Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


Mustamlakachilarning iqtisodiy, ma'naviy-madaniy siyosati va amaliyoti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

2. Mustamlakachilarning iqtisodiy, ma'naviy-madaniy siyosati va amaliyoti 
Rossiya hukumati Turkistonni iqtisodiy jihatdan batamom bo'ysundirish, Lining boyliklarini 
tashib ketish, rus sanoatini xom—  ashyo bilan ta'minlovchi o'lkaga va tayyor mahsulotlar sotiladigan 
bozorga aylantirish siyosatini yuritdi. Bu siyosatni RoSeiya dvoryan-pomeshiklari va burjuaziyasi qo'llab-
quvvatladi, ular o'lkani zuluk kabi so'rishga kirishib ketdilar. 
Rossiya to'qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun yiliga 30-40 million 
so'm boj to'lab kelardi. Shu boisdan, Turkistonni paxta xomashyosi yetishtiradigan bazaga aylantirish 
Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi. Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan 
katta-katta yer maydonlari Rossiya davlati xazinasiga fegishli, deb e'lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-
sekin davlat ixtiyoriga olindi. Xususiy mulk hisoblangan yerlar ham davlat mulkiga aylantirildi, ularni 
ilgarigi egafariga merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga yer olib, undan amalda 
foydalanib kelayotgan xonadonlarga o'sha yerlar meros qilib biriktirildi va ularga soliq solindi. Shu 


tariqa, o'lkaning barcha hosildor yerlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. Yer solig'i XIX asr 
oxirida 4 million so'mni tashkil etgan bo'lsa, 1916— yilda 38 million so'mdan oshib ketdi. 
Podshoh ma'muriyati Turkistonning doimiy egasi bo'lish uchun «ko'chirish» siyosatini qo'lladi. 
Fon Kaufman tashabbusi bilan 1875—  yildayoq Avliyoota tumanida Rossiyadan ko'chirib keltirilganiar 
hisobiga 8 ta rus qishlog'i vujudga keldi. 1886—  yilda qabul qilingan «Turkiston oikasini boshqarish 
haqidagi Nizom»ga muvofiq rus dehqonlarini ko'chirib keltirish va joylashtirish kuchayib ketdi. Rossiya 
hukumatining «Osiyo Rossiyasida bo'sh yotgan yerlardan» foydalanish borasida yaratgan imkoniyatidan 
foydalangan kam yerli yoki yersiz rus xonadonlari, kazaklar ma'muriyatning ijozatisiz Turkistonga boyish 
maqsadida oqib kela boshladi. Shu tariqa, Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand viloyatlarida 1910— yilga kelib 
124 ta rus qishlog'i vujudga keldi, ularda 70 mingga yaqin ko'chib kelganlar yashardi. Ko'chib kelganlar 
mahalliy aholiga qarashli sersuv va hosildor yerlarni ham egallay boshlaydilar, yer-suv masalasida ular 
o'rtasida norozilik, to'qnashuvlar bo’ldi. Rus ma'murlari ko'chib kelgan kazaklarga tayanish, mahalliy 
aholi g'alayon ko'targuday bo'lsa, ularning yordamida bostirish maqsadida Turkistonda dehqonchilik 
qiluvchi rus kazaklarini qurollantirdi. Uiar amalda chorizm uchun zaxira qo'shinga aylantirildi. 
Mustamiakachilar o'lkada,  xususan, Farg'ona viloyatida paxta plantatsiyalari tashkil etdi, 
sug'oriladigan ekin maydonlarini kcngaytirdi. 1885-1916—  yillarda paxta ekiladigan yer maydoni 40 
ming tanobdan 550 ming tahobga ko'paydi. Hosildorlikni oshirish maqsadida 1884—  yilda tajriba- 
urug'chilik stansiyasi ochildi. Tolasi sifatli urug'lik chigiti yaratildi. Paxtachilikda pishiq tolali va hosildor 
«Amerika» navini ekish keng tarqaldi, boshqa ekin maydonlari yildan-yilga qisqartirib borildi. Qishloq 
xo'jaligida pilla yetishtirish ko'paytirildi, qand lavlagi, kartoshka, karam ekinlarini ekish o'zlashtirildi. 
Vinochilik, asalarichilik paydo bo'ldi. 1867-1896—  yillarda Rossiya imperiyasi xazinasiga 150 million 
so'm sof daromad tushdi. 
Fodshoh ma'muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy 
istehkomlar qurish, boyliklarni va yetishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo'l 
qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889— yillarda zudlik bilan Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo'y, 
Kushka, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo'qon, Andijon shaharlarini bog'lovchi O'rta Osiyo temir yo'li 
qurildi.  1890-1905—  yillarda Toshkent-Orenburg temir yo'li qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi 
bilan bog'landi. 1915—  yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob temir yo'li qurildi. 
Temir yo'llar qurilishi munosabati bilan Rossiyadan ko'plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko'chib 
kelishdi va ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi. Ular joylashtirilgan qism yangi shahar, yerli 
aholi yashaydigan qism eski shahar deb ataladigan bo'ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (Hozirgi 
Farg'ona) shahri vujudga keldi. 
Turkiston Rossiyaning markazi bilan temir yo'l orqali bog'lan-gach, rus kapitali (sarmoyalari) 
o'lkaga oqib kelaboshladi. Turkiston xomashyo bazasida savdo-sanoat yuritish, zavod-fabrikalar qurishga 
intiluvchilarga Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya davlat banki pul qarz berib turdi. 
Natijada, bir qator zavodlar, savdo shahobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi. Paxta 
va uni xarid qilish bilan shug'ullanuvchi 30 ta savdo shahobchasi vujudga keldi. 1913—  yilda tuzilgan 
«Beshbosh» degan paxta-yog' shirkati Turkistonda 29 ta paxta zavodi qurdi. Bu shirkat o'lkada 
yetishtirilgan paxtaning 30 foizini xarid qilar, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar, 160 ming tonna 
chigit tayyorlardi. Katta sarmoyador Vodyaevlar Turkistonda «Vodyayevlar savdo uyi»ni tashkil etib, 30 
ta paxta zavodi qurdi. Farg'ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo'llar, paxta tozalash zavodlari va 
Ivanovo to'qima-chilik korxonalari Vodyavlar nazoratidagi katta kombinat tarkibiga kiritilgan edi. Ular 
yiliga Farg'ona vodiysida yetishtirilgan 7-8 million pud paxtani Ivanovoga tashib ketardi. 
Mustamiakachilar qanchalik boyib borsa, arzon ishchi kuchi bo'lgan mahalliy aholi shunchalik 
qashshoqlashib bordi. Dehqonlar og'ir shartlar asosida qarz olardi, qarzini to'lay olmay o'ziga tegishli 
yerini sotib, yersiz qolardi, mardikorlik, chorakorlik qilishga majbur bo'lardi. Ular yer egalari qo'lida 
yollanib batraklik qilishga yoki yangi ochilayotgan korxonalarga arzimagan ish haqi evaziga ishlashga 
majbur bo'lardi. Yerni Rossiya banklari yoki puldor mahalliy boylar sotib olardi. Shu tariqa, o'lkada 90-
100 gektarcha sug'oriladigan yen bo'lgan boy xo'jaliklari vujudga keldi. XX asr boshlaridagi 
ma'lumotlarga ko'ra o'lka aholisining 70 foizi kambag'al va qashshoqlar, 17 foizi o'rta hoi, 13 foizi o'ziga 
to'q, boy oilalar hisoblanardi. 


Rossiyalik sarmoyadorlar o'lkada paxta tozalash, yog' va spirt ishlab chiqarish, pivo, tamaki, un, qand, 
sovun, g'isht, ko'n, mis eritish, jun yuvish, ohak qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, 
ulardan mo'may daromad olishni yo'lga qo'ydilar. 1908— yilda o'lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat 
yuritgan bo'lsa, 1917— yilda ularning soni Buxoro amirligi va Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham 
qo'shib hisoblaganda 1200 taga yetgan. 
O'lkada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi aholining tabaqalanishiga ta'sir etib, milliy burjuaziya 
va ishchilar sinfi shakllana boshladi. 1914—  yilgi maiumotlarga ko'ra, o'lkada 49,5 ming ishchi bo'lib, 
ulardan 25,5 mingi sanoatda, 24 mingi temir yo'l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. 
Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do'konlar, tegirmonlar, katta-katta bog' va uzumzorlarga ega bo'lgan 
mahalliy burjuaziya tabaqasi ham faoliyat yuritdi. Mahalliy aholiga mansub ishchilarga rossiyalik 
ishchilarga nisbatan 2,5-3,5 baravar kam ish haqi to'langan. Dehqonmi, mardikormi, ishchimi mahalliy 
aholi Rossiya mujiklari va ishchilari oldida kamsitilardi. 
Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o'tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 
1895—  yilda Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan 6 million so'mdan ortiqroq summada 
temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog'och, choy, oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo'lsa, 
1914—  yilda sotilgan buyumlar salmog'i 243 million so'mdan oshib ketdi. Sotilgan mahsulotlarning 40 
foizini o'lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya to'qimachilik korxonalarida to'qilgan gazlamalar tashkil 
etardi. Rossiya savdo-sanoatchilari Turkistonda sanoat mahsulotlari sotishdan ham, Turkistondan 
xomashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar. 
Shunday qilib, Turkiston, nafaqat, Rossiya davlatining, shunin-gdek, rossiyalik savdo-sanoatchilar 
manfaatiga xizmat qiladigan o'lkaga aylantirildi. 
Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqinlikka solish, o'zining uzoqqa 
mo'ljallangan manfaatiga bo'ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni 
uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yo'q qilish, 
ruslash-tirishdan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligining Farg'ona viloyati harbiy-gubernatori 
Skobelev shunday deb yozgan edi: «Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madani-yatini, 
san'atini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi»1. Turkistonda ana shunday yovuz 
qarashlarga mos siyosat va amaliyot yuritildi. 
Turkistonning noyob tarixiy, ma'naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870—  yilda 
Toshkentda ochilgan kutubxonava 1876—  yilda tashkil etilgan muzeyda o'lkaning ma'naviy-madaniy 
hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, gilamlar, arnaliy san'at 
namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv hujjatlari, qo'lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalarto'plandi. 
Ular ko'rikdan o'tkazilib, qimmatbaho va nodir deb baholanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. 
San'at darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, 
undagi bitiklar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon («Nazr-
niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va boshqalar shular jumlasidandir. 
Islom diniga e'tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qiiina bordi. Rossiya ma'murlari 
musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning faoliyatini tobora cheklab bordi. 
Maorif va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Tur-kistoniik bolalarni ruslar bilan 
aralashtirib o'qitish va tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va 1884— yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem 
maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuztadan oshib ketdi. Bunday maktablarda rus va o'zbek 
muallimlari dars mashg'ulotlarini o'tadigan bo'ldi. Maqsad o'zbek yoshlariga rus tilini o'rgatish va rus 
turmush tarzini singdirish edi. Rossiya ma'murlari yerli aholi bolalarini «rus-tuzem maktablari»ga jalb 
qilish, qiziqtirish uchun o'lkadagi mahalliy ma'muriyat boshqaruvida rus  tilini bilganlar ishlaydi, degan 
talabni qo'ydilar. Bu talabdan maqsad «yerlilarda mansabga qiziqib» rus tilini o'rganish, ruslashish 
manfaaEini uyg'otish edi. Rus tilini bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi. Shu tariqa, 
o'lkada ish yuritish asta-sekin rus tiliga o'tkazila bordi. 
Mahalliy aholiga Rossiyaning ulug'vorligini ko'rsatish, yevrppacha turmush tarziga qiziqtirish uchun 
Rossiyaning markaziy shaharlariga sayohatlar uyushtirdi. Katta yoshdagilarni, shuningdek, yoshlarni 
guruh-guruh qilib Peterburg, Moskva va boshqa shaharlarga olib borib, oq podshohning qudratini, baland 
imoratlar, ishlab chiqarish korxonalarini ko'rsatishardi. Mustamlakachilar sayohatchilar o'z yurtiga qaytib 


borgach, Rossiyaning ulug'vorligi haqida vatandoshlariga  so'zlab beradi, Rossiya tarkibida bo'lganidan 
g'ururlanadi, degan maqsadda edilar. Bu tadbirlar ruslashtirish manfaatlarini ko'zlab uyushtirilardi. 
Mustamlakachilarning yerli aholi turmushiga ma'naviy-ruhiy tazyiq o'tkazish dasturida o'lka xotin-
qizlarini ruscha hayot tarziga o'rgatish masalasiga alohida o'rin berilgan edi. Shu maqsadda, shaharlarda 
xotin-qizlar ambulatoriyalari tashkil etilib, ularda rus shifokorlari faoliyat ko'rsatdi. Ambulatoriyalarda 
ayollarga zarur tibbiy maslahatlar, tibbiy yordamlar ko'rsatildi, bu ijobiy hoi, albatta. Shu bitan birga 
ayollarga ruscha turmush tarziga o'tish, ularning farzandlari tarbiyasiga ta'sir etish, pravoslavcha 
qarashlarning afzalligi, «paranji zulmidan xalos bo'lish, ochilish» zarurligi haqida tashviqot-targibot ham 
qilinardi. 
Mustamlakachi ma'murlar ruslashtirish siyosatini yuritsalar-da, rus tilini yaxshi o'zlashtirgan 
ziyolilarga shubha bilan qarardi, ular ustidan nazorat, tazyiq uyushtirardi. 
Xulosa qilib aytganda, maorif va madaniy hayotda ham Rossiya imperiyasining mustamlakachilik 
siyosati yaqqol namoyon bo'ldi. O'lkaning madaniy-ma'rifiy hayotini cheklab, o'z manfaatlariga 
bo'ysunduruvchi yo'l tutildi, buyuk davlatchilik g'oyalarini Turkis-tonda zo'rlik bilan  joriy etildi, milliy 
madaniyat va ma'naviy qadriyat-larni toptaldi. To'g'ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda kommunikatsiya 
va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyor-lash, ma'rifatchilik va aholini jahon 
madaniyatidan bahramand qilish kabi ijobiy tadbirlarni ko'rdi. Biroq mustamlakachilik siyosati va 
amaliyoti o'lkaning iqtisodiy, ma'naviy-madaniy taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. «Bu salbiy 
oqibat tashqaridan olib kirilgan sivilizatsiya natijalaridan ko'rabir necha barobar ortiq edi».' 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish