Limon kislotasi bilan marinadlangan bodringlar.
Resept:10 kg bodring, 150-200 g
urug’li ukrop, 500- 800 g piyoz, 15-20 g xren ildizi, 1 dona sarimsoq boshi. Suyuqlik: 10 l
suvga - 375 g tuz, 125 g shakar, 125 g limon kislotasi, 10-15 dona murch doni va xantal,
5-6 dona dafna bargi. Bodringlar bonkaga tig’iz teriladi, 1-3 sarimsoq bo’lakchasi, 1-2
dona kesilgan piyoz xalqasi, xren ildizi bo’lakchasi, ukrop shoxchasi solinadi. qaynab
turgan marinad syuqligi bilan to’ldiriladi va 95°S haroratda pasterizasiya qilinadi: 1-2 litrli
bonkalar - 15-20 daqiqa, 3 litrli - 30-35 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |