orada (iyunda) Rossiya bolshevik rahbarlari ko'magida Xorazm Kompartiyasi tashkil etilib, uning
hukmronlik mavqeyi oshib bordi. Sovet Rossiyasi ayni paytda yangi tug'ilgan Xorazm Xalq Sovet
Respublikasini o'z ta'sir doirasiga olish maqsadida 1920— yil 13-sentabrda XXSR bilan ittifoq
shartnomasi tuzdi. Bu shartnoma bilan birga ikkala respublika o'rtasida imzolangan harbiy-siyosiy va
iqtisodiy kelishuvlar asosida Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli
harbiy, iqtisodiy va madaniy yordam ko'rsatish ko'zda tutilgan edi. Biroq "katta og'a"ning bunday
yordami zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi ichki ishlariga aralashish, uning siyosatini o'z
manfaatlariga bo'ysundirish maqsadlari yotardi. Faqatgina 1921-yil davomida Xorazm Xalq Sovet
Respublikasida uch marta (mart, sentabr, noyabrda) hukumat o'zgarishi yasalib, uning Moskvaga ma'qul
kelmagan tarkibi o'zgartirildi. O'z xalqining milliy manfaatlarini ko'zlab siyosat yuritgan
Polvonniyoz
Yusupov, M. Ibniyaminov, O. Muhammadrahimov bosh bo'lgan hukumat tarkibi bekor qilindi, uning
rahbarlari asossiz qoralandi, so'ngra turli jazolarga giriftor etildi.
1923-yil oktabrida bo'Iib o'tgan IV Butunxorazm Sovetlari Qurultoyi Xorazm Xalq Sovet
Respubiikasini Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e'lon qildi va respublikaning yangi
konstitutsiyasini qabul qildi. Unda Xorazmda Sovetlar rahbariigida amalga oshirilgan jiddiy o'zgarishlar
tufayli bu respublika endilikda o'z taraqqiyotining yangi, sotsialistik bosqichiga kirganligi alohida
ta'kidlandi. Konstitutsiya yerga bo'lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi, barcha yerlar umumxalq mulki
deb e'lon etildi. Vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga olindi. Xorazm xalqlarining xohish-irodasiga zid
tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng asosiysi, respublika boshqaruvi tobora Sovetlar
hukmronligi qo'l ostiga o'tishi, pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga
sabab bo'ldi.
Buxoro amirligining ag’darilishi. Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat Xiva xonligiga
o'xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, vassal davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo'lgan
amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr
boshlarida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga keia bordi.
Manila -
katning ilg'or, taraqqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu
harakatlarga yetakchilik qildilar. O'z saflarida Abduvohid Burhonov, Fayzufla Xo'jayev, Abdurauf Fitrat,
Sadriddin Ayniy, Muhitdin Mansurov, Po'latxo'ja Usmonxo'jayev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan
Yosh buxoroliklar harakati keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o'zgarishiarni ro'yobga
chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya
tuzumi o'rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida
urg'u berilgandi.
Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohot talablari asosida amir 1917— yil 7-aprelida ba'zi
yon berishlar bilan manifest chiqarishga majbur bo'ldi.
Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga qarshilik ko'rsatdilar.
Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar ko'chalarida qirg'in uyushtirdilar. Ko'plab
islohotchilar Buxoroni tark etishga majbur bo'ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo'li baland keldi.
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi Buxoro amirligi uchun ham jiddiy siyosiy
vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob g'oyasini boshqalarga yoyishga intilgan
bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o'z mo'ljaliga olgandilar. Xususan, 1918— yil martida "Kolesov
voqeasi" nomi bilan tarixga kirgan qonli voqea bunga aniq misol bo'la oladi. Turkiston sovet respublikasi
hukumati raisi F, 1. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o'tkazib, 1918— yil 2-martida Kogon temir yo'H
yoqalab qizi! qo'shinlar intervensiyasini uyushtirdi. Bunga javoban Buxoro amiri xalqni g'azovotga
chorlab, o'z qo'shinlari va g'azabga kelgan aholini urushga safarbar etdi. Oqibatda, Kolesov
sharmandalarcha mag'lub bo'ldi. Bu esa amir va uning arkoni davlatiga barcha demokratik
kuchlardan
qonli o'ch olish uchun bahona bo'ldi. Ayniqsa, Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg'in qilindi. Bolsheviklarning
bu avantyurasi Yosh buxoroliklar uchun g'oyatda qimmatga tushdi. F.Xo'jayevning guvohlik berishicha,
bu qirg'inda Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon bo'lgan.
Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun'iy inqilob tayyorlash, buning uchun
Turkistondan panoh topgan ko'p sonli buxorolik muhojirlarni ishga solish, ulardan ko'plab inqilobchi
kuchlar yetishtirish va ularni tashkillashtirish harakatida bo'ldilar. 1918— yil sentabrida Toshkentda
Buxoro muhojirlari tomonidan Buxoro kompartiyasi va lining Markaziy Qo'mitasi tuziladi (uning raisi A.
Yoqubov, o'rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920— yil yan varida Toshkentda F. Xo'jayev boshchiligida
"Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi" tashkil etiladi va
Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan e'tirof qilinadi.
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik
tuzumni tugatish,
mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq ommasining tub manfaatlarini ko'zlab ko'plab
ijtimoiy-demokratik o'zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. Yosh buxoroliklar
tashabbusi bilan 1920— yil iyundan Toshkentda chiqa boshlagan «Uchqiin» gazetasida ham ilg'or
demokratik g'oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi amirning hokimi mutlaq tuzumini ag'darib tashiash uchun
faol kurashga da'vat etib borildi.
Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag'darish edi. Uning rasmiy hujjatlari,
ko'rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quyidan, mahalliy kuchlar tomonidan boshlanishi uqdirilgan edi.
Shu bilan birga, amirlikni ag'darish uchun zarur harbiy tayyorgarlik ham ko'rildi. Frunze boshliq
Turkiston fronti qo'mondonligi tomonidan 1920— yil iyun o'rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan
qurollangan qizil qo'shinlar Buxoro chegaralariga keltirib qo'yilgan edi. Ayni paytda, amirlikni ag'darish
uchun M.Frunze, V.Kuybishev, N.To'raqulov, N.Husainov, F.Xo'jayevlardan iborat harbiy-inqilobiy
byuro tashkil etildi.
1920— yil 29-avgustda Chorjo'yda amir tuzumiga qarshi g'alayon boshlandi va Beshim Sardor
boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgi-langan kelishuvga binoan, darhol sovet hukumatidan «yordam
so'rab» murojaat qildi. Bu sovet qo'shinlarining Buxoroga qarshi urush harakatlari boshlashiga bahona
bo'ldi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, sovet qo'shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil askar, 40 ta to'p,
230
ga yaqin pulemyot, 10 ta zirhli avtomobil, 5 ta zirhli poyezd va 12 ta samolyot bor edi. Shuningdek,
Turkiston fronti qo'shini bilan birga hujum harakatlarida 5 mingga yaqin buxorolik "inqilobchi
tuzilmalar" ham ishtirok etdilar.
Amir lashkari son jihatidan ko-'p bo'lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq uning qurollanish
darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif edi. Hujumga tashlangan sovet qo'shinlari amirlikning Chorjo'y,
Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, Buxoro tomon siljib bordilar. Buxoro va uning
aholisi sovetlar hujumi chog'ida mislsiz zarar ko'rdi. Shahar ko'p bor havodan bombardimon qilindi.
Uning ko'plab noyob osori-atiqalari, tarixiy obidalari vayron etildi.
Amir Olimxon 1920— yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo'ldi. Poytaxt sovet
qo'shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasi qo'liga o'tdi.
1920— yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasining birlashgan majlisi
bo'ldi. Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida qonun chiqaruvchi oliy organ — Butunbuxoro Fnqilobiy
qo'mitasi va Fayzulla Xo'jayev raisligida Xalq Nozirlar Kengashi (hukumat) tuzildi. O'sha yilning 6-8-
oktabr kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda Buxoro Xalq
Sovet Respublikasi tashkil
etilganligi e'lpn qilindi.
1921- yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim
imzolandi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va lining Turkistondagi vakolatli namoyandalariga Buxoro
Respublikasi ichki ishlariga bevosita aralashish, u yerdagi o'zgarishlarni nazorat etish va uni aniq
sotsialistik maqsadlar sari yo'naltirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Shuningdek, Buxoro Xalq
Sovet respublikasining asosiy rahbar tashkiloti - Buxoro Kompartiyasi RKP (b) ning viloyat tashkiloti
maqomida faoliyat yuritardi.
RKP (b) MQ 1922- yil mayida "Turkiston-Buxoro ishlari haqida" qaror qabul qildi. Unda O'rta
Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik bilan "sotsialistik tuzumni mustahkamlash" qat'iy uqtirildi.
Shuningdek, RKP (b) MQ ning 1923— yil I2-iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga doir maxsus qarori
ham bu davlatning ichki ishlariga qo'pollik bilan aralashish edi. Negaki, unda Buxoroning rivojlanish
jarayonini "sotsialistik izga" burib yuborish maqsadi ko'zda tutilgandi. Buxoro xalqining tub milliy
manfaatlari yo'lida fidoyilik bilan faoliyat yuritgan, inqilobiy harakatlarning faol ishtirokchilaridan
bo'lgan A.Fitrat, M.Aminov, Otaxo'jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining talabi bilan
respublika hukumati tarkibidan chetlatildi.
Buxoro XSRning 1921— yil sentabrda qabul qilingan Konsti-tutsiyasi ham RSFSR
Konstitutsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan 1923— yil martida O'rta
Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi, uning
iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo'ldan boy berilishiga sabab bo'ldi.
Moskva tazyiqi ostida bu
hududda sotsialistik o'zgarishlar izchil amalga oshirildi. 1924— yil sentabrda bo'lib o'tgan V
Butunbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e'lon qildi. Nihoyat, 1924—
yilda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida Buxoro davlat sifatida tugatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: