yigirmanchi yillarda qadam qo’ygan ijrochilar uchun ijro maktabi, Hamza nomli teatrning
o’sha kezlari talqinida hayotiylik uchun izlanishlarida beqiyos ahamiyat kasb etadi.
“Halima” asari eng muhim jumboq — musiqali drama o’zbek teatri uchun qonuniy
xolmi, bordi-yu javob ijobiy bo’lsa, uning yaratish yo’llari qanday bo’ladi, degan savolga
javob beradi… bu muxim muammoni “Halima” musiqali dramasi hal etdi. Gap bu yerda
prinsipial masalalar ustida boradi. Zotan, ko’pincha janr e’tibori bilan “Halima”ni musiqali
drama ekaniga mensimayroq qarash xollari ham bor. Bunday qarash keyinchalik paydo
bo’lgan xulosa chunonchi, “Halima” maxsus yuzilgan musiqaning emas, balki xalq
musiqasining hisobiga vujudga kelgan asar. Lekin o’sha davrda bundan boshqa yo’lning
o’zi yo’q edi va o’zbek musiqali darama janri yigirmanchi, hatto o’ttizinchi yillarda ham
shu yo’ldan bordi. Demak, o’zbek musiqali dramasining shakllanish yo’lini “Halima” asari
belgilab bergan. Bu masalaning birinchi tomoni, ikkinchisi “Halima” o’sha yo’l bilan bo’lsa
ham tugal musiaqli drama asari edi. Muhimi shu.G’ulom Zafariy pyesa musiqasini
bilimdonlik, did bilan tabdil yo’lida shakllantirdi. Yana bir gap. G’ulom Zafariy o’zbek
xalq klassik merosining kuchli tomoni, undagi teran muhokama va emotsional kayfiyat
vujud etuvchi dramatizm, tug’yon, teatral elementlarni amalda birinchi bo’lib sezdi va teatr
janriga olib kirdi.
Toshpo’lat Tursunov. G’ulom Zafariy va teatr.
“Sovet O’zbekistoni san’ati” j-li. 1979 yil. 4-son
...Muzaffar Muhamedovning guvohlik berishicha «Halima» «dastlab bittagina maktab
daftarchasiga yozilgan uch ko’rinishli insenirovkaga o’xshagan kichkinagina asar bo’lib,
ikki-uchtagina ashulasi bor edi». Shu bois pyesani maromiga yetkazishda Uyg’urning
qanchalik hissasi borligini anglab olish qiyin emas. Buning ustiga bu yerda gap milliy teatr
uchun mutlaqo yangi bo’lgan janr — muzikali drama ustida boradi.
«Halima»ning sujeti va ayniqsa, ikki yoshning sotsial tengsizlik oqibatida fojiali halok
bo’lishi Uyg’urni o’ziga rom qilib oldi. Shuning uchun ham G’ulom Zafariy bilan bajonidil
asar ustida ishlashga kirishdi. Ushbu jarayonda dramaturg bilan rejissor o’rtasida eng
samimiy, ijodiy hamkorlik hukm surdi. M. Muhamedov: «Bu asar ish jarayonida
Uyg’urning maslahati, taklifi, qo’shimchalari bilan kundan-kunga ulg’ayib, kengayib
bordi», deganida tamomila haqli edi. Xullas, «kichik maktab daftarchasiga» xomaki asardan
besh ko’rinishli drama vujudga keldi.
«Halima»ning yaratilishi, Uyg’ur ijodida, qolaversa butun o’zbek teatri tarixida teatr
bilan dramaturg o’rtasidagi ijodiy hamkorlikning eng dastlabki namunasi bo’ldi. Eng
muhimi, bu hamkorlik teatrimizning samarali an’anasini boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: