"XO'JONA" QO'SHMACHILAR
Biz tomonlar "johiliyat" hayotini kechirayotgan edi. Johiliyat deyilsa, odatda
Arabistonning qadimiy davrlari tushuniladi. go'yo johiliyat endi yo'qdek. Meni va men
kabilarni ko'ngilochar joylarga tushirgan johiliyat emasmi? Islom hukm surmagan
jamiyat johiliyat davrlaeidan birini yashayotgan bo'ladi. Bunday jamoa ichidagi ko'pchilik
ayollarning ko'zi va ko'ngli erida bo'lmaydi. Ularda bir hushtor topsam degan fikr
mavjud. Menda bunday fikr bo'lmasada, o'sha jamoat ichida edim va o'sha fikr tomon
ketayotgan edim. Marsin va Adonada "ho'jona"lar bor edi. Ho'jona - oilali ayolning
dushmani. Ular bokira qizlar bilan mashg'ul emas, turmushga chiqqan ayollarni yo'ldan
urar edi. Ayollarni mo'ljalga olib tuzoq tashlab qo'yar, vaqti kelib o'qi nishonga tegar
yoki har jihatdan parishon ayolning o'zi bu tuzoqqa kelib tushardi. Va oqibatda bunday
insonlarga tobe'bo'lib qolardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |