Ng
tovushi
til orqa, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun, jarangli, sonor undosh
tovush bo‘lib, so‘z boshida mutlaqo uchramaydi. So‘z o‘rtasida
(yangi, bangi)
va
oxirida
(bodring, ong)
keladi.
46
Q
tovushi
chuqur til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib,
so‘z boshida
(qadr, qovoq, qo‘l),
o‘rtasida
(oqil, baqir, chuqur )
va oxirida
(o‘roq,
yo‘q,)
keladi. Bu tovush ayrim ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar oxirida kelganida unli bilan
boshlangan
qo‘shimchalar
qo‘shilsa,
g‘
tovushiga
almashadi:
quloq+im>qulog‘im, to‘yoq+i >tuyog‘i.
To‘qson, maqtov, maqsad
kabi so‘zlarda
esa
x
tovushiga o‘xshab talaffuz qilinadi.
G‘
tovushi
chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovush bo‘lib, so‘z
boshida
(g‘azab, g‘ildirak, g‘o‘za),
o‘rtasida
(dag‘al, og‘ir, o‘g‘ri)
va oxirida
(tog‘,
bug‘, tig‘ )
keladi.
X
tovushi
chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘z
boshida
(xabar, xurjun, xol),
o‘rtasida
(paxta, axir)
va oxirida
(six, mix)
qo‘llanadi.
H
tovushi
bo‘g‘izda hosil qilinadigan, sirg‘aluvchi, jarangsiz tovush
bo‘lib, so‘z boshida
(halol, hikoya, hukumat),
o‘rtasida
(sayohat, ohu)
va oxirida
(sayyoh, eh)
qo‘llanadi. Bu tovush asosan arab, fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda
uchraydi.
Qo‘sh tovushlar va ularning qo‘llanilishi
Ma’lumki, unli tovushlar so‘zlarni shakllantirishda yakka holda, qo‘sh
holatda va ketma-ket holda qo‘llanadi. Unlilarning yakka holatda kelishi o‘zbek tili
tabiatiga xos bo‘lib, turli tipdagi ikki unli ketma-ket bir o‘rinda kelishi yoki bir xil
unlining bir o‘rinda qo‘sh holda qo‘llanishi (poema, doim, sanoat, taajjub, matbaa)
turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida boshqa tillarning ta’siri, xalqlarning
o‘zaro aloqasi tufayli paydo bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ao, oa, oi, ia, io
kabi turli unlilarning ketma-ket bir o‘rinda kelish hollari mavjud: jamoat, faol,
doira, .muomala kabi.
Bir xil unlilarning aa, uu, ii, oo kabi qo‘sh kelish hollari uchraydi: taalluqli,
shuur, badiiy, inshoot. Deyarli barcha undoshlar qo‘sh holatda (g, x, h, g‘
undoshlari bundan mustasno) qo‘llanadi: qubba, avval, sodda, mijja, lazzat, tayyor,
ikki, alla, omma, tonna, oppoq, burro, issiq, o‘ttiz, iffat, achchiq, ishshaymoq,
to‘qqiz. Bu undoshlar talaffuzda ham qo‘sh tarzda aytiladi. Bu hodisa aloqalarning
kengayishi tufayli yangi so‘zlar hisobiga boyimoqda: musson, Anna, Emma,
milliard, affiks. Qo‘sh unlilar so‘zning o‘rtasida (manfaat), so‘z oxirida (mutolaa),
47
qo‘sh undoshlar esa so‘z boshida (ssenariy), o‘rtasida (qattiq) va oxirida (kongress)
qo‘llanadi.
Turkiy tilga turli tipdagi undoshlarning so‘z oxirida ketma-ket (qator) kelishi
qo‘sh undoshlarga nisbatan ancha ilgari o‘zlashdi: daraxt, g‘isht, payvand,
Samarqand, baxt, xursand kabi.
O‘zbek tilida oldin so‘z boshida undoshlarning ketma-ket kelish hollari yo‘q
edi, rus tili va boshqa tillarning ta’sirida adabiy tilimizda bu holat ham paydo
bo‘ldi: brom, drujina, ftor, grek, krem, stol, traktor, xrom, shkaf kabi.
1. Unli va undosh tovush bir-biridan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
2. Bir unli va bir undosh bilan farqlanuvchi 5 tadan so‘z jufti topib yozing.
So‘zlarning ma’nosini tushuntiring. Namuna:
tor – tur, joy – loy.
3. Bajargan topshirig‘ingiz asosida nutq tovushi qanday vazifa bajarishini
tushuntiring.
4. Barcha undoshlari til oldi bo‘lgan 10 ta so‘z hosil qiling.
5. Barcha undoshlari lab undoshlariga mansub bo‘lgan, unlilari esa quyi keng
unlilar bo‘lgan so‘zlar hosil qiling.
6. Portlovchi undoshlar qaysilar?
7. Sirg‘aluvchi undoshlar qaysilar?
8. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar necha guruhga bo‘linadi?
9. Jarangli va jarangsiz undoshlar qaysilar?
10. Sonor undoshlarga qaysi tovushlar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |