Shuningdek, Munavvar qorining o'sha yili "Najot" gazetasining 26-mart sonida bosilgan «Xurriyat
berilmas, olinur", degan xitobi ham jadidlarning xalq ozodligi va istiqloli yo'lida jiddiy kurashga bel
bog'laganliklaridan dalolat berardi.
Sho'roi Islomiya. Turkiston jadidlari faqat targ'ibot-tashviqotchilik ishlari bilan cheklanib
qolmasdan,
shu bilan birga, siyosiy tashkilotlar, partiyalar tuzish, ularning faoliyatini islohotchilik
maqsadlari sari yo'naltirish bilan ham jiddiy shug'ullanib bordilar. Chunonchi, 1917— yil 14-martda
Toshkentda "Sho'roi Islomiya" tashkiloti tuzildi. Hur va demokratik Turkiston uchun kurash uning asosiy
g'oyasi va bosh maqsadi edi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munavvar qori Abdurashidxonov
(yetakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo'minboyev, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Salirnxon
Tillaxonov singari yurt rahnamolari o'rin olgan edilar.
O'lkaning turli joylarida "Sho'roi Islomiya"ning quyi sho'balari tuzilib, ular aholi orasida qizg'in
faoliyat yuritdilar. Shuningdek, "Sho'roi Islomiya" ta'sirida joylarda turli nomda tashkilotlar tuzildi.
Toshkentda "Turon", "Ittihodi taraqqiy", Andijonda "Ozod xalq", "Hurriyat", "Ma'rifat",
Samarqandda
"Mirvaj-ul Islom", "Klub Islomiya", Kattaqo'rg'onda "Ravnaqul Islom", "Guliston" va boshqalar shular
jumlasidandir. M. Behbudiyning "Xaq olinur, berilmas", Munavvar Qorining "Hurriyat berilmas, olinur"
shiorlari ularning chinakam kurash bayrog'iga aylangan edi.
Turkiston istiqloli uchun kurashga bel bog'lagan va "Sho'roi Islomiya" ta'sirida faoliyat yuritgan
jadidlarning bir qismi "Qa-dimchilar" nomi bilan atalardi. 1917— yil iyuniga kelib "Qadimchilar"
"Sho'roi Islomiya" tarafdorlari bilan uzil - kesil aloqani uzib, "Sho'roi Ulamo" tashkilotini tuzdilar (uning
rahbarlari: Sherali Lapin, Abdumalik hoji Nabiyev va boshqalar).
Bo'linishning asosiy sabablari Turkistonning milliy mustaqilligiga erishish yo'lidagi ikki xil qarama-
qarshi taktik kurash masalasi edi. Konservativ, mutaassib qarashlar nuqtayi nazaridan yon-dashgan
"Qadimchilar" o'lka mustaqilligini hukmron mustam-lakachilarga qarshi faqat g'azovot, ya'ni qurolli
kurash yo'li bilan qo'lga kiritishni yoqlardilar.
Jadidlarning ilg'or namoyandalari esa Rossiyada yuzaga kelgan qulay inqilobiy shart-sharoitlardan
foydalanib, yurt mustaqilligini siyosiy vositalar orqali, behuda qon to'kmasdan, bosqichma-bosqich qo'lga
kiritishni istardilar. Ularning demokratik Rossiya Federatsiyasi tarkibida Turkiston muxtoriyati tuzish
talabi ham shu maqsadni ko'zdatutardi.
O'lkaning milliy kuchlari o'rtasida yuz bergan bu ajralish va g'oyaviy ixtiloflar, shubhasiz,
ularning harakat birligiga jiddiy putur etkazardi. Ayniqsa "Sho'roi Ulamo"ning nashri - "Al-lzoh" jurnali
sahifalarida miUatning ilg'or kuchlariga, vatanparvar milliy ziyolilarga nisbatan adovat urug'ini yoyishga
alohida urg'u berildi. Bu esa aslida shovinistik kuchlar tegirmoniga suv quyish edi. Negaki, bundan
o'lkada faoliyat yuritayotgan yot-begona siyosiy kuchlar o'z maqsadlari yo'lida foydalandilar.
Turkistonda demokratik harakatlarning o'sib borishida, turli ijtimoiy qatlamlar va tabaqalarni
istiqlol uchun kurash bayrog'i ostida birlashtirishda 1917— yilda bo'lib o'tgan Umumturkiston musul-
monlari qurultoylari va ular ishlab chiqqan dasturiy hujjatlar, tashkiliy tadbirlarning roli katta bo'ldi.
Turkision o’lika musulmonlar sho’rosi. "Sho'roi Islomiya" Tashkiloti tashabbusi bilan 1917 yil 16
aprelda Umumturkiston musulinonlarining I qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ancha vakolatli anjuman
bo'lib, unda Turkistonning ko'plab atoqli kishilari qatnashadilar. Ularorasida M. Cho'qayev, M.
Abdurashidxonov, M.
Behbudiy, U. Asadullaxo'jayev, Sh. Lapin, T. Norbo'tabekov, A. Z. Validiy, S.
Yusupov, I. Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun tartibiga 16 ta masala qo'yilishining o'zi
ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o'lkaning bo'lajak davlat qurilishiga alohida
to'xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya federatsiyasi tuzilishi
g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda - Turkiston oika musulmonlari sho'rosini tuzish to'g'risida qaror qabul
qilindi. Turkiston o'lka musulmonlar Sho'rosining birinchi yig'ilishida uning markaziy organi - Markaziy
sho'ro tuzildi. Mustafo Cho'qayev Markaz raisi, Munavvar qori rais muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib,
M. Behbudiy, U.Asadullaxo'jayev va boshqalar a'zolar etib saylandilar. Markaziy sho'ro zimmasiga
o'lkadagi barcha tarqoq, o'z holicha ish yuritayotgan, nizom va dasturlariga ega bo'lmagan
uyushma va
tashkilotlarni birlashlirish, faoiiyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi. Buni uddalashda Markaziy
sho'roning joyiarda tashkil etilgan sho'ba (bo'lim)lari muhim rol o'ynadi. Jumladan, Toshkent sho'basini
M. Abdurashidxonov, Samarqand sho'basini M. Behbudiy, Farg'ona sho'basini esa Nosirxon To'ra
Kamolxon To'ra o'g'li boshqardi. Shu tariqa, Turkistonda uchta hokimiyat organi vujudga keldi:
- Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo'mitasi;
- Ishchi,
askar deputatlari soveti;
- Turkiston o'lka musulmonlari sho'rosi, uning markaziy organi - Markaziy sho'ro.
O'lka xalqlarining rahnamolari bo'lgan jadidlar, ruhoniyat arboblari o'z sa'y-harakatlarida
mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilan cheklanib qolmay, boshqa mintaqalardagi musulmonlar
ommasi, ularning ilg'or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo'lishga intildilar. Shu maqsadda, ular
1917— yilning 1-2 mayida Moskvada bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlari 1 qurultoyida ishtirok
etdilar. Unda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy,
federatsiya asosidagi demokratik respublika bo'lishi ta'kidlandi. Qurultoyda Butunrossiya Musulmonlari
sho'rosi, uning Ijroiya Qo'mitasi ta'sis etildi. Ijroiya Qo'mitasiga o'lkamiz vakillaridan U.Asadullaxo'jayev
va I. Shoahmedovlar a'zo etib saylandilar.
Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917— yilning 21-31-iyul kunlari Qozon shahrida bo'lib
o'tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya musulmon
aholisining ozodlik va
mustaqillik sari harakatlanishyo'lini aniqlashtirish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bo'ldi. Unda
Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o'zlari hal etishi, musulmonlar
kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya Harbiy Sho'rosi ta'sis etish to'g'risida qarorlar qabul qilindi.
1917— yilning 17-20-sentabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan Umumturkiston musulmonlari
vakillarining II Qurultoyi o'lka xalqlari hayotida muhim rol o'ynadi. Unda 500 nafar vakil ishtirok etdi.
Qurultoyda tarkibi 12 kishilik Turkiston o'lka Qo'mitasi, 24 kishilik "Mahkamai Shariya" (parlament)
tashkil etildi. Qurultoyning maxsus qarorida ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga muvofiq keladigan
shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta'kidlangan edi. Qurultoyda "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi
Ulamo", "Turon", " Ittihod" va shu kabi boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida
yagona "Ittifoqi Mustimin" ("Musulmonlar Ittifoqi" siyosiy partiyasini tuzish g'oyasi ilgari surildi.
Qurultoyda M. Behbudiy otashin nutq so'zlab, hammani birlikka, jipslashishga da'vat etgandi. "Ulug'
Turkiston" gazetasi qurultoy ruhini aks ettirib, Turkistonning o'z ichki ishlarini mustaqil hal etishga
qodirbo'lgan o'lkaning mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g'oyasini asosiy o'ringa qo'ygan edi.
Shunday qilib, Turkistonning ilg'or ziyolilari milliy istiqlolga erishish yo'lida o'lkadagi
barcha
sog'lom, vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga da'vat etgandilar. Biroq, afsuski,
Turkistonda ayricha faotiyat yuritgan, o'z nafsiga berilgan hamda muxolifatchilik ustivor bo'lgan ayrim
mahalliy, milliy tashkilotlar mana shu yuzaga kelgan imkoniyatiardan foydalana olmadilar. Bu esa,
shubhasiz, vaziyatni ustamonlik bilan o'z izmiga burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo'l keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: