49
bunday intilishga ega bo’lmaganlar siz haqingizda qanday fikrda bo’lishi siz uchun
muhimmi? Muhimlikdan voz kechish – qo’rquvdan ozod bo’lish demakdir.
Hech kimga kerak bo’lmasam-chi?
Ijtimoiy qo’rquvlarning yana bir qiziq ko’rinishi – yolg’izlikdan qo’rqishdir. Men
bunda xonada yoki uyda yolg’iz qolish fobiyasini nazarda tutmayapman. Yolg’izlikdan
qo’rqish – hayotda o’z hamrohini topa bilmaslikdan yoki atrofdagi odamlar e’tiboridan
mahrum bo’lishdan qo’rqishdir.
Bu qo’rquv zamirida odamning muloqot va jamiyat a’zosi bo’lish ehtiyoji yotadi.
Odamzodga nimagadir, u har doim kimgadir kerakligini bilish juda zarur. Bunday
tobelikka hammamiz moyilmiz – buni hech kim rad eta olmaydi. Aslida, bu biz
o’ylagandan kuchliroq tobelik – zamonaviy aloqa vositalari buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga a’zo bo’lgan, bir kunda bir mahal u yerga kirib turmasa,
o’zini yomon his qiladigan odamlar qanchaligiga e’tibor bering. Bularning hammasiga
yolg’izlikdan qo’rqish majbur qiladi.
O’z-o’zicha bu qo’rquv hech bir zarar keltirmaydi – u, bir jihatdan, tabiiy qo’rquvga
asoslangan. Yakka odam o’zini xavf ostida sezadi – shuning uchun biz har doim guruh
ichida bo’lishga intilamiz. Ammo agar bu qo’rquvga erk berilsa, odam o’z erkinligidan
va ko’ngil xotirjamligidan mahrum bo’lishi mumkin.
Bu qo’rquvning bir alohida zarari bor – unga balog’at yoshidan o’tgan va hali
turmush qurmagan qizlar juda moyil. Ishonchli va munosib umr yo’ldoshini topish ilinji
qizlarda yolg’izlikdan qattiq qo’rqishga sabab bo’ladi. Bunda shoshilinch va o’ylamasdan
qilingan tanlovlar oxir-oqibat qizning hayotini azobga aylantirishi mumkin.
Esingizda bo’lsa, sizga bir odamning baxti boshqasiga bog’liq qilib yaratilmasligini
aytgandim. Shunday ekan, siz kutgan odamni topish va u bilan birga bo’lishga intilishda
o’z qo’rquvlaringiz sizni ko’r va kar qilib qo’yishiga yo’l qo’ymang. Ish vaqtidan
o’tgandan keyin “ko’zim qayoqda edi” kabi nadomatlar yordam bermaydi. Bu dunyoda
siz va faqat sizga atalgan baxt bor – uni hech kim tortib ololmaydi. Siz uning uchun
kurashishingiz shart emas – uni yo’qotib qo’yishdan yoki unga yetolmay qolishdan
qo’rqmang.
Yolg’izlikdan qo’rqishning bir ajoyib asorati bor – bu o’z-o’zidan qo’rqish holati.
Odam o’z hayoti uchun qaror qabul qilish o’ziga qolib ketishidan qo’rqadi. Bunga sabab
u o’ziga o’ta ishonmasligida va o’zini o’z hayotini boshqarishga loyiq sezmaganida.
Anglab turganingizdek, bunday qo’rquvga aybdorlik tuyg’usiga chalingan odamlar
moyil.
Odam tabiatining xavfsizlikka intilishi yana bir ijtimoiy qo’rquvni keltirib
chiqargan – bu o’zgarishlardan qo’rqishdir. Eski va sinalgan hayot tarzi, tushuncha va
qadriyatlar juda ishonchli – yangi narsalar esa hali o’rganilmagan, noma’lum. Esingizda
bo’lsa, har qanday qo’rquv ortida noma’lumlik turardi. Biz yangicha narsalarni har doim
shubha va ehtiyotkorlik bilan qarshi olamiz – bunga bizni o’zgarishdan qo’rqish majbur
qiladi.
O’zgarishlardan qo’rqish har zamonda jamiyatning moddiy rivojlanishi va
ma’naviy o’sishiga to’sqinlik qilgan narsa. Bugungi kunda biz ilmiy haqiqat deb
Do'stlaringiz bilan baham: |