sharqiy chegaralarini ancha mustahkamlashga erishadi. Biroq hukmdorning 1427— yilda Sirdaryoning
quyi oqimidagi Sig'noq va uning atrofida hududiy da'volar bilan bosh ko'targan Dashti Qipchoq
aslzodalaridan sanalgan Baroqxonga qarshi yurishi uning uchun kutilmaganda muvaffaqiyatsiz yakun
topdi. Bu mag'lubiyat Ulug'bekni hokimi-yatdan mahmm bo'lishiga ham olib kelayozgandi. Otasi
Shohruxning katta qo'shin bilan yetib kelishigina uni yana o'z hukmronligini qayta tiklashiga imkon berdi.
Shundan so'ng, Ulug'bek Mirzo urush harakatlaridan ko'ra ko'proq mamlakat ishlari, uning ichki siyosati
masalalari bilan shug'ullanishga e'tibor qaratdi. Shu boisdan ham, endilikda uning faoliyatida mamlakat
obodonchiligi, yurt tinchligi, farovonligi, ilm-fan ravnaqiga oid masalalar asosiy o'rin egallaydi.
Mamlakatda savdo-sotiq, hunarmandchilik va ziroatchilik- awalgidek rivojlanishda davom etadi. Ko'plab
sun'iy sug'orish inshootlari barpo etiladi. Mamlakat Buyuk Ipak yo'li orqali xalqaro
karvon savdosida faol
ishtirok etadi. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Shosh va boshqa shaharlarda ko'plab hashamatli
madrasalar, masjidu maqbaralar, karvonsaroylar qad rostlaydi. Uning bevosita rahnamoligida qurilgan
tengi yo'q me'moriy inshoot - rasadxona o'sha davr ilm-fani va texnikasining eng so'nggi yutuqlarini
o'zida mujassam etgan edi.
Ulug'bekning 1428— yilda o'tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va pul
muomalasini, moliya siyosatini yo'lga qo'yishda muhim voqea bo'lgan. Ulug'bek muomalaga chiqargan
yangi vazndagi tanga pullar o'z qadri, qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni
rivojlantirishda alohida rol o'ynadi. Uning davrida ham yuqori tabaqa vakillariga, harbiy sarkar-dalar, oliy
ruhoniylarga awalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. Bundan tashqari davlatning katta
ma'naviy tayanchi hisoblangan diniy muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf yerlari to'plangan
edi.
Temuriylar davrida aholi to'laydigan turli-tuman soliqlar orasida xiroj (yer solig'i) alohida ajralib
turardi. Dehqonlar yetishtirgan hosilning kamida uchdan bir qismi xiroj solig'iga to'langan. Bundan
tashqari ushr (daromadning o'ndan bir qismi), tamg'a (savdo-sotiq, hunarmand ahlidan olinadigan soliq),
zakot, tutun solig'i, bog' solig'i, uloq (davlat xizmatidagilar uchun), dorug'ona (harbiy qo'-riqchilar
uchun), mirobona (suv yetkazib beruvchilar uchun), yasoq (chorva mollari uchun), begor (davlat hisobiga
ishlab berish: saroy qurilishi, ariq, kanallar qazish uchun) va boshqa soliq va majburiyatlar joriy etilgandi.
Ulug'bek o'z davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritishga,
ilm-fan ahliga, din
peshvolariga homiylik qilish, savdo-tijorat va hunarmand ahliga rag'bat ko'rsatishga harakat qilmasin,
unga qarshi muxolifatchi kuchlar ham anchagina bor edi. Ulug'bek katta yer egalarining oddiy
fuqarolarga nisbatan suiiste'molchiliklarini cheklash tadbirlarini ko'rganda, ular «taxtdagi olim»ga qarshi
chiqdilar. Ruhoniylar orasidagi jaholatparast unsurlar Ulug'bekni islom diniga zarar keltiruvchi «betavfiq
hukmdor» deb tashviqot yuritdilar. Shu tariqa, jaholatparastlar ilmga, o'z manfaatini xalq manfaatidan
ustun qo'yuvchilar taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug'bek mamlakatdagi turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar
o'rtasidagi ichki ziddiyatlarni, mutaassib, reaksion kuchlar muxolifatini oxirigacha bartaraf eta olmadi. Bu
esa XV asrning 40— yillari oxirlariga kelib Movarounnahr davlatini beqarorlik va chuqur ijtimoiy
larzalarga duchor etdi. Mamlakat qo'shinining jangovor holatda bo'lmaganligi va turli joylarga
sochilganligi esa Dashti Qipchoq ko'chmanchi-larining bu yerlarga tez-tez bostirib kelib, yurtni talashi
uchun keng yo'l ochib bergandi. Xususan, 1447— yilda Shohruh Mirzo vafoti munosabati bilan
Ulug'bekning ota taxtiga da'vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Alouddavla va boshqa merosxo'rlar
bilan
hokimiyat talashishi, uning yo'qligida Abulxayrxon boshliq Dashti Qipchoq-liklarning
Movarounnahr yerlarini g'orat qilishi va nihoyat, qora kuchlar ig'vosi tufayli o'z o'g'li Abdullatif bilan
boshlangan nizoning katta jangga aylanib, unda Ulug'bekning mag'lub bo'lishi - bular, nafaqat, uning
fojiali o'limi bilan yakun topib qolmay, ayni paytda Temuriylar sulolasi inqirozini yanada
chuqurlashtirishga olib keldi.
Ulug'bek akademiyasi tarqalib ketdi, kutubxonadagi kitoblar yondirildi, olimlar boshi oqqan
tomonga ketishga majbur bo'ldi.
Ulug'bek o'limidan so'ng tez orada oqpadar Abdullatifning o'ldirilishi, undan keyin Samarqand hokimiyati
tepasiga kelgan Abusaid Mirzo (1451-1468)ning davlatni boshqarish o'rniga asosiy vaqtini Eron va
Xuroson hududlarida harbiy yurishlar bilan o'tkazishi, vafotidan so'ng Movarounnahrda hukmronlik
qilgan avlodlari - Sulton Ahmad (1468-1493), Sulton Mahmud (1493-
1494) va Sulton АИ Mirzo (1494-
1501) davrida yurtning yanada ichki ziddiyatlaru tanazzulga yuz tutishi pirovard oqibatda Temuriylar
hukmronligining barham topishiga olib keldi. XV asrning 90— yiilari boshlarida Farg'ona mulkida
Umarshayx Mirzo vafotidan so'ng, hokimiyat jilovini qo'lga olgan iming o'g'li navqiron va shijoatli Bobur
Mirzo (1482-1530)ning Temuriylar saltanatini tiklash va saqlab qolish yo'lida Muhammad
Shayboniyxonga qarshi olib borgan bir necha yillik jang-u jadal harakatlari ham natijasiz tugadi. Shundan
so'ng, buyuk orzulari sarobga aylangan, vujudini umidsizlik qoplagan Bobur Mirzo Afg'on va Hind
yerlari sari bosh olib ketishga majbur bo'ldi.
Xurosonda XV asrning ikkinchi yarmida Abusaid Mirzo o'limidan so'ng (1469) hokimiyatga
kelgan Husayn Boyqaro (1438-1506) davrida bu o'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ko'plab
muhim o'zgarishlar-u siljishlar yuz berdi. Buning boisi shundaki, Temuriy shahzodalar ichida jasur va
tadbirkor, salohiyatli va ma'rifatli hukmdor bo'lgan Husayn Boyqaro o'zining salkam 40 yillik hukm-
ronligi davrida Xurosonda katta xayrli
ishlarni amalga oshirish, saltanat qudratini ko'tarishga muvaffaq
bo'ldi. Bu ulug'vor ishlar va sa'y-harakatlarda uning maktabdosh do'sti, buyuk donishmand, o'zbek
mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari (1441-1501)ning o'rni beqiyosdir.
Ulug' Navoiyning Boyqaro saroyida birinchi vazir sifatida katta mavqe va nufuzga ega bo'lishi,
albatta, ko'plab muhim davlat masalalarini oqilona, raiyat foydasiga hal etishda qo'l kelgan. Ayniqsa,
poytaxt Hirot va uning tevarak-atroflarida faol obodonchilik ishlari olib borilishini ro'yobga chiqarishda,
ko'plab salobatli me'morchilik obidalari, xalq xo'jalik inshootlarini barpo etishda bu ikki ulug' zotning
bahamjihat sa'y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan.
Tarixchi Xondamirning ma'lumoticha, Husayn Boyqaro davrida bunyod etilgan yirik inshootlarning soni
40 dan ortadi. Hirotda bunyod etilgan o'nlab ko'rkam masjid-u madrasalar (shu jumladan 403 gumbazi,
130 ta ravoqi va 44 ta ustuni bo'lgan ulkan jome' masjidi), shifoxona-yu hammomlar, ilm maskanlari, suv
inshootlari - bular Xuroson davlatida kechgan katta bunyodkorlik ishlaridan yaqqol nishonadir.
Choshmag'ul mavzesida A.Navoiy tashabbusi bilan Turuqband suv omborining qurilishi Mashhad
va uning atroflarini ob-hayot bilan ta'minlashda benazir ahamiyatga ega bo'lgan. Biroq, baribir, Husayn
Boyqaro davrida ham Xurosonda ichki ziddiyatlarning kuchayib borishi, bek-amaldorlarning fitnalari,
sotqinligining avj olishi, yosh shahzodalar o'rtasida nizolarning kelib chiqishi, gazak olib borishi
davomida bu davlat XV asr oxirlariga kelib inqirozga yuz tutdi. Ayniqsa, Husayn Boyqaroning sevimli
nabirasi, shahzoda Mo'min Mirzoning fojiali o'limidan keyin podsho bilan uning o'g'illari o'rtasidagi
nizolar to'xtovsiz kuchayib bordiki, uni bartaraf etishning sira iloji topilmadi. Hatto, bu ishga qo'l urib,
ota-bolalar o'rtasidagi dushmanlikka nuqta qo'yish, ularni murosaga keltirib,
saltanat birligi, tinchligi va
osoyishtaligini qaror toptirishga uringan Alisher Navoiydek buyuk zotning sa'y-harakatlari ham behuda
ketdi. Bu esa Movarounnahr hududlarini egallab, Xuroson sarhadlariga ko'z tikib turgan Muhammad
Shayboniyxon beklari va amirlari uchun qo'l keldi. XVI asr boshlariga kelib, ya'ni Husayn Boyqaro
vafotidan so'ng (1506), Xuroson yerlari tomon yurish boshlagan Shayboniyxon qo'shini Badiuzzamon va
Muzaffar Mirzo qo'shin-larini birin-ketin yengib, tez orada butun Xuroson o'lkasini o'z qo'l ostiga kiritib
oladi.
Xuddi shu o'rinda tarixiy asosga qurilgan bir ibratli jonli lavhani muhtaram talabalarimiz e'tiboriga
havola etmoqchimiz: Bu 1497— yilda sodir bo'lgan edi. Mo'min Mirzo zanjirband holda Xirotning
Ixtiyoriddin qal'asida mahbuslikda edi. U «Qur'oni Karim»ning «Yosin» surasini qiroat qilardi. Bobosi
Husayn Boyqaroning o'z nabirasi Mo'min Mirzoni bo'g'ib o'ldirish to'g'risida muhri bosilgan farmonni
(uni shohning sarmastligidan foydalanib Hadichabegim boshliq fitnachilar qo'lga kiritgan edilar) ko'tarib
xonaga 4 jallod yarim tunda kirib keladi.
Mo'min Mirzo bobosi farmonini o'zi o'qib ko'rishini, muhrini o'zi aniqlashini amirona talab qiladi.
Jallodlar rozilik berishadi. Shahzoda: «Bobom muhri chekilgan bul farmon men uchun tabarrukdir»,-
deya farmonni avval ko'ziga surtadi, o'padi, keyin esa o'qiydi. Farmonda, jumladan, shunday mudhish
satrlar bor edi:
«Nishon yetishi ila paysalga solmay Muhammad Mo'min Mirzoni
kamon ipiga torlib, yo'qlik
chillaxonasiga jo'natilsin». Mo'min Mirzo o'zini dadil, mardona tutib, jallodlarga bunday deydi: «Ishingiz
bitgach, bobomning bul farmonini o'sha kamon ipim'ng bir qarichi ila bog'labo'zlarigaqaytaribbering. Bul
mening so'nggi vasiyatimdir. Ularga aytingki, o'z avlodi ila murosaga kelolmay, jallod xizmatiga muhtoj
podshoh saltanati uzoq cho'zilmaydi. Bobo, ehtiyot bo'ling! Al-qasosu minal haq!». Shu so'zlarni aytish
asnosida, yerdan kishan zanjirini olib boshi uzra aylantiradi, ikki jallodni yaralaydi, biroq kuchlar nisbati
teng emasdi. Qolgan ikki jallod uni yiqitib, farmonda aytilgan kamon ipi bilan bo'g'ib o'ldiradilar.
Zotan, 1506— yilda Husayn Boyqaroning xushidan ketishi, o'ldi deb ko'milishi, qabrda xushiga
kelishi, chiqishga urinishi, ammo chiqa olmaganligi — bular aslida «Al-qasosu minal-haq» in'ikosidir.
Shu tariqa, qariyb bir yarim asr davom etgan, o'z davrida Vatanimiz nomini shon-u shuhratga
burkagan, uni ijtimoiy taraqqi-yotning yuksak marralariga olib chiqqan, ulug' ajdodlarimiz tarixida
o'chmas iz qoldirgan Temuriylar saltanati hukmronligi taqtir taqozosi bilan halokatga mahkum bo'ldi.
Biroq
bu murakkab, ziddiyatli tarixiy jarayon keyinchalik yangi-yangi avlodlar uchun juda ko'plab
hayotiy masalalarning mag'zini chaqish, istiqlolni tiklash yo'lida bitmas -tuganmas saboq bo'lib xizmat
qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: