Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
Elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari. Yerdagi sim yerga ulashning konturi bilan ulanadi, bundan tash-
qari uning kuchlanish tarmog‘ining nol nuqtasi bilan ulanish imkoni
bor. Agar qurilmaning yerga ulash simini hech qaerga ulamasa,
qurilmaning g‘ilofida o‘zgaruvchan tokning taxminan 110 V ga teng
bo‘lgan kuchlanishi paydo bo‘ladi (bu inson uchun xavfli).
Bir va undan ortiq qurilmani ulash vaqtida ulanayotgan quril-
malar umumiy zanjirga alohida sim orqali yerga ulanishi kerak.
11.2-rasmda qurilmalarni to‘g‘ri ulash ko‘rsatilgan.
Yerga ulash muammosi «Pilot» ko‘rinishidagi va unga
o‘xshash tarmoq filtrlaridan foydalanish bilan hal qilinadi.
Interfeyslar bilan ulangan barcha qurilmalarning bitta filtrdan
ta’minlanishi potensiallarning farqlanish muammosini hal qiladi.
Agar bu filtr yerga ulangan uch qutbli rozetka tarkibida faoliyat
ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
~220V
0
┴
11.2-rasm.