...M u l l a r o’ z i (
kirib
). Ha, Mullado’stmat! Nima deb g’urunglayapsiz?
M u l l a d o’ s t. Ey, assalom alaykum! A’lam domla, keling (
Borib ko’rishib
.) Keling-
a!
M u l l a r o’ z i (
o’tirib
). Xo’sh, nimadan shikoyat qilib turibsiz? Bir oyog’ go’rda,
birisi to’rda bo’lib qopti-ku!
M u l l a d o’ s t. Ey, taqsiri birodar, qag’da bir oyog’im deysiz, ikkaviyam baravar
go’ristonga yo’rg’a chiqarib qoldi-yu, loaqal birovsiyam bo’saki, nikoh choyshapini
bosolmay ketayotibdi-da. (
Mullaro’zi kular
.) Ilohimki, duo qiling, bu dunyoda bo’lmaganga
yarasha oxiratdayam ishkal bo’lmasin. Xudo urganni payg’ambar hassasi bilan turtadi,
deganday, u yerda ham arvoh urib, jin qoqmasa edi. Oblohuma sallialo, uchinchi dunyo
qayda deysiz... (
Mullaro’zi qotib kular
.) Kulasiz, kulasiz, yog’ kundaday g’ijillagan
boyvuchcha xotinni olvolib bizning ahvolimizga kulasiz-da! Ey omon bo’l.
M u l l a r o’ z i. Yo’q endi, ahvolingizga hamda qiziq gaplaringizga kulamiz-da, axir.
Hozir bu boyvuchchangiz ham me’daga zig’ir yog’dek tegib turibdi.
Mullado’st. Sizlarni, ha endi nima deymiz? Xudoyim ilm berib, martabalaringizni
baland qilib, iqbollaringizni sartaroshning qayrog’idek silliq, chaqqon qilib qo’yipti.
Hammaning nodirayi davron, oshiptayi zamon qizlari sizniki bo’lmay kimlarniki bo’lsin?
Haftada birini qo’yib, ikkini olaverasizlar... Bizga loaqal, yo’lakka to’ngak bo’lgan paytava
qulog’iyam tegmaydi. Agar sizning yaqinda olgan mohpaykaringiz menda bo’lsa, har soat
yuzining kulchasidan to’qson to’qqiz aylanardim-a! Xudoyimning qulog’i bilan bizdaqa
kambag’allar og’zining orasiga Jabroyil degan beso’nahay qanotlarini to’sib olgan-da!
Bo’lmasam nahot bir kam qirq yildan beri xotin so’rashni qilaverib, og’zimiz xalta bo’b
ketdi-yu, bir alvastigayam uchramasak-a! O’rgulib qo’ydim!
M u l l a r o’ z i (
qattiq kulib
). Qo’ying, xafa bo’lmang axir, qozi domlagayam shunaqa
payt-paytida yig’lab qo’ysangiz bo’lmaydimi?
M u l l a d o’ s t. Qo’ying, o’sha qozi domlangizga ham oshiqning hammasi pukkasiga
tushadi. Xudo solmagan quloqni qozisi soladimi! O’zlari bo’lsa to’qson beshni jeva qilib,
ikkam yuzni beva qildilar. Birorta sarqitni ol mana munisini, deb qo’yish anqoga jiyan!
M u l l a r o’ z i. Ey, hay, hay, siz qiziqmisiz, gunohkor bo’ldingiz!
M u l l a d o’ s t. Ey-ha!
M u l l a r o’ z i. Qozi domladan ayrilgan haramni rasmiy fuqaro u yoqda tursin,
boylar, katta eshonlar, hatto bir yurtning hokimi ololmaydi-yu!
M u l l a d o’ s t (
chetga
). Hammasi, otboqarlargacha katta-yu...
M u l l a r o’ z i. Sizga yo’l bo’lsin! Ko’rasizmi, Haqnazar yasavulboshining qizini
nikohlariga olganlariga bir hafta bo’lgani yo’q edi. Ozgina bir beodobligiga qahrlari kelib,
o’n bir yildan beri uyida tul umr o’tkazyapti. Shunday olamni titratgan yasovulboshi bir
og’iz bir narsa demaydi.
M u l l a d o’ s t (
chetga
). Bay, bay, g’o’r ketdi degin hm... (
Mullaro’ziga
)
.
Qozi domla
ham ko’rnamak ekanlar-a, nimaning beodobligi bor ekan?
M u l l a r o’ z i. Ey, uni surishtirib nima qilasiz! Ulug’ odamlarga bir gap ozlik, ikki
gap ko’plik qiladi. Qozi domlaning oldilarida aksiripti-da, chuchkiribdi. Darrov eshikka
chiqmaysanmi? Katta odamlarning qoshida aksa urib bo’ladimi? Xon bo’lsa o’limga
buyurardi, tag’inam qozi domla shariatning adolat minbarida o’tirganlari hamda o’zlari
ko’p silayi rahm egasi bo’lganlaridan tashlab qo’ydilar.
M u l l a d o’ s t. Endi bu aksa degan besaranjomning qozi-pozingiz bilan aslo ishi
yo’q. Bir kelib qolgandan keyin hayvonga o’xshagan dumi, odamga o’xshagan yoqasi
yo’qki, mahkam siqib eshikka opchiqsang. Umas, bumas, xudoning irodasi-da. Ishqilib,
g’o’r ketibdi-da, attang! (
Chetga
). Menda bo’lsin, bir chuchkursa, ming tasadduq derdim.
M u l l a r o’ z i. Kattalarning dargohidan mardud bo’lib, bir quvilgan xotinlar erga
borganda, erkaklarning kun ko’rishi amri mahol, amri mahol.
M u l l a d o’ s t. Obbo, hali shunaqa deng, endi bizning haligi gapimiz, qozi
domlaning qo’ygan xotinlaridan umid qilishda emasdi-ku, mana bu halala-palalalardan
birortasi tegib qolsa devdik-da!
M u l l a r o’ z i. Ha, mana mundoq deng, bo’lib qolar. Sabr qilsangiz, g’o’radan halvo
yesiz.
M u l l a d o’ s t. Sabrning avjiga o’ttiz ming chiqib tushdik-ki, go’rga borib yer
bag’irlashdan boshqasiga ko’zimiz yetmay qoldi.
M u l l a r o’ z i. Qozi domla bizga va’da qildilarki, bizning esimizga solinglar, endigi
kelgan halalami yoki birorta tul xotin kelib qolsa, shu Mullado’stga olib beraylik. Ammo
mening bir shartim bor. Agar shu shartimni bajo qilsangiz, bir olifta, tannoz, sohibjamol bir
xotin bor. Darrov qozi domlaga ma’qul qilaman-u, olaman beraman.
M u l l a d o’ s t. Voy qullug’-ey, ilohiy ikki dunyongiz charaqlab ketaversin-da. Qani,
shartingizni tezroq ayting. Bir kecha o’sha mavzui panosi bilan bo’lgan jon sizga qurbon
bo’lib ketsin. (
Xursandlik
).
Do'stlaringiz bilan baham: |