Ikkisi skameykaga o’ltiradi.
H a l i m a — Ul qanday so’z ekan. Sizni bu yerga keltirgan?
N e’ m a t — Aytmay desam yuragim yonadi, aytsam tilim kuyadi.
H a l i m a — Ayting tezroq, yuragimga o’t solmang u qanday so’z ekan, hozir oyim
chaqirib qoladilar.
N e’ m a t — Oh... Jonim Halima, yoshlikdagi birga o’ynab yurgandagi sening
so’zlaring hech mening yodimdan ketmaydi: kecha zolim Ortiqboy dadangning oldiga kishi
yuborgan ekan, dadang «xo’p» degandek javob beribdi.
H a l i m a — Ne’mat akajon, qo’ying, bu so’zlarni eshitgandan ko’ra quloqlarim
sitilsin! U qari cholga borgandan ko’ra qora yerga borganim yaxshiroq.
N e’ m a t — Oh... Jonim Halima men kambag’al bo’lsam, seni otangdan so’ratsam
otang «yo’q» deb javob beribdi, nima qilay hech ilojim yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |