Ta'lim. Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan ko'chirilib
keltirilgan 31 oliy o'quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi. Ularning ba'zilari o'zaro yoki
O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan birlashdilar.
1945— yilda oliy o'quv yurtlari soni 1940— yilga nisbatan 3 taga ko'paydi. Ular 33 tani tashkil
etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2mingkishigaortdi. Urush yillarida hammasi bo'lib 10 mingdan
ko'proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassis tayyorlandi.
Xalq maorifi tizimida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ko'plab maktablarning binolari
gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o'quv yurtlariga berildi.
Maktablar birlashtirildi, ko'p smenali o'qish
joriy qilindi. Respublika maktablarida ishlayotgan o'qituvchilarning 74,6 foizini erkaklar tashkil etardi.
Ular frontga, ishiab chiqarish ishlariga safarbar etildi. Darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi.
O'zbekiston hukumati umumta'lim to'g'risidagi qonunni bajarish, yoshlarni o'qitish va tarbiyalash
ishlari bilan muntazam shug'ullandi. Qisqa muddatli o'qishlar tashkil etilib, boshlang'ich sinflar uchun
o'qituvchilar tayyorlandi.
Maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o'quvchilar bilimini baholashning besh
balli tartibi, boshlang'ich va yetti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o'rta
maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati-guvohnomasi uchun imtixonlar topshirish majburiyati,
maktab o'quv dasturlarini a'lo o'zlashtirgan va a'lo hulqli o'quvchilarni oltin va kumush medallar bilan
taqdirlash joriy etildi. Budars mashg'ulotlari saviyasini ko'tarishga, o'quvchilar intizomini yaxshilashga
olib keldi.
Ko'chirilib keltirilgan muassasalar o'z joylariga qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham
bo'shatila boshladi, boshqa ishga o'tgan o'qituvchilar, armiya safidagi o'qituvchilar maktabga qayta-rildi,
o'quvchilar o'z maktablari bag'riga qaytib, o'qishni davom ettirdilar. 1940-41-o'quv yilida 5504
umumta'lim maktablarida 1368,9 ming o'quvchi o'qigan bo'lsa, 1945-46-o"quv yilida 4976 umumta'lim
maktablarida 989,2 ming bola ta'lim oldi.
Adabiyot va san'at. O'zbekiston madaniyati va san'ati xodimlari o'zlarining qaynoq
ijodi bilan
xalqni mardonavor jang qilishga, fidokorona mehnatga ruhlantirib g'alabaga munosib hissa qo'shdilar.
O'zbekistonga vaqtincha ko'chirib keltirilgan rus, ukrain, belo-rus, moldavan va boshqa
milllatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar. O'zbekistonlik
ham-kasblari bilan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz» degan almanaxlar, «O'zbekiston shoirlari frontga»
degan antologiya ana shunday hamkorlik mevasi bo'ldi. Hamid Olimjon, Uyg'un, Sobir Abdulla, Nikolay
Pogodinlar birgalikda «O'zbekiston qilichi» musiqali dramasini yaratdilar.
Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va «Qutlug' qon» romanlari, Abdulla Qahhorning
«Oltin yulduz» qissasi jamoatchi-likning yuksak bahosiga sazovor bo'ldi.
She'riyatda ulkan yuksalish bo'ldi. Hamid Olimjonning «Qo'lingga qurol ol», «Sharqdan G'arbga
ketayotgan do'stga»,
emassan», «Men -
yahudiyman», «Men
seni kutaman, o'g'lim» va «Bizning
ko'chamizdahambayrambo'Iajak», Uyg'unning «Qasam», «Birqadam orqaga chekinilmasin» va
«Maktub», Maqsud Shayxzodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello» she'rlari fashizm
kirdikorlarini fosh etib, g'alaba qozonishga chuqur ishonchni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko'tardi.
Urush yillarida sahna san'ati rivojlandi. Toshkentda va Andijonda yangi teatrlar ochildi,
respublikamizda hammasi bo'lib 36 teatr ishlab turdi. Teatrlarda urush mavzusiga bag'ishlangan «Davron
ota», «Sherali», «O'zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug'bek» va «Mahmud Torobiy» operalari,
K.Yashinning «Bosqinchilarga o'lim», M.Shayxzodaning «Jaloliddin» pyesalari ko'rsatildi.
Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko'chib kelgan yirik kinomatograflar bilan
hamkorlikda «Ikkijangchi», «Nasridddin Bu-xoroda», «Vatanga sovg'a» nomli kinofilmlarni yaratdilar.
O'zbekiston san'ati xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini
ko'tarib turdilar. San'atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq brigadalar frontdagi jangovar harbiy qismlarning
askar va zobitlari uchun 400 dan ko'proq konsert berdilar. Respublika hududidajoylashgan harbiy
qismlarda 15 mingta, gospitallarda 10 mingta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar huzurida doimo
xizmatda bo'ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san'atkorlar - Halima Nosirova, Tamara Xonum,
Abror Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto'rayeva, Abbos Bakirov va boshqalar xalq
hurmatiga sazovor bo'ldilar.
Stalin va uning atrofidagi yugurdaklari tomonidan urush yillarida ham kichik xalqlar, etnik
guruhlarga nisbatan adolat-sizlik qilindi. Urushning dastlabki yillari-dayoq Volgabo'yi nemislari
Avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingdan
ortiq aholisi, «bosqinchilar ulardan yordam olishi
mumkin» degan gumon bilan yashab turgan joylaridan Sibir va Qozog'iston viloyatlariga ko'chirib
yuborildi.
1943— yil oxiri, 1944— yil boshlarida qalmoqlar, qorachaylar, chechenlar, ingushlar, bolgarlar,
1944— yil iyunda qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari yashab turgan joylaridan O'rta Osiyo
va Sibirga badarg'a qilindi. Uiar fashistlar bilan «hamkorlik» qilishda ayblanib, ommaviy qatag'on qilindi,
yashirin va shoshilinch ravish-da ko'chirildi. Ko'pchilik odamlar, bolalar yo'lda halok bo'ldilar.
O'zbekistonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157
ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim
tatarlari, 4500 bolgarlar, o'n minglab mesxeti turklari, greklar ko'chirilib keltirildi. O'zbek xalqi ularni
beg'araz kutib oldi, ta'na toshi otmadi, ularni joylashtirishga, oziq-ovqat bilan ta'minlashga ko'maklashdi.
O'zbek xalqi urush yillarida Vatanidan badarg'a qilingan xalqlarga moddiy va ma'naviy madad berdi.
Respublika mahalliy hokimiyati ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xo'jalik yuritish
uchun kredit mablag'lari ajratdi. Ko'chirib keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi joylarga asta-
sekin moslashdilar.
Stalincha milliy siyosat ko'plab xalqlarning milliy davlatchiligini buzdi, haq-huquqlarini paymol
qildi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniyati, qadriyatlari va an'analari oyoq
osti qilindi. Zo'rovonlikning zararli oqibatlari uzoq yillar davomida to'la bartaraf etilganicha yo'q, vaqti-
vaqti
bilan milliy nizolar, mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: