50
biladigan narsalar bir zamonlar odamlar orasida tan olinguncha asrlar o’tib ketgan. Yer
Quyoshning atrofida aylanuvchi sayyora ekanini tan olguncha odamlarga bir yarim ming
yil kerak bo’lgan – vaholanki, shunday bo’lishi mumkinligi miloddan avval aytilgan.
Kapernik buni isbotlab bergandan so’nggina jamiyatning buni tan olishdan boshqa
chorasi qolmagan. Endi tasavvur qiling, bu haqiqat o’sha miloddan avvalgi
zamonlardayoq qabul qilinganida hozirgacha uning asosida qancha kashfiyotlarga
ulgurilgan bo’lardi.
Ijtimoiy qo’rquvlarning yana juda ko’plab turlari mavjud. Ularning har biri o’ziga
xos tobelikni keltirib chiqaradi. Misol uchun, qashshoqlikdan qo’rqish pulga va o’z ish
joyiga (yoki ish beruvchisiga) tobelik holatiga olib kelishi mumkin.
O’zingizda qanday qo’rquvlar borligini va ular qanday tobeliklar keltirib
chiqarishini tahlil qilishni o’z ixtiyoringizga qoldiraman. Ishonchim komil – o’zingizdagi
barcha qo’rquvlar manbaini aniqlab, shaxsiyatingizni ulardan tozalab tashlashga shaxsiy
kuchingiz yetadi.
Men sizga, yaxshisi, tabiiy qo’rquvni bir oz jilovlash usullari haqida aytib beray.
Faqat, avval siz kitobdan bir soatga chalg’ib, dam olib qayting. Bizni oldinda yana-da
qiziqarli suhbatlar kutmoqda.
Dunyo panohida
Hikmat izlaganga – hikmatdir dunyo
G’urbat izlaganga – g’urbatdir dunyo
Kimki ne izlasa topgay begumon
Illat izlaganga – Illatdir dunyo
(Abdulla Oripov)
Siz atrofingizdagi dunyoga ishonasizmi? Juda g’alati savol – shunday emasmi?
Ammo o’ylab ko’ring – sizni o’rab turgan dunyoga qanchalik ishonasiz? Erta tong ishga
ketayotganda ob-havo kechga borib o’zgarib qolishi haqida qayg’urganmisiz? Yoki o’z
transport vositangizni ochiq joyda ishonib qoldirganmisiz?
Biz juda ko’p holatlarda dunyoga ishonmaymiz. Aslida, atrof dunyo bizning
ahdlarimizni bajarish bilan band – u aynan har bir odamning hech kimnikiga
o’xshamagan istaklarini qondirish uchun ham shu darajada rang-barang qilib yaratilgan.
U biz va bizga qadrli bo’lgan narsalarni doim avaylaydi. Ammo biz qo’rquvlarimizga
ergashib uning bu posbonligiga xiyonat qilib qo’yamiz.
Xalqda “Tashlanganga tosh tegmas” degan gap bor. Ya’ni eng sergak posbon
bo’lgan dunyoning panohiga topshirib qo’yilgan narsa hech qachon zarar ko’rmaydi.
Hech e’tibor berganmisiz – kim nimadan qo’rqsa, uning hayotida shu narsa sezilarli
ko’p uchraydi. Kasallikdan qo’rqadigan odam doim xasta yuradi. U o’z qo’rquviga
qancha qattiq tobe bo’lsa, uning xastalanish ehtimoli shuncha yuqori. U dorixonaga
kunlab qatnamasin yoki hatto shaxsiy shifokor yollamasin – bari bir foyda kam bo’ladi.
Biror narsasini yo’qotishdan qo’rqqan odamning shu narsasidan mahrum bo’lib
qolishi juda oson bo’ladi. O’zbek “Tilab topgan bolamni yilqi tepib o’ldirdi” deb bekorga
aytmagan. Bir narsani yo’qotishdan juda qattiq qo’rqish darajasiga yetib borsangiz –
undan mahrum bo’lishingiz tayin. Axir, “Asragan ko’zga cho’p tushar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |