IV PARDA
Sahna Ortiqboyning uyi, hovli-sahni va yo`lak ko`rinib turadi. Parda ochilish oldida
to`y-hashamning harakati bo`lib, bolalar o`ynab yurgan bo`ladi. Sunray ovozi eshitiladi.
O`rtaga olov yoqiladi – childirma bilan yor-yor —eshik oldida kuylaydi.
YOR-YOR
Kuyib yonib o`rtangan parvonaman yor-yor,
Bul yor uchun jonimni qurbon qilay yor-yor.
Yor-yor aytib eshikdan qizlar keldi yor-yor,
Kelin salom qildilar qizlar yor-yor.
Hay-hay o`lanjon o`lan-o`lan ko`pdir yor-yor,
Har bir so`zi – gavhar yagonadir yor-yor.
Bulbulsifat har gavhar navo qilay yor-yor,
Majnun kabi o`zini shaydo qilay yor-yor.
Tilla anjom keltirdilar yor-yor,
Yor-yor aytishib o`ynashib barcha qizlar yor-yor.
Hay-hay o`lan jon o`lan jonon ko`pdir yor-yor,
Har bir so`zi gavhar – yagonadir yor-yor.
Haq do`stiga dunyoda jafo ko`pdir yor-yor,
Oshiqlarga olamda balo ko`pdir yor-yor.
So`zlatilur so`zla kel olar uchun yor-yor,
Yig`la ko`zim, yig`la alar uchun yor-yor.
Hay-hay o`lan jon o`lanjon ko`pdir yor-yor,
Har bir so`zi gavhar – yagonadir yor-yor.
(Xoljon xola palak oldida “assalomu alaykum kelin salom avvali hudoyimga salom”
deb olov atrofida aylantiradi)
Musiqa – Andijon samasi
O`yinchi qizlar o`yinga tushadilar. O`yin tugagach Xoljon xola kuyovni kelin
tushadigan xonaga olib kira turib, kuyov tomonlarni chaqiradi.
Xoljon — Assalomu alaykum kuyov salom. Qani, hoy kuyov yasovullari, kel.
(yonidagi xotin alik salom. Bir ozdan so`ng kelin bilan kelin tomon ham uyga kiradilar.
Qoida bo`yicha tortishmachoq bo`ladi, keyin palakni ko`tarib ikki tomonga yo`l ochiladi.
Kuyov qizning o`ng oyog`ini bosib, ko`tarib keta turib yiqiladi, kelin bilan kelinni
go`shangaga o`tqazib, fotiha qilib, sochiqni sochadi, kuyov maqtovi).
Xoljon — Aylanay boy, pochchajon qalliq muborak bo`lsin. O`rgilay Norxonim kelin
muborak bo`lsin. Aylanay Rokiyabonu kuyov muborak bo`lsin. O`rgilay otin qizim qalliq
muborak bo`lsin.
(Kuyov pul chiqaradi. So`ng kuyov bilan kelinni yarashtiradilar,
yarash-yarashdan so`ng)
Ortiqboy —
(Bir-ikki sekin yo`talgan bo`lib) Halimajon, jonidan yaqinroq o`ltiring,
endi u gadoni uniting!
H a l i m a — (Sekin Ortiqboyga qaraydi-da, juda qo`rqib) Dod!.. (deb qichqiradi)
(Hamma xotinlar qo`rqib yugurganicha go`shanga atrofiga yig`iladilar)
Ortiqboy — Xoljon, men mehmonxonaga chiqa qolay buguncha!
Xoljon — (Xoljon xola Ortiqboyni olib chiqib keta turib) Peshonangiz buncha sho`r
bo`lmasa!
R o k i y a — Hoy, Halima, Halima, nima bo`ldi qizim?
H a l i m a — Oyi,oyijon, meni qutqaring!
R o k i y a — NIma, qani,qani?!
H a l i m a — Yonimdagi devdan qutqaring, onajon!
X o l j o n — Bolam, unday dema ul seni erring Ortiqboyku!
H a l i m a — Oh… (deb, o`zini tashlab hushidan ketadi, |qizga suv berishadi. Halima
bir oz o`ziga kelgach boshqa xotinlar ikkinchi uyga chiqib ketadilar)
(Xoljon xola ham tinchlanib chiqib ketadi)
H a l i m a — Onajon, meni bir oz o`z holimga qo`ying. (onasi ham chiqib ketadi,
xotinlar uhlab qoladilar) Men bul devga hotin bo`lmayman, vafodorimning oldiga borishim
kerak. (Qo`rquv bilan hayajonda turib ro`molini boshidan olmoqchi bo`lib turganda,
Ne’matning ruhi ko`rinadi) Kel-kel, keldingmi! Meni ko`rgani keldingmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |