Bodring marinadi (3-variant).
550-600 g bodring, 20 g ko’katlar aralashmasi, 2 dona
shirin qalampir, smorodina bargi (ta’bga ko’ra), 8 dona murch doni, 8 ta chinnigul
g’unchasi, 0.6 g dolchin, 430-380 ml marinad suyuqligi. Кo’katlar (petrushka, xren bargi,
ukrop, estragon) oqar suvda yuviladi, 5 sm uzunlikda to’g’raladi. Bonkaga murch doni,
dafna bargi, dolchin, chinnigul, ko’katlar aralashmasi, shirin qalampir bo’laklari, ustidan
bodring joylanadi. To’lgan bonkalarga marinad suyuqligi (90-95 °S) quyiladi (730 ml suv,
180 ml 9% li sirka, 45 g shakar, 45 g tuz). Bonkalar 100°S da sterillanadi: 0.5 l bonkalar -
5 daqiqa, 1 l - 7 va Z l - 18 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |