«HALIMA»
Birinchi parda
Sahna. Halimaning otasini bog’i bo’lib, har tomonda gullar ochilgan.
Ko’m-ko’k mevalar daraxti, bog’ning maysazor joyida skameyka qo’yilgan.
Erta tong vaqti, bulbullar va turli qushlar sayragan, ko’rkam bir manzara. Tong otib
kelar oldida yoki boloxonasimon shiypon. Shiyponda Halima uxlab yotgan bo’ladi.
Shiypon oldida hovuz bo’ladi. Hovuz atrofi gullarga bezangan va serdaraxt ko’rkam bir joy.
Muzika «Navo» kuyi chaladi, uzoqdan Ne’matning ovozi. Muzika «Iroq» kuyi chaladi,
parda ochiladi. «Iroq»...
N e’ m a t — Kel, ey tongning shamoli uyqudan dildorimni uyg’ot,
Qadrdon do’stiga boqmas vafosiz yorimni uyg’ot,
G’arib bulbulni sayratgan guli-gulzorimni uyg’ot,
Ko’ngilga fitnalar solgan alamlik torimni uyg’ot,
Ko’ngilni o’zga band etgan sahar setorimni uyg’ot,
Avj
. — Ko’zimda uyqu yo’q tunlar yurib jononni izlarman.
Farog’at qolmadi tanda tilak armonni izlarman
Sulaymon taxtiga mingan ulug’ xoqonni izlarman.
Muhabbat mulkiga kirgan aziz sultonni izlarman,
Judolik kuyini chalgan ko’ngil ozorini uyg’ot.
E... Jonim Halima seni bir ko’rsam edi yuragimdagi sevgi hasratlarimni aytib olgan
bo’lur edim. Kecha Ortiqboy dadangning oldiga odam yuborib seni so’rabdi. Dadang
«xo’p» deganday qilib javob beribdi.
Muzika:
«Omon-omon» ashulasi:
Ne’matning ashulasi:
E, gullar ochilmanglar
Bulbullar sayramanglar, omon-omon,
To’xtang qushlar uchmanglar, omon-omon-e.
Suvlar oqmang jildirab, omon-omon.
Yiltirab qaramanglar,
Guvullamang, e o’rmonlar.
Dardimni qo’zg’atmanglar, omon-omon
Dardimni qo’zg’atmanglar,
Ko’nglimni ko’p buzmanglar —
Sirli ovozlaring bilan, omon-omon,
Ohu navo tuzmanglar.
(Uzoqdan muzika «Chorgoh» avji eshitiladi).
Bog’dan kelur cholg’u sasi
Qo’zg’alur dil qayg’usi, omon-omon.
Kim uning cholg’uchisi.
Yaxshilab chol cholg’uchi
Barakat qo’lingning kuchi, omon-omon.
Sevgilim hasratini
Aytib olay cholg’uchi, omon-omon.
Aytib olay cholg’uchi.
Ne’mat bog’dan chiqib keta boshlaydi. Birozdan so’ng Halima boq’qa chiqib, sochini
o’rib, skameykaga o’tirib «Qanchalar» ashulasini aytadi.
Muzika. «Qanchalar» (Halima)
Qanchalar qon yig’lasam, holimni so’rmas hech kim,
Rahm etib ko’zimdagi yoshimni bilmas hech kim,
Yo’lda yotsam yastanib menga egilmas hech kim,
Ko’ksimni ming pora qilsam menga boqmas hech kim,
Yoridin payxam olib, men sari kelmas hech kim.
Bilmadim bu dardimni kimlarga izhor aylasam,
Dardi yo’qlar ichra qoldim bilmam endi naylasam,
Ishqi dardi dilga sig’mas endi qayga joylasam,
Telba Majnun ko’nglimni qay band birlan bog’lasam,
Men kabi mazlum bo’lib yig’lab ezilmas hech kim.
Halimaning onasi chiqadi.
R o k i y a — Halima, Halima, Halima-yu... Choyingni ich!
H a l i m a — Hozir deb javob berib, daraxt, gullarga termulib o’ltirib, ashula aytadi.
Muzika chaladi.
«Bahor o’ldi» (Halima)
Bahor o’ldi ochildi gullar har yonda,
Bulbullar sayrashurlar u yon, bu yonda.
Tog’ ustida qo’zilar ma’rab o’tlashurlar
Tog’dan toshga echkilar sakrab o’ynashurlar.
Tog’dan pastga tushadir tiniq suv jildirab
Ko’l ichida suv to’la turadi (jildirab) mil-millab.
Har yon bezangan bezanmish turli o’t bilan yashnashib,
Bilmam ko’nglim ochilmas hech bir o’yin-kulgi bilan.
Shu payt Ortiqboy yuborgan sovchilar — dasturxonchi Xoljon xola bilan boyning
singlisi Norxonim ko’chadan kirib kelishadi. (
Bog’ni
) eshigidan boq’qa haraydilar. Xoljon
xola Norxonimga Halimani ko’rsatib maqtaydi. (
Halimani orqasidan ko’rishadi.
)
Do'stlaringiz bilan baham: |