G’ofirga
.) Hozirgi inoding ayni hamoqat!
X o l m a t (
o’zicha
). Bo’lmasa hali surma ichgan itdek ovozi bo’g’ilib, imomatga o’ta
olmay qoladilar. (
Imomga
) Charchamaysiz, domlapochcha, faqat quruq qoshiq og’iz yirtadi,
xolos! Satqai gapingiz ketsin, bu gadoga. Bunga o’xshagan mingta sarpoyoqdan sizlar
uchun boyga o’xshagan bitta qo’l tayoq yaxshi!
H a s a n. Sen boy bilan o’ynashma!
I m o m. O’ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan. Peshanada bitganini
ko’rasan. Qolu balo.
Q o z i (
G’ofirning yoniga kelib, kulimsirab
). Endi seni ham kuyunganingcha bor-a,
mug’ombir-ey... (
kulib
) Ustasi farang ekansan-da! Axir, bu G’ofir ham hiyla-nayrangni
xo’jayinidan ta’lim olganda... Buning muddaosi bo’lak!
I m o m. Ha-ha, endi bildim... Tuzik-tuzik... Payt kelganida bir narsalik bo’b qolaylik
der ekan-da, buning ham bilgani-bilgan!
Q o z i. Qani qo’lingni ber, o’g’lim. (
Qo’lini ushlab yeng ichida pul tutqazib
.) Mana,
ushla! Ol! To’yda sarf bo’lgan xarajatlar boyning bo’yniga! Yeb ketarga ming so’m, bunga
ikki martaba to’y qilasan hali! Qulluq qil boyga!
I m o m. Ol, ol endi! Qulluq qil boyga!
G’ o f i r (
xushsiz suratday qotadi va titroq tovush bilan
). Rahmat... Qulluq... (
ko’z
yoshini artadi
) Barakalla!
H a s a n. Xo’sh gapir bu ham ozmi! G’ofir (
Hasanning ko’ziga tikiladi, birdan
achchiq qiyqiriq bilan pichog’ini shartta sug’irib, Hasanning oldiga tashlaydi
) Hasan aka!
Uring shu pichoqni jafokash ko’kragimga! Uring, o’ldiring! (
Yaktaklarni pora-pora qilar
.)
Duo qilaman xudo xayringizni bersin! Bola-chaqangizning orzu-qavasini ko’ring, Hasan
aka!
X o l m a t. Hoy, G’ofir, turey, tentak! (
O’rnidan turg’azib
.) Qitiq parimga tegma!
Pichoqni shu Hasan akang uradimi? Chumchuq pir etsa, yuragi shir etadi-yu, buning!
H a s a n. Bu jinni bo’lganmi?
G’ o f i r. Axir, kishi deganni shuncha xo’rlaysizmi? Men ham odam, menda ham
yurak bor, nomus bor, jon bor!
I m o m. Qozi domla, siz ham ko’p ziqnalik qilmang! Ketsa boydan ketipdi, uzating
o’sha besh yuzni ham ... (
Pulni berib
.) Mana, ol, bir ming besh yuz bo’ldi? Endi
haddingdan oshma! Xafa bo’lamiz! Izzatingni bil!
G’ o f i r. Men hali hasratimni, dardimni kelib-kelib odamgarchilikni, diyonatni,
nomusni tuproq bilan teng qilgan sizday razil, xotinfurush, qo’shmachilar oldida shunchalik
past tushdimmi? (
Ularda kuchli hayajon
.) Men nomusini, xotinini bozorga olib chiqqan
savdogarmi?! Yo’q yanglishasiz, shariat peshvolari, agar bunchalik pul uchun o’lgan
ekansizlar, bu pullarni o’zaro bo’lib olib, cho’ntaklaringizga uringizda, (
qoziga
) siz
qizingizni, (
domlaga
) siz xotiningizni, (
Hasanga
) siz singlingizni boyga qo’shib beringiz!
Q o z i. O, badbaxt kofir!
I m o m. O, la’nati murtad!
H a s a n. O,...! Tavba qildim de! Kofir bo’lding!
G’ o f i r. Shular uchun musulmon bo’ladigan bo’lsam, bo’lmadim!
Q o z i. Toshbo’ron qilish kerak!
G’ o f i r. Oho! Oho! Qalay ekansiz? Pichoqni avval o’zingga ur, og’rimasa birovga ur.
B o y (
g’azab bilan kirib
). Hoy it, nechun shariat panohlarni haqorat qilding?
G’ o f i r. Boy ota, men xotinfurushlarni haqorat qildim xolos!
Q o z i. Hoy, itfe’l, qadr bilmas! (
Boyga
.) Boy, shunday muazzam sallalarimiz bilan
dargohingizda bir yalangoyoqdan haqorat eshitib keta beramizmi?
B o y. Jim (
G’ofirga
.) gapni kalta qil, xotiningni qo’yasanmi, yo’qmi?
G’ o f i r (
zaharli
). Qo’ysam nima qilasiz, boy?!
B o y. Olaman!..
G’ o f i r. Ha-ha, boy! Avval uydagilarning hisobini qiling! Nima qilasiz savdo-sotiqni
ko’paytirib!
B o y. Bu nima deganing, tagi past!
G’ o f i r. Boy! Bozoringiz hali ham chaqqon! Yangi mol olsangiz xaridorlar
oyog’ingizning ostidan chiqadi-a, o’zingiz ikki qo’lingizni yana burningizga tiqib
qolaverasiz. Axir, boy qachongacha xotin olib xotin sotasiz? Qachongacha qo’shmachilik
qilasiz?
X o l m a t. E, xumpar, menga sha’ma qilyaptimi?
B o y. Xolmat, chidolmayman, Xolmat! Xolmat! Boltani keltir! Ushla bu badbaxtni!
Ushla! (
Xolmat G’ofirga tashlanarkan, mahkam ushlar
.)
B o y. Xolmat ur!
X o l m a t. Ursam qo’limdan chiqib ketadi, aka! O’zlaring uringlar! Boy, (
Betlay
olmay
.) Hasan, sen bor! Hoy, bittang mirshabga bor! (
Hasan kelar tepki yeb qochar
).
X o l m a t (
G’ofirning qulog’iga
). Men seni uraman, sen ko’kragimga sekin kalla qil,
xumpar! (
Sekin uradi
.)
B o y. Xolmat! Polvonligingni ko’rsat deyman!
X o l m a t. Hozir xo’jayin! Qo’lini qayirib olay! Mana senga, mana senga (
uradi
).
G’ o f i r. Xolmatning ko’kragiga kalla qilar. Xolmat yolg’ondan hushidan ketar.
G’ o f i r. Hoy bo’rilar! So’zlaringdan qayt! Bo’lmasa hokimingga bormayman,
mingboshingga yalinmayman, xalqqa arz qilaman, xalqqa! Butun fisqu fasodlaringni,
qilgan buzuqchilik, poraxo’rlik, nohaq qon to’kkanlaringni, mening xotinimni tortib
olmoqchi bo’lganlaringni aytib, dod deyman, boshimga odam to’plab, g’avg’o ko’taraman,
sharmandalaringni chiharaman! (
Ketadi
).
Do'stlaringiz bilan baham: |