hayotda omad
yoki omadsizlik degan narsa yo’q
ekan. Ularni odamlar o’ylab topgan – agar hayot biz
aytgan reja bo’yicha borsa, buni omad, agar shu rejadan og’ib ketsa – buni omadsizlik
deb ataymiz. Xo’sh, o’sha rejalarni kim tuzadi? Albatta, bizning aqlimiz. Aql hayotiy
vaziyatlarni o’z intilishlariga mos kelish-kelmasligiga qarab, omad-omadsizlikka
ajratadi.
Ammo aqlning bu ishi juda kulgili. Chunki u omadsizlik deb atagan narsa natijada
bizga katta foyda keltirishi va aksincha, u omad deb baholagan voqea juda salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunga hayotda juda ko’p misollar mavjud – o’zingiz
ham bunday vaziyatga duch kelgansiz.
Ishingizning natijasi qanday bo’lishi
sizning ahdingizga
bog’liq. Agar ish boshidan
o’zingizga to’liq ishonib, o’z imkoniyatlaringizni shubha tarozisida o’lchamasangiz –
hammasi siz aytgandek bo’ladi. Bordi-yu, ishga qo’l urmay turib, uning natijasidan
qo’rqsangiz – bundan sizning ahdingiz bulg’anadi va ish chappasiga ketishi katta
ehtimolga aylanib qoladi.
Undan keyin, xato qilmaslik uchun – hech narsa qilmaslik kerak. Xato qilish esa –
insonga xos. Shaxsiy muhimlik tuyg’uyingiz “sening xato qilishga haqqing yo’q”
deganiga quloq solmang. Axir, xatolarning ham o’z foydasi bor – ular o’zlarini o’zlari
to’g’rilash xususiyatiga ega. Buni quyidagi misolda izohlab beraman.
Ko’pchilik til o’rganuvchilar xato qilishdan qo’rqib gapirmaydilar. Bundan
ularning og’zaki nutq qobiliyatlari sust rivojlanadi. So’zni xato talaffuz qilib qo’yib,
ko’pchilik ichida izza bo’lish kimga ham yoqardi. Ammo agar siz gapirmasangiz, aynan
shu so’zni noto’g’ri talaffuz etishingizni bilmaysiz. Og’zaki gapirish sizga aynan o’z
talaffuz xatolaringizni ochib beradigan jarayon.
Bir so’z bilan aytganda, xatoni tuzatish uchun, avval shu xatoni qilish kerak –
xatodan qo’rqish esa bunda sizni juda cheklab qo’yadi.
Yana bir gap. Biror ishni boshlashdan avval esingizda bo’lsin – ishning natijasi
muhim emas. Siz uchun ishni bajarish jarayoni ko’proq ahamiyatga ega. Chunki bu
jarayon sizning shaxsiy o’sishingizga xizmat qiladi. Siz bir cho’qqini zabt etishga
kirishdingizmi – bunda hech narsadan qo’rqmang. Bu tadbirni amalga oshirishda o’z
qo’rquvingizga so’z bermay, ko’zlagan maqsadingizga erishsangiz – siz kuchli shaxsiyat
zinasida bir pog’ona yuqori ko’tarilasiz. Keyingi gal bu kabi ish siz uchun muammo
bo’lmaydi va siz undan ortiq hadiksiramaysiz.
Tanqiddan qo’rqishning har qanday ko’rinishi shaxsiy muhimlik tuyg’usi asosida
yuzaga keladi. Biz o’z muhimligimizga zarar yetishidan qo’rqamiz, aslida. Ammo
odamning o’z-o’ziga hurmati tashqi ta’sirlarga bog’liq bo’lmasligi lozim. Unutmang!
Juda ko’p odamlar shaxsiy muhimlik tuyg’usiga tobe yashaydilar. Shuning uchun ular
tanqiddan qo’rqishga o’ta moyil. Siz kuchli shaxs egasi bo’lishga intilyapsiz – xo’sh,
Do'stlaringiz bilan baham: |