Halimani onasi chaqirib qoladi.
R o k i y a — Halima, Halima-yu, Halima!
H a l i m a — Ne’mat aka, yoshlikdagi bergan so’zim chin, sizdan o’zgani demayman.
So’zim — so’z! — deb (
Ne’matdan uzoqlashadi. Halima onasiga
) Hozir (
deb javob
beradi
.) Ne’mat qo’lidagi gulni Halimaga otadi. Halima hidlab qoladi.
Parda tushadi
Ikkinchi parda
Kechki payt. Ikki xonadan iborat Muslim akaning uyi. Muslim aka, Rokiya, Zokir,
Halima osh yeb o’ltirgan bo’ladilar. Muslim aka bozorning savdo-sotiqlari yomonligidan va
qarzdor bo’lib (3—4 yuz so’m) qolgani, bankdan qarz muhlati tugab qolganidan shikoyat
qilib so’zlab o’ltiradi. Halima oshni tuzuk yemaydi, oyisidan so’rab, ikkinchi uyga kirib
ketadi. Rokiya
esa qizining tobi bo’lmay yurganini aytadi. Osh yig’ilib, choy ichib o’ltiradilar.
R o k i y a — Otasi shaxtingiz pastroqmi?
M u s l i m — Nima deysan xotin, kecha Ortiqboy qizingni so’rab oldimga odam
yuborgan ekan.
R o k i y a — Bu yerga ham bugun sovchilar kelishgan edi, Norxonim bilan Xoljon
xolalarim, otasi biladi dedim. Yana ertaga kelmoqchi bo’lib ketdi.
M u s l i m — To’xta, men so’zimni bitiray, bugun yana keldi. Ortiqboy aytibdiki,
«yeb ketarga besh yuz so’m pul beraman» deydi. «Xo’p» deb qo’ydim, shu hafta,
payshanba kuni to’y yubormoqchi bo’ldi. Nikoh ham kechikmasa kerak. (
Halima xushidan
ketadi
).
R o k i y a — Voy o’liy, uni nima balo qildingiz? Qizim yosh bo’lsa, boy bir qari kishi
bo’lsa, o’z tengiga bermasdan bir cholga bersak xafa bo’larmikan. Munaqa erga berish
ko’nglingizda bor ekan Rahim aka, «O’g’limga bersin» deb kishi qo’yib yuribdi, unga
bersak yaxshi bo’lmasmidi: o’z tengi edi.
M u s l i m — Yaxshi aytasan: o’zi tengiku-ya... Ammo Rahim aka o’lguday
kambag’al. Bir yamoqchi, unga qiz bersak, qiz uzataman deb qarzdor bo’lib qolarmikanmiz
deb hali o’zingga aytdim-ku, bozorning mazasi yo’q, 3—4 yuz so’m qarzim bor, do’konda
bo’lsa yetarlik mol yo’q, fabrikantlar oqchasini so’rab qolsa, nimani beraman. Tangri
ko’rsatmasin veksellarni natariusga berib qo’ysa, unda do’kon pechatlanib, hovli-joylar
sotilib ketadi, shuning uchun Ortiqboyning yuborgan odamiga — xo’p dedimki, agarda
va’dasicha besh yuz so’m bersa, qarzlarimdan qutulib olarmikanman deb, yana o’zing
bilasan.
R o k i y a — O’zingiz bilasiz otasi, men bir aytdim-da.
Z o k i r — Ota shu qilgan ishingiz menga hech ma’qul emas. Ortiqboy juda qari kishi.
Albatta, singlim uvol bo’ladi, men bu qilgan ishlaringizga sira unamayman.
M u s l i m — Jim tur, seni aqling nimaga yeta qoldiki, menga kengash berasan.
O’zingdan katta bir ish qilgandan keyin, bir narsani bilmay qilmaydi.
Z o k i r — Bilib qilgan ishingiz shumi? Yoshgina qizingizni oqchasiga uchib
yetmishga kirgan cholga berasiz. Yo’q, siz bersangiz ham men qarshi turaman. Nima bu,
qizning o’zidan so’rash yo’q, pul deb odam o’z bolasini ham sotadimi? Pul o’lsin, pul! Pul
muhabbati kirish bilan farzand muhabbati ko’nglingizdan chiqdi. Yo’q! Pul deb butun bir
jonni ko’z oldimda qul qilib sotishlikka yo’l qo’ymayman.
M u s l i m — Nima deydi bu ahmoq. Astofurulloh. (
Rokiyaga
) Kel xotin, tezroq
to’yning harakatini qil, bundoq bemaza so’zlarga quloq solma!
Z o k i r — Yana qaytarib aytaman, ukam ham odam, molga o’xshash sotilmaydi. U
yosh, o’z tengi bilan o’ynamoq, kulmoq istaydi. Cho’rilarga o’xshab tutilib bir cholga
berilmaydi, zamonimiz «haq» haqga berganlar uchun, xudoga shukur, cho’rilik, qullik
asrlari o’tib ketgan. Zo’rlab olishga Ortiq boyning haqqi yo’q.
M u s l i m — (
Achchig’i chiqadi
) Hoy bola, sen menga qarshi so’zlaysan! (
Qo’lini
ko’tarib urmoqchi bo’ladi. Rokiya o’rtaga tushadi
.)
R o k i y a — (
Muslimga
) Hoy, sizga nima bo’ldi? (
Zokirga
) Nega otangning jahlini
chiqarasan, tur, ishingga chiq.
Z o k i r — (
Chiqa boshlab
) Chiqaman, ota chiqaman, lekin qo’limdan kelgan ishni
qilib, bechora singlimni Ortiqboyning changalidan qutqazib olishga urinaman. Pul zo’r
kelsa... Ortiqboyingizning o’zi bilan boshqacha gaplashaman.
M u s l i m — (
Rokiyaga
) Qo’y buning tomoni bo’lma! Bu bola o’zlikdan oshib
ketibdi, yaxshilab tuzatib qo’yay.
Z o k i r — (
Chiqadi
) o’ldirsangiz ham so’zimdan qaytmayman.
M u s l i m — To’xta-to’xta oqpadar, to’xta! (
Quvlab orqasidan chiqadi. Orqada ovoz.
Rokiya ham dodlab chiqadi
).
Halimaning yotoqxonasi, yig’lab o’tirgani ko’rinadi.
H a l i m a — Oh! Otalar, nega muncha shafqatsiz bo’lar ekan, bu qanday zulm! Hech
chidolmayman... Ne’mat! Nega mendan xabar olmaysan, yo mendan umidingni uzdingmi?
Esingdan chiqardingmi? Yaxshi, sen esingdan chiqarsang ham men esimdan
chiqarmayman. U sening kecha bog’dagi qo’rquv ila javdirab tikilib qarashlaring, meni
ovutmoq uchun sekin jilmayib turib: «to... gavdamda jonim bor sening uchun tirishaman»
deb turgan chog’ing ko’z oldimda, ul chog’da so’zlagan so’zing qulog’imdan aslo
ketmaydi. Bilmadimki, undan beri sening holing nima kechdi ekan bilmadim, qanday
kunlar kechirasan, e... zolim ota, birgina yosh qizingga achinmadingmi.
Muzika
«Bormayman dedi» kuyi (Halima).
Ne uchun tangrim meni sevgi o’tiga tashlading
Sevdirib avval meni endi ko’zimni yoshlading.
Ko’nglima jo aylading ko’rgan kunimdan dardini
Endi qiynagaysan meni boshimga solib hajrini.
Oh yondim, ey meni oromijonim, tashlama,
Asragil yo saqlagil, yo qilg’il oson dardimi.
Seni sevgan edim. Yana sevaman, umidim chirog’ini so’ndirma! Oh... bilmayman...
balki sen meni unutgandirsan! (
Ma’yus
)
Muzika:
«Rizo» kuyi (Halima).
Meni yondirdi, kuydirdi muhabbat o’tlari do’stlar,
Oshib ketdi samolardan fig’onim dudlari do’stlar.
Avj:
Tilaymankim vafosiz yor kelib holimga ko’z solsin,
Bu dardimga davo qilsin va yokim jonimni olsin!
Kecha-kunduz nigorimni yetishmoq orzusi erdi,
Raqib do’stni uyg’otdi. Jafo toshimni irg’itdi.
Gunohim ne edi yorim, dushmanlar uylari kuysin,
Xarob o’lsin, uyi kuysin meni yorimdan ajratdi.
(
Ovozi chiqmas darajada ichidan yig’lagani ko’zidan ko’rinib turadi
.) Yo’q,
bo’lmaydi!.. Qanday chidab bo’ladi, o’z otang o’z sevgilingdan ajratib, otang qatori bir
cholga xuddi bir quldek, bir cho’ridek sotib yuborsa. Akam bechora ham yolg’izlik qilib
qolayotibdi. Undan ham umid yo’q, endi meni kim qutqaradi, kim yordam beradi, hech
kim!
Do'stlaringiz bilan baham: |