Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
IdE (Integrated Drive Electronics)
– almashish tezligi 133 Mbayt/s
gacha bo‘lgan ShK diskli jamlagichlari uchun mo‘ljallangan interfeys.
ScSI (Small Computer System Interface)
– almashish tezligi
320 Mbayt/s gacha bo‘lgan skaner va disk yurituvchi (qo‘shimcha
kengaytirish platasi bilan) uchun interfeys.
Magistral
yoki shina – tizimning turli xil bloklari birgalikda
ishlatadigan ma’lumotlarni uzatish kanali.
Tizim shinasi markaziy protsessor va tashqi qurilmalar hamda tezkor
xotira orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.