Harbiy tibbiy tayyorgarlik, fuqarolik muhofazasi, jismoniy tarbiya va tibbiy nazorat


 Har hil sport turlari mashg‟ulotlarida jarohatlarning xususiyatlari va



Download 344,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana23.01.2022
Hajmi344,04 Kb.
#405695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
sport jarohatlari va ularning oldini olish chora-tadbirlari

6. Har hil sport turlari mashg‟ulotlarida jarohatlarning xususiyatlari va 

ularning oldini olish



Yengil  atletika. 

Yengil  atletika  darslarida  sport  jarohatlarining  soni  unchalik  kop 

emas.  Jarohatlarning  eng  kop  sakrash,  to‟siqlardan  oshib  yugurish,  nayza  gardish, 

granat  uloqtirish  paytida  kelib  chiqadi.  Sakrashlardagi  jarohatlar  ko‟p  hollarda  irgish 

va  yerga  tushish  paytida  olinadi.  Yomon  holatdagi,  texnik  jihatdan  yetarsiz 

tayorlangan  maydoncha  sportchi  irg‟igan  paytda  oyoq  panjalari  qayrilib  ketish 

natijasida  bolder  oyoq  panjalari  paylari  shikastlanishi  yoki  topiqlar  sinishi  mumkin. 

Xuddi shunday shikastlanishlar sportchi yerga tushishda ham yuz beradi. 

Uzunlikka  va  yugurib  kelib  uch  karra  sakrashdagi  jarohatlarda  asosan  topiqning 

shikastlanishi  kuzatilgan.  Langarchop  ,bilan  sakrashda  yerga  tushish  paytida  chop 

sinishi  natijasida  va  yerga  noqulay  tushishda  umurtqa  pog‟onasining  shikastlanishi, 

qo‟l oyoq suyaklarining sinishi, chiqishi, lat yeyishi, tizza qopqog‟ining shikastlanishi, 

bosh miyya chayqalishi va h.k ro‟y berishi mumkin. 

Sakrashlar  paytidagi  jarohatlarning  sababi  mashg‟ulotlarning  noto‟g‟ri  uslubi  va 

tashkil etilishi, chuqurlarni tayyorlashdagi kamchiliklar bo‟lishi mumkin sakrashlarni 

o‟rgatishda irg‟ish va yerga tushishni tog‟ri bajarishga aloxida e‟tibor qaratish lozim. 

Uzunlikka sakrashda va yugurib kelib uch karra sakrashda irg‟ish  amalga osiriladigan 

yog‟och  brusok  yerga  bir  hil  sathda  ko‟miladi,  jarohatlardan  qochish  maqsadida 

sakrash chuqurining chetlari yer yuzasi bilan bir sathda bo‟lishi va ular rezinka yoki 

brezent  ostidan  yumshoq  narsa  qo‟yib  qoplanadi.  Chuqurdagi  qum  xaskash  bilan 

yumshatiladi va tekislanadi. 

Langar  cho‟p  bilan  sakrash  oldidan  uning  butunligi  va  mustahkamligini  tekshirish 

lozim. 



15 

 

 Yengil  atletchilar  –  yuguruvchilarning  oyoq  kiyimlari  oyog‟iga  loyiq  va  belgilangan 



tipda  –  tikanakli  bo‟lishi  lozim.  Oldindan  paylari  shikastlangan  shaxslar  mashqlar 

vaqtida tizza, bolder oyoq  panjalariga maxsus qoplamalar kiyishlari lozim. 

 To‟piq  qismda  lat  yeyishning  oldini  olish  va  zarbalarni  yumshatish  uchun  to‟piq 

ostiga tashik – teshik rezinka qo‟yish zarur. 

Yengil  atletika  anjomlarini  irg‟itishda  asosan  tirsak  paylari  va  yelka  bo‟g‟inlarining 

shikastlanishi, yelka chiqishlari, yelka suyagining sinishlari kuzatiladi. 

Gardish  irg‟itish  va  yadro  uloqtirishdagi  jarohatlar  nisbatan  kam  kuzatilib,  asosan 

deltasimin mushaklarning cho‟zilishi yelka va bilak bog‟inlari kasalliklari olib keladi. 

Profilaktik tadbirlar birinchi  navbatda  mashg‟ulotlarni to‟g‟ri  tashkil  etish  va usubiga 

asoslanishi kerak. 

Qisqa  masofaga  yugurishda  sonning  bukiluvchi  va  ochiluvchi  mushaklarning  ayrim 

tola  va  dastalari  qisman  yoki    to‟la  uzulishlar  shaklida  shikastlanishi,  oyoq 

panjalarining  boldir-panja  va  tizza  bo‟g‟inlarining  paylarining  shikastlanishi  bilan 

birga bo‟g‟imdan  chala holda  chiqish kabi  holatlar  yuz  berishi  mumkin. Shuningdek, 

ahil payi suyak sinishlari yoki tikanakalardan yaralanishlar kuzatiladi  

O‟ta  qattiq  va  dag‟al  yo‟laklarda  yugurish  yengil  atletikachilarda  o‟ziga  xos 

yallig‟lanishiga,  masalan  katta  berts  suyagi  pardasining  yalig‟lanishi  periostitga  olib 

keladi  va  har  bir  mashq  mashg‟ulotidan  keyin  qo‟zg‟aluvchi  qattiq  og‟riqlar  tufayli 

mashg‟uliotlarni otqazish mumkin bo‟lmay qoladi. 

 Bunday  shikastlanishlarning  asosiy  profilaktikasi  yugurish  texnikasi  o‟rgatishning 

to‟g‟ri  uslubi,  shug‟ullanuvchining  mushak-  pay  aparatini  minimal  va  maksimal 

jismoniy zo‟riqishlarga tayyorlash, shuningdek, har bir mashg‟ulot va musobaqalardan 

oldin samarali badantarbiya  mashqlari o‟tqazishdan iborat. 

Talabalar mashg‟ulot vaqtida bir-birlariga shikast yetkazmasliklari uchun o‟zaro oraliq 

masofani  saqlashlari  kerak.  Badantarbiya  mashqlari  nafaqat  asosiy  jismoniy 

zo‟riqishlardan  oldin  mushaklarda  qon  aylanishini  yaxshilaydi,  balki  ularni  qizdirib 

eng  avvalo  murakkab  harakatlarni  bajarishni  qulaylashtiradi.  Albatta  sovuq  havoda 

issiq mashq kiyimi kiyish lozim. 




16 

 


Download 344,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish