Harbiy tibbiy tayyorgarlik, fuqarolik muhofazasi, jismoniy tarbiya va tibbiy nazorat



Download 344,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana23.01.2022
Hajmi344,04 Kb.
#405695
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
sport jarohatlari va ularning oldini olish chora-tadbirlari

Gimnastika. 

Bu  sportning  Respublikamizda  ancha  ommaviy  va  rivojlangan  turidir. 

Sport  gimnastikasining  asosiy  qismini  har  hil  anjomlarda:  to‟sin,  bruslar  halqalar, 

gimnastik  ot  va  boshqalarda  mashqlar  bajarish  tashkil  etadi.  Jarohatlatlarning  75% 

qo‟l-oyoqlarga  to‟g‟ri  kelib,  uning  60%  qo‟l  panjalarning  shikastlanishidir.  Bilak 

bo‟g‟inlari,  yelka,  yelka  bo‟g‟inlari,  oyoq  panjalari,  boldirlar,  tizza  bo‟g‟ini  va 

tananing boshqa qismlarida jarohatlar 25% ni taskil etadi. 

Takidlash  lozimki,  gimnastika  bilan shug‟ullanuvchilarda ko‟pincha  qo‟l  kaftlarining 

qadoqlanishi  va  yangi  qadoqlar  yorilib  yiringlashi,  bu  esa  kaft  teri  osti  yog‟  hujayra 

pardasining yalig‟lanishi- fligmonaga olib kelishi mumkin.  

 

To‟sin  va  bruslarda  bajariladigan  mashqlar  paytida  notekkis  to‟shak  yoki  to‟shak 

chetlariga  noto‟g‟ri  tushish  bolder,  oyoq  panja  va  tizza  bo‟g‟ini  paylarining 

shikastlanish,  cho‟zilgan  qo‟l  ustiga  yiqilish,  yelka  oldi  va  qo‟l  panja  suyaklarining 

sinishiga  olib  keladi.  To‟sinda  mashqlar  bajarishda  jarohatlarning  oldini  olish  uchun 

tortqichlarning  yaxshi  mahkamlanishi,  butunligi,  to‟sin  yuzasining  holati,  qo‟llarning 

quruqligi takshirilib, qo‟l kaftlari va to‟sin toza, quruq, qalin paxta mato bilan artilishi 

kerak. 


To‟sin  mashqlarida  jarohatlarning  oldini  olish  gimnastika  mashqlarini  yangi 

boshlaganlarga  o‟rgatish,  to‟g‟ri  uslubga  va  to‟g‟ri  tashkil  etilgan  himoyaga 

asoslanishi kerak. 

Himoyachining  vazifasi  boshi  bilan  instiktiv  ravishda  cho‟zilgan  qo‟llar  ustiga 

yiqilishiga yo‟l qo‟ymaslik, Shuningdek,  zarba kuchini kamaytirishdan iborat. Biroq 

himoya  sportchidan  jasorat  va  dalillikni  tarbiyalashga  halaqit  bermasligini,  texnikani 

yaxshi egallamasdan, himoyaga qarshi bo‟lmasligi kerak. 

Himoyachi  tajribali  va  epchil  bo‟lishi  kerak.  Himoyani  ta‟minlashi  sportchi 

bajaradigan  mashqlarni  yaxshi  biladigan, himoya  uchun qulay  joy  tanlay  oladigan  va 

uni  qanday  o‟tqazishni  bilgan  murabbiyga  topshirish  maqsadga  muvofiqdir. 

Himoyachi  doimo  e‟tiborli  bo‟lishi  lozim.  Himoyachining  dadilligi  va  xushyorligi 

yetarsiz bo‟lgan hollarda o‟qitishning dastlabki davrlarida arqondan (lonj) foydalanish 

eng  yaxshi  yo‟ldir.  O‟qituvchi  va  murabbiy  shug‟ullanuvchini  dastlabki 



17 

 

mashg‟ulotlardanoq  “o‟z  o‟zini  himoya  qilish”  texnikasi  bilan  tanishishlari  va  



gimnastikachi tegishli usullarni batamom o‟zlashtirishiga erishishlari zarur. 

To‟sin  va  bruslarda  mashq  bajarilganda  kaft  terisini  quritish  uchun  magneziy 

kukunidan foydalanish, ushbu maqsadda konifol chang va bordan foydalanisga ruxsat 

etilmaydi. Bruslar yaxshi tekislanib, kertiklar va darz ketgan joylari bo‟lmasligi kerak. 

Kaftlarda qadoqlanish va ularning yorilishining oldini olish maqsadida yupqa teri yoki 

doka parchasini kaftlarga qo‟yiladi. Bruslarda mashq bajarish paytida (gavdani siltab 

aylantirish)  bruslarga,  staninaga  urilish,  shuningdek  noto‟g‟ri  sakrash  natijasida 

yiqilishlar jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Yerga tushish paytlarida butun uzunlik bo‟ylab tekkis to‟shak solingan, ochiq joylarda 

esa chuqur qazilib, u yog‟och qirindisi va qum aralashmasi to‟ldirilgan bo‟lishi kerak. 

 Gimnastik  otlarda  vas  chorpoyaga  tayanib  sakrash  mashqlarida  anjomlarga  urilish 

oqibatida  qorin,  sonning  old  qismi,  boldirlar,  ularning  oralrig‟i  lat  yeyishi  mumkin. 

Otda  gavdani  siltash  mashqlardagi  tasodifiy  natijada  qo‟l  barmoqlari,  yiqilganda  esa 

boldir-  oyoq  panja  va  tizza  bo‟g‟imlari  shikastlanishi,  yelka  oldi  suyaklari  sinishi 

mumkin. Tutqichlar yog‟ochdan qilinishi kerak, tutqichsiz otdan foydalanish zaruriyati 

tug‟ilsa,  tutqich  o‟rnatilgan  teshiklar  usti  teri  bilan  qoplangan  maxsus  yog‟och  bilan 

anjom yuzasi bilan bir tekkis qilib yopib qo‟yiladi. Sakrash ko‟prigi teshiklari rezinka 

bilan qoplanadi.  Gimnastik ot ustidan sakrash jarayonida ketma-ketlikka, Shuningdek 

to‟g‟ri  himoya  va  yordamga  e‟tibor  qaratish  lozim.  Sportchining  trusi  ostidan 

suspenzoriy  yoki  bandaj  taqishi  jinsiy  a‟zolarning  shikastlanmasligini  ta‟minlashda 

juda samaralidir. 

Xalqa  mashqlarida,  boshqa  gimnastik  anjomlardagi  mashlardagiga  qaraganda 

jarohatlar  ko‟proq  bo‟ladi  bu  holat  tayanchlarning  qo‟zg‟aluvchanligi  va  himoya 

qilishnishning  qiyinlngi  bilan  tushuntiriladi,  yelka  va  tirsak  bo‟g‟inlari  mushak 

aparatining  o‟ta  elastikligi  zarur  bo‟lgan  mashqlarni  bajarishda,  shuningdek 

mashqlardan keyin sakrashlar vaqtida kelib chiqadi. Cho‟zilishlar va lat yeyishlar bilan 

bir qatorda suyak chiqishi va sinishlari kuzatiladi. 

Rahbarning  ishtirokisiz  xalqada  o‟tkaziladigan  mashqlar  davomida,  boshqa 

anjomlardagilarga  qaraganda  ko‟proq  jarohat  hollari  uchraydi.  Bundan  ko‟rinib 



18 

 

turibdiki,  nazoratsiz  o‟tkaziladigan  mashqlarni  qat‟iyan  ma‟n  etish  jarohatlar  sonini 



ancha  kamaytiradi.  Himoya  qilish  va  to‟shaklarni  yoyishda  sportchi  tebranish 

mashqlarini  bajargandan  keyin  yerga  anjomdan  4-5  sm  nariga  tushishi  mumkinligi 

nazarda tutilishi lozim. Yoz oylarida halqa mashqlariga o‟rnatilganda zarur uzunlikda 

chuqur  qazilib,  yetarli  qum  va  yog‟och  qirindisi  bilan  to‟ldiriladi.  O‟qituvchi 

mashg‟ulot  oldidan  temir  arqonlar,  bloklar,  xalqalarning  mustahkamligini  tekshirishi 

zarur. 


Sport  o‟yinlari.  Futbol  o‟yinlarida  ozgina  tirnalishdan  to  suyak  sinishigacha  bo‟lgan 

jarohatlanish  hollari  sodir  bo‟lishi  mumkin.  Eng  k‟op  oyoqlar,  tizza,  boldir-  oyoq 

ponja  bo‟g‟inlari  jabrlanadi.  Oyoq  panjasini  qo‟zg‟atmasdam  turib  gavdani  keskin 

burish  oqibatida  xojsimon  (kretsimin)  paylarning  uzilishi  va  tizza  qopqog‟i 

shikastlanishi  mumkin.  O‟yinchilar  bir-biriga  to‟qnashib  ketganida  qovurg‟a,  burun 

suyaklarining sinishlari, yuz, bosh jarohatlari, bosh miya chayqalishi ko‟proq uchraydi. 

Boldir  suyaknig  boldirga  urish  boldir  suyagining  sinishiga  olib  kelish  mumkin 

(ayniqsa qalqon kiyilmasa) 

 Jarohatlarning  deyarli  yarimisi  ayrim  o‟yinchilarning,  ayniqsa  yutqqizayotgan  jamoa 

o‟yinchilarning  qo‟polligi,  intizimsizligi  orqasida  kelib  chiqadi.  Profilaktika  nuqtai 

nazaridan  o‟yinchilar  orasidan  tarbiyaviy  ishlarni  olib  borish  va  doimiy  ravishda 

madaniyat  ca  professional  darajalarini  oshirish  borasida  g‟amho‟rlik  qilish  muhim 

ahamiyatga  ega.  Musobaqalarda  hakamlarning  belgilangan  qoidalarning  buzilishiga 

yo‟l qo‟ymasliklari ayniqsa katta ro‟l o‟ynaydi. 

Futbol  maydoning  notekisligi,  unda  chuqurcha,  do‟ngliklar  mavjudligi,  oyoq 

paylarining  qayrilib  ketishiga,  futbolchilarning  yiqilib  tushishiga  va  boshqa  bir  qator 

jarohatlanishiga  olib  kelishi  hech  kimga  sir  emas.  Bunday  kamchiliklar  o‟yin 

boshlanmasidan bartaraf etilisi lozim.  

Futbol  o‟yinida  jarohatlarning  oldini  olishda  o‟yinchilar  boldir-  oyoq  panjasi 

bo‟ginlarini elastik bint bilan o‟rash boldirning old qismini lat yeyish va sinishlardan 

himoyalovchi qalqonlar kiydirish trusiylar ostidan jinsiy a‟zolarni jarohatdan saqlovchi 

suspenzoriylar  darvozabonlarga  trusiy  ostidan  qo‟shimcha  paxta  trusi  kiydirish,tirsak 




19 

 

bo‟gimlariga  ham  maxsus  qoplamalar  qo‟yish  eng  ko‟p  qo‟llaniladigan  vosita  va 



choralardir. 

Basketbol va qo‟l to‟pi o‟yinlar vaqtida yiqilish, o‟yinchilarning to‟qnashuvi va boldir, 

oyoq  panjalarini  qayrilib  ketishi,  o‟yinchining  noqulay  burilishi  va  yerga  yiqilib 

ketishidan kelib chiqishi mumkin. 

Voleybol  o‟yinlarida  yiqilish  oqibatida  shilinish  va  lat  yeyishlar  kuzatiladi.  To‟p 

urishda  qo‟l  barmoqlari  (  paylarning  qisman  uzilishi)  shikastlanishi  mumkin.  Yelka 

bo‟g‟ini  sohasida  (yelka  bo‟g‟imining  chiqishi,  mushaklar  cho‟zilishi  va  qisman 

uzilishi) shikastlanishi mumkin.   

Eng ko‟p hollarda jarohatlarning sababi  o‟yinchilarning  yetarsiz tayyorgarligi bo‟lib, 

bu  kamchilik  birinchi  navbatda  qo‟l  barmoqlarining  to‟pni  urishda  va  qabul  qilib 

olishdagi holatida (barmoqlarni to‟g‟ri va ochiq holatda ushlash), shuningdek voleybol 

maydonchasidagi kamchiliklarda namoyon bo‟ladi. 

Profilaktik  chora  tadbirlar:  mashg‟ulotlarning  to‟g‟ri  tashkil  etilishi  va  o‟tkazish 

uslubi,  o‟yinchilarning  texnik  tayyorgarlik  darajasini  ko‟tarish,  maydon  jihozlarining 

texnik holatini yaxshilash. 


Download 344,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish