3. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati
Rossiya imperiyasining Turkistonda joriy etgan ma'muriy-boshqaruv tizimi xalqning boshiga
solingan siyosiy sirtmoq bo'ldi. Bosqinchilar, awalo, Turkiston boyliklarini talon-taroj qildi, so'ngra
o'lkani xorriashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o'z manfaatlari yo'lida jilovlab oldi. Og'ir soliqlar,
g'ayriqonuniy majburiyatlar aholini tobora qashshoqlashtirib yubordi. Mustamlakachilar mahalliy
aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoqosti qilardi, ma'naviy zug'um kuchayib borardi.
Rossiya Turkistonni o'z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy
zulmi kuchayib bordi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi xalq noroziligi, nafrati oshib, qo'zg'olon
ko'tarishiga sabab bo'ldi. Qo'zg'olonning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari,
kambagallar bo'ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g'ururini yo'qotma-gan boy
zamindorlar ham ishtirok etdilar.
1879— yilda 600 ga yaqin g'alayonchi Farg'ona viloyat boshqar-masi binosini qurshab olib,
harbiy gubernatordan Marg'ilon tuma-nidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi.
G'alayonchilar avzoidan cho'chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori bo'lajak
katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o'rganib chiqishga va'da
beradi va g'ayriqonuniy soliq yig'uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlash-tirishga majbur bo'ladi.
1880-1883— yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo'lib o'tdi. Xo'jand,
O'ratepa, Namangan, O'sh va Chustda ko'tarilgan qo'zg'olonlarbunga misol bo'la oladi. Manbalarda 1885-
1892— yillarda Farg'ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari yuz berib, harakatlari
ko'tarilgani qayd etilgan.
Farg'onadagi vaziyatdan cho'chigan viloyat harbiy-gubernatori Vrevskiy aholidan ko'z-quloq
bo'lib turish uchun Markaziy huku-matga maxfiy siyosiy politsiya xizmati tashkil etish taklifmi ilgari
surdi. U Farg'ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg'oqchilar tarmog'ini vujudga keltirish uchun o'z
ixtiyoridagi mablag'dan foydalandi. O'lkaning oliy harbiy-siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan
norozilik to'lqinini pasaytirish uchun ta'sirchan vosita izlay boshladi. Qurolli kuchlar va politsiya
xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir yilda 5,5 mln. so'm sarflanardi. Holbuki, undan ham muhim
hisoblangan temir yo'l uchun bor yo'g'i 190 000 so'm ajratilganini hisobga olsak, Rossiya imperiyasi
hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga tushgani aniq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |