Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни


Loyihalash mazmuni va bosqichlari



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

 
Loyihalash mazmuni va bosqichlari 
Bu bosqichning mazmuni - tasdiqlangan badiiy loyihalovchi takliflarini 
rivojlantirish  va  chuqurlashtirish  bo`lib  hisoblanadi,  pirovard  maqsad  esa 
badiiy-loyihalovchi  loyihani  topshiriqda  belgilangan  hajmida  bajarishidir. 
Asosiy  tuzilish  mavzusi  allaqachon  aniqlangan  va  agar  sanoat  san‘ati 
asarlarining ko`rinishi haqida gapirish mumkin bo`lsa, uning paydo bo`lishi 


~ 81 ~ 
 
to`laligicha badiiy-loyihachi takliflari bosqichiga taalluqlidir. 
Badiiy-loyihachi  loyihalarining  umumiy  hajmi  buyum  xususiyati  va 
katta  kichikligiga  bog`liq.  Mayda  buyumlarning  to`g`ri  burchakli  fazoviy 
shakllari va ularning  kesimlari, o`zlarining asl (natural) hajmlarida, ba‘zan 
hatto xomaki nusxa bosqichida ijro etiladi. 
Agar  gap  loyiha  varaqalariga  to`g`ri  kelmaydigan  yirik  buyumlar 
haqida  borsa,  tasvir  kichraytiriladi.  Ba‘zan  juda  muhim  ahamiyatga  ega 
bo`lgan  mavzuni  ochish  uchun  tabiiy  ko`rinishda  tasvirlanadi.  Masalan, 
xona  yorug`ligini  loyihalashtirishda  chiroq  asl  o`lchamida  chiziladi.  Yo`l 
mashinasi  yoki  boshqa  biron  xil  transport  vositasi  ustida  ishlanganda, 
haydovchining o`tiradigan joyini, maxsus kreslosi va boshqarish jihozlarini 
asl o`lchovlarda chizish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Oldindan  va  izchil  ishlab  chiqilgan  usuli  bo`lmasa,  sanoat  ishlab 
chiqarishida mukammal mahsulot yaratib bo`lmaydi. 
Badiiy  loyihalashning  butun  jarayoni  bosqichlarga  bo`linadi,  ular 
uslubiy jihatdan me‘morchilikda loyihalashtirish bosqichlari bilan umumiy 
belgilarga ega. 
Sanoat  mahsulotlarini  loyihalashtirish,  topshiriqni  tuzib  chiqish  va 
topshiriq  berish  vaqtdan  boshlanadi.  Topshiriqni  tuzishda  bo`lajak 
mualliflar-dizaynerlar  ishtirok  etishlari  maqsadga  muvofiqdir.  Topshiriq 
buyurtmasi  yozma  tarzda  beriladi,  ba‘zan  esa  loyiha  chiziqlar  bilan 
to`ldiriladi  va  ularda  loyihaga  tushgan  buyumning  asosiy  o`lchovlari 
ko`rsatiladi.  Topshiriqda  xizmatga  oid  vazifalar,  chamalangan  loyihaviy-
tavsiya  qarorlar,  badiiy-loyiha  ishlab  chiqarish  jarayoniga  qo`yiladigan 
maxsus talablar qisqagina bayon etiladi. 
Loyihalashda, topshiriq mavjud mahsulotni zamonaviylashtirish 
va istiqbolli loyihalashga qaratilgan bo`lishi mumkin. 
Rassom-loyihachi  muhandis-loyihachi  bilan  birga,  ayrim  hollarda  esa 
texnolog va boshqa  mutaxassislar bilan  mahsulotga qo`yilgan topshiriq va 
talablarni atroflicha o`rganib chiqadi. 
Buyurtmachining  topshirig`ini  o`rganish  va  tahlil  etishda  quyidagi 
asosiy talablar aniqlanishi lozim: 
a)  ish  tartibi  va  qulayligi,  ta‘mirlash,  tekshirish  qulayligi  va 
hokazolardan kelib chiqadigan xizmatga oid foydalanish talablari; 
b)  mahsulotdan  foydalanish  jarayonida  insonning  his-tuyg`u  a‘zolari, 
markaziy  asab  holati,  mushak-harakatlantiruvchi  tizimiga  ta‘sirini  ko`zda 
tutuvchi ruhiy-fizikaviy talablar; 


~ 82 ~ 
 
c)  mahsulotda foydalanishi  mumkin  bo`lgan  atrofdagi  muhit va  aniq 
sharoitlar tomonidan qo`yilgan talablar; 
d)  ma‘lum  ishlab  chiqarish  bazasi,  mahsulot  tayyorlash  imkonlari  va 
hokazolar mavjudligi bilan bog‘langan tavsiyaviy talablar; 
e)  aniq narsalarni qo`llash, mahsulot tuzilishi, mahsulot tayyorlash va 
ishlov berish usullari va hokazolar shart-sharoitidan kelib chiqadigan loyiha 
talablari; 
f)  mahsulotning  iqtisodiy  samaradorligiga  qaratilgan  va  mahsulotni 
tayyorlash  narxini  hamda  mehnat  unumdorligi,  chidamliligi,  pishiqligi  va 
boshqa  shunga  o`xshash  ishchanlik  ko`rsatkichlarini  hisobga  oladigan 
iqtisodiy talablar; 
j)  badiiy-estetik talablar. 
Topshiriq  bilan  batafsil  tanishib,  adabiyotlarning  asl  namunalarini 
o`rganib  chiqqandan  keyin,  dizayner,  odatda,  muhandis-loyihachi  bilan 
hamkorlikda  xomaki  nusxalar  ko`rinishlarini  ishlab  chiqishga  kirishadi, 
ularda  eng  yaxshi  badiiy-loyihachi  izlanishlari  o`z  aksini  topadi.  Xomaki 
nusxalar tasviriy chizmalar shaklida loyihalashtiriladigan, buyum to`g`risida 
aniq  ravshan  tushuncha  beradigan  to`g`ri  burchakli  va  istiqbolli  fazoviy 
shakllari orqali ifodalanadi. 
Ko`p hollarda namuna sanoat mahsuloti haqida badiiy asarning tuzilish 
qarorini  izlashda  asosiy  vosita  bo`lib  qoladi,  ammo  rasm  solish  (grafik) 
vositalari ham inkor etilmaydi, balki, aksincha, asosiy bo`lib hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  badiiy  loyihalashning  birinchi  bosqichiga  quyidagilar 
dahldor: tasviriy chizmalar, loyihaning xomaki nusxadagi rasmlarini ishlab 
chiqish  va  namuna  tayyorlash.  Loyihalashning  shu  bosqichida  izohli 
tushuntirish xati tayyorlanadi, unda qabul qilingan qaror, pardozlash usullari 
va asosiy ko`rsatkichlar bilan birga qayd qilinadi. 
Loyihalashning  birinchi  bosqichi  eng  mas‘uliyatli  va  hal  qiluvchidir, 
chunki  unda  hajmi  haqida  qaror  qabul  qilinadi,  buyum  qismlarining 
joylashishi,  ko`rinishi  va  boshqa  sifatlari  belgilanadi.  Xomaki  nusxali 
loyihaga  namoyish  qilinadigan  matolarning  yuksak  sifati  hamroh  bo`lishi 
lozim. 
Loyihalashning  birinchi bosqichi  loyihalashning  tegishli  badiiy-texnik 
kengashlarida, tasdiqlovchi idoralarda ko`rilishi bilan tugallanadi. 
Loyihalashning ikkinchi bosqichi andoza va qoliplar tayyorlashni, ish 
uchun  zarur  bo`lgan  chizmalarni  bajarishni  o`z  ichiga  oladi.  Unga  to`g`ri 
burchakli  fazoviy  shakllarda  buyumning  umumiy  ko`rinishi,  loyihalovchi 
kesimlar,  qism  va  detallarning  tarixi,  turli  qoliplar  va  boshqalar,  ya‘ni 


~ 83 ~ 
 
mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  barcha  loyiha  matolari  kiradi.  Ba‘zan 
loyihalashning  ikkinchi  bosqichi  loyiha  mualliflari  nazoratida  tajribaviy 
namuna  yaratish  bilan  tugallanadi.  Bu  holatda  ommaviy  tarzda  mahsulot 
ishlab chiqarish uchun tayyorlangan chizmalar tajribaviy namuna sinovidan 
o`tgandan so`ng ijro etiladi. 
Ayrim  hollarda,  juda  murakkab  mahsulotlarni  tayyorlashda,  texnik 
loyihani  ishlab  chiqarish  loyihalashtirishning  ikkinchi  bosqichiga  kiradi. 
Unda  ishdagi  loyiha  uchinchi  bosqichga  taalluqli  bo`ladi.  Agar 
o`zlashtirilgan  yoki  o`zlashtirilayotgan  sanoat  mahsuloti  uchun  topshiriq 
berilsa,  u  topshiriq  zamonaviylashtirish  topshirig`i  bilan  muvofiqlashib 
keladi. 
Bu holatda, metod sifatida badiiy loyihalashning imkoniyatlaridan to`la 
foydalanib  bo`lmaydi,  chunki  loyihalashning  o`tkazilib  yuborilgan 
bosqichlariga  qaytish,  tashkiliy  tomondan  favqulodda  murakkab  va  rejali 
emas. 
Demak,  dizayner  badiiy  loyihalashda  loyihani  ishlab  chiqishning 
barcha bosqichlarida ishtirok qilmaydi. 
Mahsulotning umumiy ko`rinishi to`g`ri burchakli fazoviy shakllar va 
istiqbolda soyalar sifatida tozalanib, ijro etiladi. 
Istiqbolli  va  soyalar  tuzish  usullari  chizma  geometriya  qoidalari  yoki 
elektronika yordamida amalga oshiriladi. 
Dizayner  loyihalashga  doir  topshiriqdan  buyumning  vazifasi,  uning 
tamoyilli tuzilishi, uni tayyorlashning tavsiyaviy (texnologik), imkoniyatlari, 
buyumlar  muhiti  bilan  qanday  aloqada  bo`lishi  lozimligini  bilib  oladi. 
Shunday qilib, vazifa qo`yilgan va asosiy shartlar berilgan bo`ladi. 
Loyiha  mavzusi  juda  keng  ma‘noda  o`rganib  chiqiladi,  ya‘ni 
quyidagilarga e‘tibor beriladi: 

 
mashina yoki jihoz qanday va qaysi sharoitda ishlashi; 

 
bu 
mashinada 
bajarilgan 
ishning 
samarasi 
yoki 
loyihalashtirilayotgan buyum nima uchun xizmat qilishi; 

 
loyihalashning qanday ko`rinishlari bo`lishi mumkinligi; 

 
qanday iqtisodiy talablar qo`yilishini bilish zarur. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish