siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan
birga o'sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham
ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.
Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali
Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli
vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam,
Sulton
Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-
kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko'plab
bebaho qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy,
Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz
adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga
armug'on etilgan.
Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz
Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar,
portretlar,
tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga
soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g'li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan o'ziga
xos badiiy akademiya rolini o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko'plab mo'yqalam sohiblari
tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, miniatura namunalari, kitob
bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning
«Shohnoma», Nizo-miyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham
o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Musawirlik san'atinmg tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi ham Temuriylar
davri san'atining yuqori cho'qqisi hisobfanadi. Uning mo'yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar,
chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa'diyning «Bo'ston» va
«Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatura namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i
Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go'r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o'xshash
rassomchilik
asarlari bu tug'ma ijodkor iste'do-dining yuksak mahorati namunalaridir.
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati ham alohida o'rin tutgan. Alisher Navoiy
«Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiq-chiligining sakkiz turi rivojlanganiigini qayd etadi. Bular - tuyuq,
changchi, Uirkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san'at va
musiqa olamida mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-1435) bo'lib, uning
hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining
o'rni benihoya katta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z ijodlarida Navoiyning she'r va g'azallaridan kens
iiodiv f^dalanganlar.
Badiiy adabiyot. Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy
(eski o'zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasawur etib bo'lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis
davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi
ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod
maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa
qo'shdilar.
O'zbek mumtoz adabiyotining tamal toshini qo'ygan Mavlono Lutfiy (1366-1465) dan boshlab
Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri,
XV asr boshlari), uning zamondoshlari Durbek, Gadoiy, Atoiy,
Sakkokiy singari zabardast turkigo'y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi
marralarga ko'tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-biridan go'zal va nafis badiiy asarlar yaratildi.
Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzanul asror» (Sirlar xazinasi), Durbekning «Yusuf
va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishq-muhabbat, hayot nash'u namosini,
inson shaxsi
va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she'r-g'azallari, qasidalari - bular
mumtoz o'zbek adabi-yoti rivojining muhim yutug'idir. Mazkur asarlarda o'zbek tilining jarangdorligi,
uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va
ta'sirchanligi to'la kuch bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi.
O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri
va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni
Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina
qolmay, balki ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va
dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi.
Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi
sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi,
til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek
g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir.
Ulug' mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz,
ularda aks etgan, ilgari surilgan chin
insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnat-sevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi ishq-rnuhabbat
g'oyalari vujudimizni qamrab oladi, o'ziga maftun etadi. Bit ham Navoiy ijo dining umrboqiyligidan,
umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug'orilganligidan yaqqol dalolatdir.
Shu bilan birga, bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an'anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu
adabiyot dovrug'ini baland ko'targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo'jandiy, Xofiz
Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so'z san'atkorlari nomini alohida
tilga olib o'tish joizdir. Ularrimg yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha
asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o'tib, qanchalab avlodlar ongi: shuurini yolqinlantirib
kelmoqda,
Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida,
uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi davomida o'chmas iz qoldirgan
alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga
chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli
Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mo'g'ullarning bir yarirn asrlik bosqini
va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko'tarildi. Ayni
chog'da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug'
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, dur-u
javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib
kelmoqda.