www.ziyouz.com kutubxonasi
32
nomlanishiga qarang"HO'JONA" - go'yo ustozlar ayollarni yomon yo'lga solmoq uchun
mashg'ullar, bu subutsiz ayollarni ularning nomi bilan atashadi.
"Sevgili va qimmatli Lutfiya! Sizni ko'rgach, sevgi neligini angladim. Behad go'zal
ayolsiz. Oilangiz, bolalaringizni borligining hech ahamiyati yo'q. Menga, menikiga
kelsangiz bo'ldi. Sizga sevgi to'la heyot bag'ishlamoqqa harakat qilardim".
Bilasizmi, bu maktub qarshisida ne holga tushdim? Shunday hayajonlandimki!. . Ayol
ham hech seviladimi? ...
Ayol faqat erkakning... vositasi, bundan tashqari kezsin, to'zsin, o'z ko'ngilhushligini
qilsin, faqat erkak bilan hech bir aloqasi bo'lmasin(o'zholiga qo'ysin). Ilgariroq mehr-
muhabbat va hurmatni eshitib turardim. Takliflar doim ko'p bo'lardi, lekin bu safar
qarshimda jonli isbot turardi. Bu erkak bial ko'rishgib suhbatlashdik. Ammo ko'p o'tmay
Anqaraga qochishga qaror qildik. Qarorni amalga oshirishdan oldin onamning oldilariga
bordim. Qaytib kelgunimcha erim bilan qaynonam hammasidan habar topishibdi.
Onamnikidan qaytganimda meni uyga qo'ymadilar. Keyinchalik qarorlarini qanday
o'zgartirishgan bilmayman. Qaytib uyga joylashdim. bir narsa deyishmadi. Bolalarim
yoniga qaytgach, "sevgilim"bilan aloqani uzdim. Erim tobora boyib oliy tabaqaga aylanib
borardik. Erim nima qilishim bilan ishi yo'q. Men uning nomusiga dog' tushiradigan
harakatlar qilganimda ham loaqal bir musht urmadi. Yana hozirgi uyimizdan kattaroq uy
qurmoqchi bo'ldik. Yangi olgan zamonaviy jihozlarimiz yangi uyimizga sig'masdi.
Modomiki boy ekanmzi, uyimiz ham boylarnikidek bo'lishi, o'zimiz ham boylarday
yashashimiz lozim edi-da. Bu voqeadan keyin ho'jonalar tomonidan ikki yil bezovta
qilinmadim. Ko'rinishdan bahtli yashardik. ammo men bahtiyor emasdim. Mas'udlik
ahtargan, bo'shliqda tebrangan bir ayol edim. Insonlar menga yahshilik qiladi, deb
ko'rsatgan eshikka kirib, saodat ahtarar, balki baht shu yerdadir, deya o'ylardim. O'sha
paytlarda nega qarshimdan bir musulmon chiqmadi? Musulmonlar boshlarini tuyaqushga
o'hshab qumga tiqib pinhon saqlasharmidi? Sen musulmon edingmi, deb so'raganlarga
javobim shu savoldir: erini aldagan ayol musulmon bo'ladimi? Komil iymonli musulmon
ayol menday ish tutarmidi? Yangi uyimzini pastki qavatiga joylashdik, ustki qavati
bo'yoq qilnardi. Bir kuni erim:"Bo'yoqchi mening tanishim, Erto'g'on, juda ham nomusli
inson, uyga kirib tursin, taom ber", dedi. Nomusli emish, qaysi nomus haqida, kim
gapiryapti? Yana aytaman, nomus tushunchasi shariatdan tashqari bo'lsa, ayniqsa
ayolhususida hech kim nomusli emas. Mo'min esa nomuslidir. Erto'g'on nomusli bo'lsa,
keyingi hayotimda ta'siri bo'larmidi? Nomusli bo'lsa yolg'iz ayoldan taom talabida
honasiga kirarmidi? Nomus emish...
Do'stlaringiz bilan baham: |