Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни


Buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

 
Buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni
 
Sanoat  ishlab  chiqarish  mahsulotlarini  loyihalash  jarayoni  ketma-ket 
amalga oshiriladi va loyihalashning quyidagi qismlarini o`z ichiga oladi: 
a)  badiiy  loyihachining  takliflari,  mahsulot  tuzilishi,  muallif  nazorati 
ostida loyihalashtirish ishlari; 


~ 84 ~ 
 
b)  badiiy  loyihachi  takliflari  mahsulot  asosiy  g`oyasining  tuzilishi 
shakllarini umumlashtirishdan iboratdir; 
c)  bu  jarayon  topshirig`i  chuqur  o`rganib  badiiy-loyihachi  va 
adabiyotlar tahlilidan foydalanib bo`lgandan so`ng boshlanadi. 
Loyihalashtirishning  haqiqiy  tarzda  boshlanishini  rassom  fikrlari 
tasviriy chizma yoki bo`shliq hajmida o`z aksini topa boshlaganidan bilish 
mumkin.  Biroq  amalga  oshirilgan  birinchi  niyatlar  hali  idrok  qilingan, 
fahmlangan buyumdan yiroq bo`ladi. 
Ammo buyumlarning shunday guruhlari ham mavjudki, ularda hajm-
transport tuzilishi yoki oldindan qattiq belgilangan yoki shuncha sodda va 
oddiyki, dastlabki hajm-transport kayfiyati uchun muammo bo`lmaydi. 
Bu  buyumlar  turli  xil  miqyos  va  vazifada  bo`lishlari  mumkin. 
Taxminiy  ko`rinishlar  ustida  ishlash  qism  va  alohida  detallarni  maqsadga 
muvofiq  tarzda  joylashtirishni  o`ylab  topish,  ularning  o`zaro  aloqalarini 
izlashni  o`z  ichiga  oladi  hamda  mahsulotning  mantiqan  mazmun  bilan 
bog`langan  tashqi  shakli  ustida  eng  mas‘uliyatli  ijodiy  faoliyat  bilan 
tugallanadi. Bu jarayonda dizayner muhandis-loyihachi bilan birga mavjud 
pardozlash  buyumlarini,  shuningdek,  aniq  sharoitda  mahsulot  tayyorlash 
uchun  ishlab  chiqariladigan  buyumlarga  ishlov  berish  imkoniyatlarini 
yaqqol tasavvur eta bilishi kerak. 
Xomaki  nusxa  yaratish  jarayonida  mavjud  loyiha-tizim  asosiy 
ko`rsatkichlari, o`lchamlari, iste‘mol qilinadigan quvvatlar kamayishi, yangi 
matolarni  qo`llash;  GOSTlar,  tirajlarni  hisobga  olish,  shuningdek, 
buyumlarga  ishlov  berishni  bilish,  iqtisodiy,  estetik  va  boshqa  talablar 
bularning  hammasi  birinchi  xomaki  nusxalarning  o`zida  mantiqiy  aksini 
topishi kerak. Xuddi shunday jarayon xomaki nusxa yoki loyiha topshirig`i 
bosqichidan me‘moriy loyihalashda ham qo`llaniladi. 
Mahsulot  tuzilishini  belgilash  badiiy  loyihalash  jarayonining  eng 
mas‘uliyatli  qismidir.  Odatda,  mahsulot  tuzilishini  belgilash  bir  vaqtda 
dizayner va muhandis-loyihachi tomonidan amalga oshiriladi. 
Loyihachi  mahsulotning  asosiy  qismlari,  ularning  o`lchamlari  va 
joylashtirilishini  aniqlaydi.  Tasviriy  chizmadan  xabardor  va  mavhum 
tasavvurga  ega  bo`lgan  dizayner,  mahsulot,  buyum  qismlarini 
joylashtirishning  ko`rinishlarini  izlaydi  va  turli  ko`rinishlardan  kelib 
chiqadigan xulosa qarorlarga tayanadi. Shundan keyin loyihachi tanlangan 
ko`rinishlar bilan ishlash imkoniga ega bo`ladi. 
Mahsulotning estetik jihatdan shakllanishiga muhitning shart-sharoitlari 
va  shakl  mazmuni  ko`rinishi  yoki  tasviriy  manzaraga  qiyoslanganligiga 


~ 85 ~ 
 
katta ta‘sir etadi. Mahsulot va buyum shakliga turli omillar ham ta‘sir etmay 
qolmaydi:  havo  tozaligi,  atrofni  iflos  qiladigan  moddalar,  mahsulotdan 
foydalanish  joyi  (ochiq  havo,  yopiq  bino,  suv),  harorat  tizimi,  muhitning 
teskari  ta‘siri,  iqlim  sharoiti  (Uzoq  Shimol,  O`rta  mintaqa,  issiq  iqlim, 
tropiklar). 
Demak,  mahsulotning  estetik  sifatlari  uning  shakli  va  mazmunini 
belgilaydigan aniq shart-sharoitlar bilan bog`liq. 
Badiiy 
loyihalash 
jarayonida 
uyg`unlashtirish 
(moslashtirish, 
muvofiqlashtirish)  vositalari  -  asosiy  bosimlar  va  o`ylab  chiqilgan 
o`lchamlarni  bir-biriga  to`g`ri  bo`ysundirish,  ko`lamdorlik,  turg`unlik 
(jonsizlik)  yoki  jo`shqinlik,  simmetriya  yoki  assimetriya,  mahsulot  butun 
tuzilishining marom yoki metr o`lchovi asosida tuzilishi - muqarrar va juda 
murakkab shart bo`lib hisoblanadi. 
Badiiy-loyihachi  takliflar  bosqichidagi  ishlarni  amalga  oshirish 
natijasida  asosiy  tamoyillar  tuzumiga  yoki  rejasiga  javob  bera  oladigan 
loyihachilik va tizim yechimlarning ikki - uch varianti paydo bo`lishi kerak. 
Badiiy - loyihachi takliflarni tasdiqlashi, ikki hodisa orasidagi davrdir, 
unda taklif qilingan variantlarning eng yaxshisi tanlanadi. Bu variant badiiy-
loyihachi  tahlil  jarayonida  rasmiylashtirilgan  talablarga  yuqori  darajada 
javob bera olishi kerak. Ishlab chiqishning (tayyorlashning) shu bosqichida 
loyihalash hujjatlarining tarkibi har bir aniq holatda mahsulot murakkabligi 
va  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  bog`liq  hujjatlarning  taxminiy  tarkibi 
quyidagicha: 
1)
 
texnikaviy  yangilanish  va  mahsulot  shakllari  rivojlanishi 
an‘analarining  tavsifini  o`z  ichiga  oladigan  badiiy  -  loyihachilik  takliflari 
mohiyatini bayon etuvchi qisqacha tasvir; 
2)
 
 foydalanilgan  axborotlar  va  ilmiy  mavzular  ro`yxati  (jurnal  va 
prospektlar, ishlar, ijodiy safarlar hisobotlari, rasmlar, fotosuratlar, suratlar, 
taqrizlar, o`xshashliklar va timsollar rasmlari); 
3)
 
badiiy-loyihachilik  takliflari  bosqichida  bajarilgan  namunalar  va 
andaza-qoliplari; 
4)
 
mahsulot  tuzilishiga  oid  rejalar,  to`g`ri  burchakli  rasmlar, 
loyihalashtirilgan mahsulot ko`rinishlarining istiqbolli chizmalari. 
Mualliflar  dalillar  asosida,  o`zining  badiiy-loyihachilik  takliflarini 
himoya qila bilishi kerak. 
Badiiy-loyihachilik loyihani ko`rib chiqish paytida qabul qilingan taklif 
va  mulohazalar  hisobga  olinib,  loyihalashning  har  tomonlama  ishlab 


~ 86 ~ 
 
chiqilishi  ko`zda  tutiladigan  loyihalash  bosqichidir  (murakkab  buyumlar 
uchun texnik loyiha bosqichi). 
Bu  bosqichning  o`ziga  xos  xususiyati  shundaki,  muhandis-loyihachi 
ishining hajmi rassom-loyihachi ishi hajmidan ancha katta. 
Bu  bosqichda  vaqtning  ko`p  qismi  mahsulotning  hajmiy  andazalarini 
(qoliplarini)  va  uning  ayrim  bo`limlarini  tuzish,  umumiy  tuzilishini, 
munosiblikni chiziqlar bilan rasm solish bo`limlarini joy-joyiga joylashtirish 
va  aniqlash  bilan  o`tadi.  Namunalar,  odatda,  o`zining  asl  o`lchamida 
ommaviy  ishlab  chiqarish  uchun  esa  tashqi  ko`rinish  andazasi  shaklida 
bajariladi. 
Bu bosqichda dizayner umumiy ko`rinishdagi chizmalarni eng oxirida 
tasdiqlangan  andazalar  (qoliplar)  asosida  bajarishi,  bo`yash  tizimini, 
pardozlash buyumlari bo`yicha tavsiyanomalar berishi shart. 
Loyihani  tasdiqlash  jarayoni  tadqiqot  natijalarini  o`zida  aks  ettirgan 
loyihalash  topshirig`ini  hisobga  olib,  butun  loyiha  hujjatlarini  diqqat  bilan 
tahlil etishni talab etadi. 
Badiiy  loyihachining  tasdiqlashga  taqdim  etilgan  loyihasiga  quyidagi 
hujjatlar kiradi: 
a) tushuntirish xati; 
b) badiiy-loyihachi  taklifni  tasdiqlash  to`g`risida  majlis  bayonidan 
ko`chirma; 
c) umumiy ko`rinishlar va texnika qurilmalarning chizmalari, chizmada 
tasvirlash usullari, rasmlar; 
d) namunalar,  andazalar,  ish  bosqichlari  bo`yicha  rasmlarning 
fotosuratlari; 
e) o`xshashliklar va (prototip) timsollarning fotosuratlari; 
f) tashqi ko`rinish andazasi yoki namunasi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish