich;  14  -  yoritish  va  darak  berish 
asboblari. 
Energiyani  faqat  akkumulyator  batareyasidan  oluvchi  startyor  ancha  kuchli 
elektr energiya iste‟molchisi hisoblanadi. 
Hozirgi zamon avtomobillarda elektr energiyadan qanday foydalanilishi bilan 
tanishib  chiqamiz.  Avtomobilga  quyidagi  elektr  energiya  manbalari  o‟rnatilgan: 
generator  va  bitta  akkumulyatorlar  batareyasi.  Generator  o‟zgaruvchan  tok  hosil 
qiladi,  unga  o‟zgaruvchan  tokni  12V  nominal  kuchlanishli  o‟zgarmas  tokka 
aylantirib beruvchi kremniyli to‟g‟rilagich o‟rnatiladi. 
Generatorning  quvvati  400W  bo‟lib,  u  kontaktsiz-tranzistorli  rele-rostlagich 
bilan  ishlaydi.  CHiqish  qismalarida  12V  umumiy  kuchlanish  hosil  qilish  uchun 


 
14 
ikkita  akkumulyator  batareyasi  ketma-ket  ulangan  va  massaning  umumiy 
uchirgichga ega.  
Elektr  energiyani  yorug‟lik  energiyasiga  aylantirib  beruvchi  iste‟molchilar 
gruppasiga  old  faralar,  ketingi  faralar,  kabina  plafoni,  shtepsel  rozetkali  ko‟chma 
fonar, asboblar shchitchasini yorituvchi uchta lampa kiradi. Ularga yorug‟lik signal 
asboblari  ham:  old  fonarlarining  gabarit  yorug‟lik  lampasi  va  ketingi  fonarlarning 
gabarit yorug‟lik lampasi, old va ketingi burilishni ko‟rsatish chiroqlariga mos signal 
lampalar  va  ketingi  fonarlar  to‟xtatish-signal  lampasi,  nomer  belgisini  yoritish 
fonari, massa uchirgichning qizil rangdagi nazorat lampasi K va burilishni ko‟rsatish 
chirog‟ini ulash yashil nazorat lampasi kiradi. 
Elektr  energiyani  tovush  energiyasiga  aylantiruvchi  asboblarga  tovush  signali  
kiradi.  Elektr  energiyani  mexanikaviy  energiyaga  aylantirib beruvchi  iste‟molchilar 
gruppasiga  elektr  startyor,  kabina  ventilyatorining  elektr  dvigateli  va  oyna 
tozalagichning elektr dvigateli kiradi. 
Elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantiruvchi iste‟molchilar gruppasiga 
ishga tushirish isitgichning chog‟lanish svechasi, ishga tushirish isitgichning nazorat 
elementi, moy temperaturasini o‟lchaydigan elektr termometr  kiradi. 
Elektr  energiyani  magnitaviy  energiyaga  aylantirib  beruvchi  asboblarga 
kontakt-tranzistorli  rele-rostlagich  va  ishga  tushirish  relesiga  ega  bo‟lgan  startyorni 
blokirovkalash relesi kiradi. 
Asboblarning bir qismi qo‟shimcha rol uynashini takidlab o‟tish kerak, chunki 
ular  elektr  energiya  iste‟molchilari  emas.  Bu  asboblar  quyidagi  kommutatsiya 
apparatlarini tashkil etadi: gabarit faralarining o‟chirgichi, ketingi faralar o‟chirgichi, 
old  faralarning  uzoqni  yoki  yaqinni  yoritish  qayta  ulagichi,  akkumulyatorlar 
batareyasi  massasining  o‟chirgichi,  to‟xtash  signal  o‟chirgichi,  tovush  signali 
o‟chirgichi,  burilishni  ko‟rsatish  chirog‟ining  qayta  ulagich,  startyor  o‟chirgichi, 
shtepselь  rozetkalari  pritseplari  mashinalardagi  ko‟chma  lampa  yoki  asboblarni 
ulashga xizmat qiladi. 
Bundan  tashqari,  himoya  asboblari  elektr  jihozlarini  qisqa  tutashishdan 
saqlaydigan saqlagichlar bor. 
Avtotransport  korxonalari  va  kichik  korxonalarning  texnik  tayyorgarligini 
oshirish  uchun  transport  vositalarining  elektr  jihozlari  va  elektron  tizimlarining 
tuzilishini  yaxshi  bilish  hamda  ularni  ishlatishning  texnik  qoidalariga  rioya  qilish 
kerak.  Bu  o‟quv  qo‟llanmada  transport  vositalarining  elektr  jihozlari  va  elektron 
tizimlarining  tuzilishi,  ishlash  printsipi  va  turlarini  o‟rganishga  hamda  ularni 
ishlatish masalalariga bag‟ishlangan.   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
15 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish