www.ziyouz.com kutubxonasi
35
borganimda, shunday ayollardan biri, mashhur san'atkori - Salma telba holda
keltirilgandi. U suhbatdoshlar orasida uy buzuvchi deya nomlanardi. Alloh undan
intiqomini olgan buzgan oilalari uchun tirikligidayoq jazolanayotgan edi. Keyinroq uni
ruhiy kasalahonada deb eshitdik... . Oramizda juda boy ayol bor edi. Do'konu
mashinalrini sonini hech kim bilmasdi. Uyi antiqa ashyolarga to'la edi. Bir kuni
turmushga chiqmoqchi, keyin Olmoniyaga ketmoqchi ekanini bildik. Qutulmoqda deya
sevindik. Keyin bilihimizcha, o'sha kishi uning hamma mollarini sotib, huquqiy jihatlarini
men yuritaman, deb o'zlashtiradi. Olmoniyaga ketish uchun tayyorgarlik ko'radi.
Mu'nihga kelganida o'sh aodam:"Sening pasporting va ruhsatnomang shu yergacha
yahshi qol!" deya jo'navoradi. Ayolni orqaga qaytarish uchun polismenga odam
yuboradi. Hotin o'sha yerda aqldan ozib, ruhiy kasalhonaga tushadi. Shifonadan
chiqqanida uni ko'rdim. Juda cho'kib keksayganday bo'lib qolgan, aljirab tilanardi... .
Aytadigan narsalar ko'p... Yana bittasini aytayin. Boy lekin o'lguday ziqna bir dugonamiz
turmushga chiqmoqchiligini aytdi. Har doimgiday hammamiz sevindik. Uylanadigan kishi
uning barcha mol dunyosini o'zining nomiga o'tkazadi. Dugonamiz bizga boyligini
Amerika tomonlarda sohil bo'yidagi uyga joylashtirganini aytdi. O'sha oqshom uyga
boradilar. Kuyov undan oldin kiradi, dugonamiz kirsa, uning oldida bir kelin o'tiribdi.
Dugonamiz kuyovdan :
- Buning bu yerda nima ishi bor? Bu kim? - deb so'raydi.
- Sening nima ishing bor? Bu yer mening uyim, bu mening erim, - deydi kuyovdan
oldin. Dugonamiz o'sha yerda aqldan ozadi. Ko'chaga chiqib yiqilib qoladi. Yurdosh
fuqoralar uni Bakirko'lga eltishdi. Alloh taolo bandasini bandasiga sabab qilib intiqomini
oladi yoki oldiradi. Albatta buni aql yuritganlar biladi. Bu ayollarning na dunyosi go'zal,
na ohirati... Ikkisi ham harob. .
Duolarimda u yerda bo'lgan ayollarning qutulishlarini so'rab, allohimga yovoraman.
Allohga sig'inib kechmishimdan tavba qilaman, avf qilib shu kunlarga yetkazganiga
shukrona aytaman. Bu sarhush, telba dunyoda biror dardsiz odam bormi, deb so'raymiz
goho. Endi bizni diqqat bilan tinglang...
"dardsiz odam bo'lmaydi". Biz buni bilamiz, siz ham bilasiz. Lekin dardiga sabru
qanoat qilgan dardli esada yanada huzurli bo'lgan insonlar ham bor. Bu huzur qanday
qo'lga kiritiladi? Dardli holda mas'udlik qanday mumkin bo'lur? Qancha odamlarni
ko'rdik, ro'molhasi dog' bo'lganiga yig'laydi. Yana necha insonlarni ko'rdik, jufti o'lgan,
o'zi saraton kasaliga chalingan, lekin ko'z yosh to'kmaydi. to'ksa ham bildirmaydi,
oyoqda turib sabr qiladi. Biri ro'molchasining kiriga, paypog'ini ipi uzilganiga yig'lasa,
nega ikkinchisining ahvoli tang bo'lsada siqilmaydi, buhron kechirmaydi? Sababi nima?
Nogoh dunyoda hamma narsasidan, yaqinlaridan ayrilib, yolg'iz qlgan qariya ruhiy
kasalhonaga tushadiyu, huddi shunday ikkinchi qariya qanday qilib tushkunlikka
tushmaydi? Ajabo! Unashtirilgan yigiti tahslab ketgan yosh qiz yomon yo'lga kirib
aqlidan ayriladi-yu, huddi shunday boshqa qiz nechun aqli hushi, irodasi, nomusini
yo'qotmasdanhayotini davom ettirmoqda? Narigi qizning joniga qasd qilishiga sabab
bo'lgan voqealar nima uchun bunisiga ta'sir qilmagandek? Farzandsizlikdan bir ayolo'z
joniga yetti bor joniga qasd qiladi-yu, boshqa shunday ayol bunday yo'ltutmaydi?
Hotinidan mukammallik talab qilib bir er o'z uyini tark qiladi, hunday boshqa erkak esa
turmushini buzmaydi? Unga nima taskin beradi? Savollarimiz tuganmas... tugamaydi
ham. Nechun insonning uyi, mersedesi, hotinlari, yeyishi, kiyishi, har narsasi yetarli,
mo'l bo'lgani holda u hushbaht emas. U dunyosini, o'zini anglayolmaydi, behayo
filmlardan huzur oladi. Balki buzuqlik iskanjasidan o'zini qutqarolmaydi. O'ziga hos
mustahkam fikri yo'q. hayoli oshqozinida va yengil yelpi o'ynab kulishida. Go'zal ayol
ham hazin, go'zal bo'lmagani ham. O'z-o'zicha dardsizman degani ham hursand emas...
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |