Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


—  Eshikda turishibdi.  Ne’mat —



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

— 
Eshikda turishibdi. 
Ne’mat —
 
Chiqib
 
ayting kirsinlar. (Rahmat chiqadi,  Hokim bilan  Bo`riboy o`rtoqlari 
kirishdi) 
Bo’riboy — Uh… Uh… Ko`rpa- yastuq qilib yotibdi-ku? 
Hokim — E… Ne’matjon o`rtoq, senga nima bo`ldi? 
Bo’riboy — Chinakamiga yotib olding shekilli. 
Ne’mat — Kelinglar, o`rtoqlar, kelinglar! Shunaqa, chindan tobim qochib qoldi. 
Hokim — (peshonasini ushlab) Ancha isitmang ham bor. 
Bo’riboy — Rangingni ham oldirib qo`yibsan-a… 
Ne’mat —
 
Qanday qilay? Yuragim siqiladi, zix bo`ladi, o`sha borib a’zoyi-badanimga 
urayapti… 
Hokim — Zix bo`lgan bo`lsang ko`cha-ko`yga chiq… Tamosha qil, yayra… nima bu 
yotish? 
Bo’riboy  —  Ha  deb  yotabersang,  ko`chaga  chiqmaganingdan  keyin  albatta  yuraging 
siqiladi-da… 
Hokim  —  O`rtoqlar  bilan  ertaga  Chirchiq  bo`yiga  chiqmoqchimiz,  qishloq  bolalarini 
bir-ikkita miltigi` bor ekan, ov qilmoqchimiz, undan keyin baliq ov ham qilamiz. Seni ham 
olib chiqaylik deymiz, nima deysan? 


Bo’riboy —  Hada, seni  ham olib chiqamiz. G`amu  g`ashtlaringdan  nariroq,  hammasi 
yotaberganniki. 
Hokim — Nima deysan? 
Ne’mat —
 
Mayli, ertagacha darmonga kirib qolsam borarman. 
Bo’riboy  —  Ha,  shunday  deign,  ertaga  erta  bilan.  Biz  otliq,  aravalik  bo`lib  dutor, 
tamburimizni olib kelamizu seni olib ketamiz. Endi bizga javob ber o`rtoq. 
Ne’mat —
 
O`tirmaysizlarmi? Buncha shoshildinglar! 
(Joylaridan turadilar) 
Bo’riboy —  Boshqa o`rtoqlarga  ham  habar qilmoqchi edik, ertaga  ho`p  gaplashamiz, 
hayr endi o`rtoq. 
Hokim  —  Ertagacha  darmonga  kirib  qol,  hayr.  (Fotiha  qilib  chiqmoqchi  bo`larlar, 
Ne’mat Bo`riboyni imlab chaqiradi) 
Ne’mat — Bo`riboy o`rtoq yaqinroq kel senga so`zim bor. 
Bo’riboy — (hokimga) Hokim, sen chiqib tur, men hozir chiqaman, nima so`zing bor, 
o`rtoqjonaytgin. 
Ne’mat  —  Endi  ochib  so`zlamasam  bo`lmas…  Uf…  Muslim  akaning  qizi  Halimani 
chin  ko`nglimdan  sevaman,  mana  o`zingga  belgili  Ortiqboyga  bermoqchi  emishlar  shu 
so`zni  eshitib  hafalikdan  mana  shu  holga  tushib  qoldim.  Endi  aytadigan  so`zim  shuki, 
otamga  tushuntirib  so`zlasang  Muslim  akadan  bir  iloj  qilib  qizni  so`rab  olib  bermasa  – 
mendan ajraydi… 
Bo’riboy  —  E,  hali  gap  bunday  degay?  Shunday  darding  bor  ekan  nimaga  burunroq 
aytmading,  yigitchilikda  oshna-og`ayni  bakor  kelmasa,  qay  vaqt  bakor  keladi?  Seni 
qarayu…  Xo`p  bo`libdir,  men  otang  bilan  shu  kunning  o`zidayoq  gaplashib,  ishni 
to`g`irlayman, sen o`zingni siqaberma, ertaga biz bilan Chirchiq bo`yiga chiqader. 
Ne’mat — Bo`lmasa, sen ilgari otam bilan bir gaplashib javob ol! 
Bo’riboy  —  E,  uni  darrov  to`g`irlaymiz.  Hotirjam  bo`l,  hayr,  ertaga  ertalab  kelamiz, 
o`shanda haligi gapingni javobini ham aytaman, hayr. (chiqar) 
Ne’mat — (yolg`iz) Nimaga ekan? Ko`nglim hech bir ishonmaydi, meni sevgan, meni 
degan, ko`nglini, butun borlig`ini menga bergan qizni uch-to`rt yuz so`m pulni ortiqcha sarf 
qilib, alvastiday bir cholga olib ketadi, qani insof? Uh… (yig`laydi) 


(Bir ozdan so`ng musiqa) 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish