III-Bayot kuyini chaladi
Oh nechuk zor yig`layman, kuydirdi bu hijron meni,
Naylayin bir kelmasa ko`rmakkaul janon meni.
AVJ
E, tabibim, xoziqimbir yo`l kelib holimni ko`r,
Kelmasang qon yig`latar ko`nglimda zo`r armon meni.
Daromad
Qolmadi hech toqatim qurdi ko`zimning yoshlari,
Dunyoga sharmanda qildi oh ila afg`on meni.
Jismi jonim yondi, kuydi ham kabob bo`ldi jigar
Hech bir inson demas ko`rganda xar inson meni.
(Ne’matning onasi kosada suyuq osh olib kiradi)
Oynisa — Bolam, achchiqqina qilib, qatiqlab keldim, ich zora bir oz ko`tarilsang.
Ne’mat — Rahmat qayerda?
Oynisa — Kochada o`ynab yuribdi.
Ne’mat — Menga chaqiring.
(Onasi chiqadi. Ne’mat qalam-qog`oz olib, Halimaga hat yozadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |