va ishdan bo'shatildi. T.To'la va M. Shayhzodalarning she'r va qo'shiqlari "g'oyasiz va axloqsiz" asarlar,
deb baholandi.
O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy qadriyallari yana bir bor oyoqosti qilindi, bu sohada
faoliyat yuritgan ijodkorlar qatag'on qilindi. Tarixiy o'tmish ham, zamonaviy hayot ham kommunistik
mafkura, sinfiylik nuqtayi nazardan turib qo'pol ravishda buzib baholandi. Natijada ma'naviy hayotga,
falsafiy va badiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetdi.
^talin vafotidan keyin butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham shaxsga sig'inish oqibatlarini
tugatish tadbirlari ko'rildi. Qatag'on qilinganlar ishini qaytadan ko'rib chiqishga kirishildi. Ko'pgina jinoiy
ishlar to'qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qamalib, ozodlikdan mahrum etilgani aniqlandi va ular
oqlandi. A.Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat va boshqa ko'plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Minglab partiya,
sovet, komsomol xodimlari nomlari poklandi. 50— yillarning boshlarida shubha ostiga olingan,
har bir
qadami nazorat qilinayotgan 60 nafardan ziyod yirik olimlar, adiblardan «millatchi, sovetlarning
dushmani» degan yorliqlar olib tashlandi, tuhmatlardan halos bo'ldi.,
Biroq, afsuski, jamiyat ma'naviy hayotida voqe bo'lgan bu bir qadar iliqlik muhiti uncha uzoq
davom etmadi. Odamlar xohish-erkini bo'g'ib, inon-ixtiyorini o'ziga bo'ysundirib, hamma narsani
hukmron tuzum manfaatlariga xizmat qildirib kelgan kommunistik mafkura va uning maddohlari ko'p
o'tmay o'z zulmkorligini qaytadan kuchaytirishga kirishdi. Uning tig'i awalo ijodkorlarga nisbatan
qo'llanila boshlandi. Burring natijasida respublika ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan
taniqli allomalar, iste'dodli ijodkorlar ko'proq aziyat chekkanligi, taqdirning kutilmagan zarbalariga
uchraganligi ayni haqiqatdir. Aflidan, totaiitar tuzum mutasaddilari atoqli ziyoli arboblarni
vaqti-vaqti
bilan tavbasiga tayantirish, o'zlariga tiz cho'kdirishga majburlash yo'Ii bilan qoilari uzunligini hammaga
namoyish etib qo'ymoqchi bo'lgan bo'lsalar ajab emas. Burring uchun esa ular hech narsadan hazar
qilmaganlar. Jumladan, geologiya-mineralogiya fanida nomi jahonga mashhur, respublikamiz hududida
qanchalab neft-gaz, qiramatbaho ma'dan konlarini, ularning zaxiralarini kashf etgan, ko'p jildli asarlari
AQSHdek mamlakatlarda nashr etilgan akademik Habib Abdullayev g'addor tuzum qahriga,
quruq
tuhmatlar kasriga uchrab, boshidan ne azoblarni kechirmadi. Allomaning sovet totaiitar tizim hukmdorlari
oldida qilgan yagona «gunohi» bu uning yurtparvarligi, elsevarligi, milliy ziyoli kadrlar tayyorlashga jonu
dili bilan harakat qilganligidir, xolos. Ayniqsa, u respublika Fanlar Akademiyasi prezidenli bo'lib
ishlagan yillarda iste'dodli mahalliyyoshlarorasidan ko'plab kishilarni ilm-fan dargohlariga, aspirantura va
doktoranturalarga o'qishga yuborib, ularning kelajakda yetuk olimlarbo'lib yetishishlari uchun rahnamolik
ko'rsatgan. Shuningdek, alloma o'zbek xalqining boy milliy ma'naviy merosini o'rganish
va tiklash
ishlariga ham muttasil bosh-qosh bo'lgan. Jumladan, A.Navoiy asarlarining 15 jildligi, Beruniy, Ibn Sino
asarlarining arab tilidan o'zbek tiliga o'girilib nashr etilishi singari xayrli ishlarda ham H.Abdullayev
xizmati oz bo'lmagan. Shubhasiz, o'z yurti, uning sog'lom avlodi tashvishi bilan yashagan, shu asnoda
faoliyat olib borgan H.Abdullayev partiya va davlat arboblariga yoqmagan. Shu bois, uni
obro'sizlantirish, faoliyatiga qora chiziqlar tortish uchun har xil ig'vo-fasod yo'llari ishga solingan. Buyuk
iste'dod sohibiga qilingan bunday nohaq xuruj va ta'qiblar uning ijodi ayni barq urib turgan paytida
hayotdan bevaqt ko'z yumib ketishigaboisbo'ldi.
Yana bir zabardast olim, akademik Ibrahim Mo'minov tarixiy haqiqatni ochishga qo'l urib, ulug'
bobokalonimiz Amir Temur shaxsi va uning qilgan betimsol ulkan ishlari haqida to'g'ri, xolis fikrlar
bildirib risola yaratganligi uchun hukmron tuzum zulmiga uchradi. Moskvaning nufuzli nashrlari
sahifalarida olimga qarshiig'voyu bo'htonlardan iborat materiallar bosildi, nomi yomon otliq qilindi.
Nachora, tarixiy haqiqatni ayta olishga o'zida iroda, jasorat topa bilgan alloma shunday og'ir ko'yga
mubtalo bo'ldi. Uning pokiza yuragi ham oxirigacha bardosh bera olmadi.
O'zbek arxeologiya fanining chinakam fidoyisi, akademik Yahyo G'ulomovning ham o'lkamiz
tarixini ilmiy, xolis va haqqoniy o'rganish, milliy tariximiz to'g'risidagi haqiqatni yuzaga chiqarish
borasidagi ko'p qirrali faoliyati va barcha ilmiy izlanishlari ham yuqori sovet mahkamalarbyu, ularning
konservativ fikrlovchi to'ra rahbar-larining ne-ne qarshiliklari va to'siqlariga duch kelmagan. Gap
shundaki, hukmron tuzum sha'niga biroz bo'lsin no o'rin ishora yohud harakat yuz berguday bo'lsa, o'sha
zahoti uning ko'p sonli maddohlari nishonni bexato ola bilar edilar.
Bu davrda o'zbek
adiblari, shoirlari ijodi ham doimiy suratda sovet mafkurasining diqqat-e'tiborida
bo'lgan. Shu bois, ularning har bir asari rasmiy senzuraning qat'iy nazoratiga olinar, yuz chig'iriqdan o'tib,
nashrga tavsiya etilardi. Bordiyu haqiqat g'oyasi bilan sug'orilgan ba'zi asarlar bosilib chiqquda
y bo'lsa, и
holda ularning muallfflariyu muharrirlari boshi bilan javob berardilar. Masalan, 60— yillarda taniqli shoir
Erkin Vohidovning birgina "O'zbegim" she'ri muallifga qanchalik tashvish keltirganligi bunga misol bo'la
oladi. Yoki atoqli adib Pirimqu! Qodirovning milliy tariximizning nomdor vakili, otashnafas shoir va
adib, davlat arbobi, mohirsarkardaZ.M.Bobur hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi "Yulduzli tunlar"
romani ham feodal o'tmish namo-yandasi timsolini aks ettiruvchi asar sifatida keskin qoralandi.
Vaholanki, bu buyuk tarixiy siymo to'g'risida ko'plab xorijiy mamlakatlarda son-sanoqsiz tarixiy va
badiiy asarlar bitilganl edi.
Shunday qilib, mustabid sovet tuzumi o'zining 70— yildan ziyodroq davom etgan hukmronligi
davrida o'ziga qaram va tobe bo'lgan milliy hududlarda,
jumladan, O'zbekistonda o'z bedodligi va
qabohatini qanday yo'l bilan bo'Imasin, amalga oshirishga erishdi.
Ayniqsa, bundan yurtimiz fuqarolarining sara qismi sanalgan ilg'or, taraqqiyparvar ziyolifar,
milliy kadrlar eng ko'p jafo chekdi, ming bir xil azobu uqubatlarga duchor etildi. Yurtimizning bunday
yurtparvar, vatanparvar sogiom kuchlari har qanday murakkab vaziyatlarda ham o'z fuqarolik
pozitsiyalarida sobit turib, sobiq tuzum zo'ravonlari zug'umi va xurujiga dosh berib, Vatan istiqboli
yo'lida mardonavor harakatda davom etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: