dukkakli ekinlar donlari, ba’zi ozuqabop o’tlarning urug’lari: suli, arpa, makkajo’xori doni
va so’tasi, bug’doy, javdar, tariq, oq jo’xori, no’xat, xashaki no’xat, yasmiq, china, nut,
Tegirmon va yorma zavodlaridan chiqadigan chiqindilar: bug’doy va javdar kepaklari,
bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori, guruch, tariq, no’xat, javdar, grechixalarga ishlov
berganda ajraladigan ozuqa unlari; bug’doy, javdar, no’xat oqshoqlari; oq va kul rang
tegirmon changlari; makkajo’xori, bug’doy, sholi kurtaklari; tarkibida 60% gacha foydali
Moy ishlab chikarish zavodlarining chiqindilari - shrot va kunjara: kungaboqar, paxta
chigiti, soya, zig’ir, eryong’oq, kanop, kunjut, kariandr, kanakunjut va boshqalar.
Shakar ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari: lavlagining quritilgan turupi,
22
melassa.
Кraxmal - shinni sanoati korxonalarida ishlab chiqarishdan xosil bo’lgan chiqindilar:
makkajo’xorili va bug’doyli quruq ozuqa, kartoshkali quruq mezga.
Pivo ko’pchitish sanoati korxonalarida ishlab chiqarishdan xosil bo’lgan chiqindilar:
kartoshka - donli xom ashyodan quritilgan quyqa, quritilgan maysa (solod) nishi va piva
drobinasi.
Gidroliz sanoati mahsulotlari - ozuqabop quruq achitqilar. Xayvonlardan kelib
chiqadigan ozuqalar: go’sht uni, go’sht suyagi uni, qon uni, kit, baliq unlari va jizza uni.
Pichan, somon uni, vitaminli o’t uni.
Mineral ozuqalar: osh tuzi, bo’r, suyak uni, oxak, mollyuska chig’anoqlari tabakasi uni,
mikrodozalardagi ba’zi elementlar turlari.
Donli em-xashakning katta axamiyatga ega ekanligi uning yuqori ozuqa
qiymatligidadir. Em - xashak ekini sifatida eng axamiyatlisi makkajo’xori, arpa va sulidir.
Omuxta emdagi don miqdori, xayvon turidan va ularning xo’jalik - ekspluatasion
guruxidan bog’liq xolda o’zgarib turadi. Turli omuxta em tarkibiga aralashma yoki aloxida
- aloxida ko’rinishda 10 dan 50% gacha suli, 30 dan 50% gacha va undan ko’p arpa, 20
dan 35% gacha va undan ko’p makkajo’xori, 15 dan 30% gacha javdar, 20 dan 30% va
undan ko’p bug’doy qo’shiladi.
Tegirmon va yorma zavodlarining ba’zi chiqindilari (kepak, tegirmon changi,
ozuqabop un) avvalo ozuqa maqsadida ishlatiladi.
Bug’doy va javdar kepagi ulardan navli va oddiy un tortish natijasida xosil bo’lgan
qo’shimcha maxsulot sifatida olinadi. Ular don qobiqlarining maydalangan bo’lakchalari
va kurtak aralashmalarining turli kattaliklaridan iborat.
Un tortish turidan va navli unning chiqishidan bog’liq xolda bug’doyni qayta ishlashda
kepakning miqdori 9,5 - 18,5%, javdarni qayta ishlaganda esa 9,0% dan 18% gacha etishi
mumkin. Uning tarkibida oz yoki ko’p miqdorda endosperm, va binobarin turli miqdorda
kletchatka xamda kul bo’lishi mumkin.
Ozuqa uni turli ekin donlaridan yorma olishda yoki bug’doy va javdardan bir navli un
tortishda xosil buladi. Ular mag’iz qismchalaridan, meva va urug’ qobiqlaridan, kisman
murtakdan, agar gul qobiqli donlarga ishlov berganda - gul qobiq bo’lakchalaridan iborat
bo’ladi.
Ozuqa uni mikdori ishlab chiqarishga tushadigan donning vazniga nisbatan olinadigan
yorma turidan va navidan boglik xolda 5-20% gacha, bug’doy va javdardan un tortishda
esa 6 - 15 % gacha etishi mumkin.
Donli chiqindilar asosiy ozik-ovkat ekinlari donlarini don qabul qilish punktlarida,
elevator, tegirmon va yorma zavodlarida donli va ifloslantiruvchi aralashmalardan
tozalashdan olinadi. Omuxta em tarkibiga donli chiqindilar bilan foydali donni 60% gacha
kiritishga ruxsat beriladi. donli chiqindilar tarkibidagi foydali donlar deb asosiy ekin
donlari va donli aralashma tarkibiga kiruvchi donlarga aytiladi. Donli chikindilarning
ozuqaviyligi ularning tarkibidan bog’liq xolda sezilarli o’zgaradi.
Bug’doy ozuqa uni normal xidli va ta’mli bo’lishi, rangi esa kulrang - malla bo’lishi
kerak, chaykash usuli bo’yicha kislotaviyligi 5 dan oshmasligi, kuldorligi 3,5 dan past va 4
% dan yuqori bo’lmasligi, namligi 15% dan oshmasligi, qorakuya va qorakasov miqdori
aloxida - aloxida yoki birgalikda 0,05% dan ko’p bo’lmasligi; gorchak va vyazel xam
xuddi shunday % 0,04 % dan oshmasligi lozim va shuning bilan birgalikda
23
zararkunandalar bilan zararlanganlik ruxsat berilmaydi.
Omuxta emga donli chiqindilarni ishlatganda asosiy e’tibor zaxarli aralashmalar
miqdoriga qaratiladi. Ularning miqdori oziq-ovqat va em - xashak uchun belgilangan
qiymatlardan oshmasligi kerak.
Кunjara va shrot - bu yog’ oluvchi zavodlarda moyli ekin urug’laridan va makkajo’xori
kurtagidan maydalab moy (yog) olish natijasida xosil bo’ladigan qo’shimcha
maxsulotlardir.
Кunjara va shrot qishloq xo’jaliklari tomonidan doimo yuqori talab bilan
foydalaniladigan, eng birinchi qatorlarda turadigan qiymatli em xisoblanadi. ular xalqaro
savdoda xam zaruriy obekt xisoblanadi.
Кungabokar kunjarasi va shroti - xayvonlar sevib iste’mol qiladigan qimmatli, yuqori
tuyimli em. Uning rangi turli tuslanuvchi kulrang. 100 kg kungaboqar kunjarasi 113 ozuqa
birligiga mos keladi. Qipiqning miqdori bo’yicha ular odatiy va kam qipiqli buladi. Odatiy
kunjara 15,5% gacha, kam qipiqli (moy olishdan oldin urug’ qobiqsizlantiriladi va meva
qobig’ining katta kismi ajratiladi) kunjarada esa - 4% gacha qipiq mavjud. Odatiy kunjara
va shrot tarkibida qipiq va kletchatkaning miqdori yuqori bo’lganligi uchun yosh xayvon
va parrandalar emiga kiritilmaydi. Кungabokar shroti esa sut bilan boqilayotgan buzoqlar
emiga kiritilmaydi (3-jadval).
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: