www.ziyouz.com kutubxonasi
33
shunchalik go'zal bo'la turib nega menga o'ralashmoqchi bo'lishadi? Bir necha kun
o'tmasdan muallim ham ho'jona ekanligini bilib qoldim. Bozorga chiqqanimizda o'zini
juda sirli gap aytgandek tutib:
- Shu savdigar senga oshiq, sen bilan bo'lish uchun borlig'ini sovurishga tayyor, -
dedi. Endi bu soz'larning ma'nosiga yetardim. Nima desa desin, qabul qilmadim. Chunki
Erto'g'onni sevardim. Erimdan ko'rmagan sevgi uhun undan intiqom olaman, deb
o'ylardim. muallimning hotini ham yosh ho'jona edi. Juda go'zal, menga o'hshab ikki
bolasi ham bor. Lekin izlagan mas'udligini u ham topmagandi. Ruh islomiyatni bilmagani
uchun, o'ziga ozuqa ahtarardi, bo'shlqi nima bilandir to'lishi kerak-ku ahir. Bu yo'l
ho'jonalikka to'g'ri keldi. Shu yerda hatoyimda jirkanch sanaladigan birinchi taklifni
aytdi.
Alloh taoloning amrlari kichik ko'rinib, ha endi nima qipti, deyish yomon yo'lga kirib
ketishga sabab bo'lishi mumkin. Masalan, ayol erkak birga o'tirishi, uylarning ichki
tahsqisiga uyg'un bo'lmasligi kishilarning erkagu ayol, o'g'il va qizlarning hayotini
tahlikaga qo'yadi. Havf sari eshik ochilgan bo'ladi. Ko'ngilhushlikka o'ch ayollar, erkaklar
yomon yo'lga kirib ketganligini sababini shunday suhbatlardan ko'rishmoqda-ki, bu ham
aralash o'tirishning oqibatidir. Bir-biridan ko'ngilochar joylar to'g'risida har hil qiziqarli,
jalb etuvchi hikoyalarni eshitishni hunuk oqibati ekanini o'zalri aytishmoqda.
Shuni alohida takidlash kerakki, oshanday joylarga tushib qolgan menday ayol ham
buni qabul qilolmayman. Turkiyada yashovchi Allohning halifasi maqomidagi insonlar
ham bunga mas'uldirlar. To'g'ri tushuning, hozir sotilgan hotin qizlarning ko'pi
musulmonlar. Bularning ismlarini aytmoqqa uyalgan kishilar bunday hotinlar o'ynagan
filmlarni o'g'il-qizi, hotini bvilan tomosha qilishmoqda. Shuni unutmaylikki, barchamiz
bandai ojizmiz, yomon yo'lga tushib qolgan ayollarga ham barchamiz javobgarmzi. Ahir
ularga islomni yetkazdikmi? Ularning yomon yo'lga kirib qolishi Alloh taolo va Uning
amrlarini bilmasliklari uchun emasmi? Povilyo'nlarda, uchrashuv yo'llarida... Yoshlar
filmlarda o'ynamoqda... Bizning o'z farzandidan behabar musulmonimiz endi mundoq
qarasa, kechagina povilyo'nlarning "g'unchasi" bungun film "guli" bo'lib, o'g'il qizi unga
muhlis bo'lib turibdi. Ularning osib qo'yilgan rasmlariga maftun bo'lib yuribdi. Va bu
holga o'sha musulmon ota-ona hech narsa demaydi. Boy musulmonlar muhtojlikdan shu
yo'lga kirib qolgfan ayollarga o'zlarini javobgar bilmaydilarmi? Er-hotin kelishmovchiligi,
qaynona, qanysingilning kelindan erga tinimsiz shikoyatlari, erning hotindan sovishi,
hotinning eridan noroziligi... . Qaynota qaynonaning kelinni choriday ishlatishni hohlashi.
Ayolga hayvonga nisbatan ham pastroq ahamiyat berilishi... asosiy sabablardan biri.
Moddiy tomondan qiynalishi esa yana bir sabab.
Bir kuni telefon jiringlab qoldi. Olsam, qarshimdagi poviyo'n ho'jayining uyiga o'g'ri
tushib uni o'ldirib ketganligi haqida habar berishdi. Hayajonlandim. Janozasi Shishli
jome'sida o'qiladi, deb aytishdi. O'sha kuni hech birimiz ishga bormadik. Shimda,
boshimga dastro'moldek ro'molni "o'rab" janozaga bordim...
Jome'ning oldi odam bilan to'lgan. Gulchambarlar ko'pligidan tobut ko'rinmasdi...
yig'lashmoqda... men ham yig'ladim. Ammo nega yig'lardik? Tirikligida jome'lar haqida
aytgan so'zlari yodimga tushdi. Jome'larni Turkiyadan yo'q ailish degan odam, endi o'zi
yo'q bo'lib, jome'dan ko'tarilib, pastga qora yer tagiga ketmoqda edi. Holbuki, bu odam
o'zi egalik qilgan uchrashuv uylarining oldida ichkilikka to'la stolga qo'yilishi kerak. Bu
odam hotin-qiz sotib shunchalik ko'p pul topgan-ki, bu boylikka yan qanchadan qancha
uchrashuv uylari qursa bo'lardi. Jome'larga duhsman bo'lgan bu odamning nufuz
qog'oziga har qalay "musulmon" yozilsa ham musulmonlikka dushman bo'lgan bu
odamni janozasini o'zi egalik qilgan uchrashuv uyidan ko'tarishga g'urur tuyamiz deyish
kerak edi. Umrida jome' ichiga kirmagan, tashqarisidan ko'rishi bilan kufr keltirgan
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |