Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

XURSHID ASARLARINING 
SAHNAVIY TALQINLARI HAQIDA 
«Farhod  va  Shirin»  asari  O’zbek  davlat  namuna  teatrida  1923-yili  M. Uyg’ur 
tomonidan qo’yilgan. Farhod rolini Abror Hidoyatov, Shirin rolini Ma’suma Qoriyeva ijro 
etganlar.  1928-yili  Andijon  teatrida  qo’yilgan  «Farhod  va  Shirin»  (Farhod  —  Muhiddin 
Qoriyoqubov, Shirin — Tamaraxonim) mazkur asar sahnaviy talqinining dastlabki muhim 
bosqichlaridan biri bo’ldi. 
Xurshid  ijodining  tadqiqotchisi  Bahriddin  Nasriddinovning  guvohlik  berishicha, 
spektaklning 1937-yili yangi nusxasi musiqali drama rivoji tarixida yirik voqeaga aylandi. 
Unda  Shirin  rolini  o’ynagan  Halima  Nosirova  shunday  eslagan:
  «Men  endi  haqiqiy 
Shirinni  tasavvur  qilaman.  Bu  go’zallik  va  baxt-saodatni  unga  Farhod  olib  borgan.  U 
Shiringa shaffofday tiniq  va sof, nafis  va ehtirosli, tog’day  yuksak  muhabbatini olib borib 
bag’ishlaydi.  Sabo  yelining  muattar  hidlarini,  yaproq  yozayotgan  kurtakning  go’zalligini, 
uzoq  mamlakatlardagi  ajoyib-g’aroyib  tog’  chechaklarining  atrini  —  bularning  barchasini 
unga  Farhod  olib  borgan.  Shu  sababli  ham  Farhod  halok  bo’lgach,  kunduz  tunga,  butun 
olam  qorong’u  zulmatga  aylanadi-yu,  quyoshday  charog’on  Shirin  ham  beg’ubor 
kunduzning yorqin va hayotbaxsh nurlarini o’zida mujassamlantirib, olamdan ko’z yumadi, 
uning uchun zulmatda yashashning hech qanday ma’nosi qolmaydi! 
Muzikani  aytmaysizmi!  Muzika  ikki  ajoyib  qalbning  go’zalligi  va  muhabbati,  umid-
armonlari va baxt-saodati to’g’risida kuylaydi. Mana, tovushlar dag’allashadi, undagi qattiq 
zarblar allaqanday shumlik  va sho’rishdan xabar beradi, quyosh  yuzini  qora bulut to’sadi: 
ko’z  oldimda  zolim,  bag’ritosh  Xisrav  gavdalanadi,  uning  vajohatidan  qayg’u-kulfat  va 
o’lim  yog’ilib  turadi...  Muzika  «O’lim!  O’lim!»  deb  og’ir  hansiraydi,  bo’g’iq  tovushlar:» 
O’lim!  O’lim!»  deb  mash’um  sado  beradi.  Go’yo  o’lim  butun  dahshati  ila  bostirib 
kelayotganday, bir sho’rish bo’lishi muqarrarday tuyuladi... 
A’zoyi badan junjikib, yelkadan sovuq bir narsa urib o’tganday tuyuladi: zal yaldoday 
qorong’i  bo’lib  ketganu,  allaqayerda  butun  mahluqotu  mavjudotni  majaqlab  tashlaydigan 
yeldirimdan darak berib, chaqmoq chaqadi! 
Hammamizga  tanish  bo’lgan  «Farhod  va  Shirin»  o’zgarib  ketgan,  hammamiz  ularni 
umrimizda birinchi marta ko’rayotganday edik. 
Farhod  rolini  Karim  Zokirov  bilan  Boborahim  Mirzayev,  Xisravni  Qori  Yoqubov 
tayyorlar,  Shopur  roli  Abdulla  Ahmedovga,  Yosuman  —  Lutfixonim  Sarimsoqovaga 


topshirilgandi.  Shirinni  men  tayyorlar  edim.  Spektaklni  E. I. Yungvald  Xilkevich 
postanovka qildi. 
Biz  birinchi  operamizni  jon-dilimizdan  sevar  edik,  chunki  u  juda  ko’p  yangilik  olib 
kelgandi;  bu  opera  biz  dastlab  ishg’ol  qilgan  kattakon  yangi  marra  bo’ldi.  Birinchi 
spektakldan  keyin  ko’nglimiz  qanchalik  sevinch-quvonchlarga  to’lib-toshganini, 
qalbimizdagi ulkan iftixor tuyg’ularini aytib ado qilolmasdik». 
 
Halima Nosirova,
 «Men o’zbek qiziman», 
229—230-betlar. 
 
 
Farhod do’sti Shopur bilan Mehinbonu va uning jiyani Shirin yurtiga kelarkan, tog’ 
qoyasida ariq qaziyotgan kishilarga duch keladi. 
Farhod  «Hunarni  asrabon  netkumdir  oxir,  olib  tufroqqami  ketkumdir  oxir»,  deya 
ishga kirishadi, yillar davomida yuzlab qullar bitirolmagan arig’u qasrni bir necha kun 
ichida  tiklaydi.  Quyida  Farhod  va  Shirinning  shu  qasr  qarshisidagi  uchrashuv  sahnasi 
berildi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish